Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosati va unga qarshi milliy ozodlik harakatlari.

0
 Rossiya  imperiyasining  O’rta  Osiyodagi mustamlakachilik  siyosati  va  unga  qarshi milliy  ozodlik harakatlari.

 Rossiya  imperiyasining  O’rta  Osiyodagi mustamlakachilik  siyosati  va  unga  qarshi milliy  ozodlik harakatlari.

Rossiya  imperiyasining  O’rta  Osiyodagi  mustamlakachilik  siyosati  va  unga  qarshi  milliy  ozodlik harakatlari.

Rossiya  imperiyasining  O’rta  Osiyodagi  mustamlakachilik  siyosati  va  unga  qarshi milliy  ozodlik harakatlari.  Rossiya  imperiyasi  XIX  asrning  50-60-yillarida  harbiy istilochilik  yo’li  bilan  Qo’qon xonligi  hududining bir qismini bosib oldi. K.R Kaufman xonlikni qolgan hududlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatish  maqsadida 1868-yilda xon bilan shartnoma tuzdi. Unga ko’ra, xonlikda Rossiya savdogarlariga katta  imkoniyatlar berildi. Bu davrda xonlik yerlari ancha qisqarib, xazinaga tushadigan daromadlar kamaydi.  Urush natijasida  ko’rilgan  zararlar  xalq ommasi  zimmasiga  tushdi,  soliq  va  majburiyatlar ko’paydi.  Buning oqibatida xonlikda ichki nizolar, xalq noroziligi kuchayib ketdi.

Po’latxon qo’zg’olonining kuchayib ketishidan xavotirga tushgan mustamlakachi hukumat, ularni  tor-mor  qilish  uchun  Andijonga  hujum  qildi. Chunki  qo’zg’olonchilarning  asosiy kuchlari  shu  yerda  joylashgan edi. General M. Skobelev boshchiligidagi hujum 1875-yil oktabr oyi boshida boshlandi. Shahar 1876-yil  yanvarda uyushtirilgan ikkinchi hujum natijasida qiyinchilik bilan egallandi.

Rossiya  imperiyasining  general  M.  Skobelev  boshchiligidagi  qo’shinlari  1875-yil  18-oktabrda  Namanganga joylashib, K.P. Kaufman qo’mondonligi ostidagi harbiy kuchlarga qo’shildi. Ikki tomon  o’rtasida janglar 1876-yil yanvar oyi oxirigacha davom etdi. General M. Skobelev boshchiligidagi qo’shin  fevral oyiga kelibgina harbiy qurol ustunligi bilan g’alabaga erishdi. Po’latxon va uning tarafdorlari qatl  qilindi.

1876-yil 19-fevralda podsho hukumatining Qo’qon xonligining tugatilganligi to’g’risidagi farmoni  e’lon  qilindi.  Shu  tariqa,  Qo’qon  xonligi  hududi  o’rnida  Turkiston  general-gubernatorligi  tarkibiga  kiruvchi  Farg’ona  viloyati  tashkil  qilindi.  Vi-  loyatga  Qo’qon xonligini  bosib  olinishidagi  harbiy  yurishlarga rahbarlik qilgan general M. Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi.

XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  Rossiya  imperiyasining  O’rta  Osiyoda  olib  borgan istilochilik  yurishlari natijasida Qo’qon xonligi Buxoro va Xiva davlatlaridan farqli ravishda davlat sifatida butunlay  tugatildi.  Rossiya  imperiyasining  O’rta  Osiyodagi mustamlakachilik  siyosati  va  unga  qarshi milliy  ozodlik harakatlari.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba