Rus   mustamlakachilarining   o’lkaga   rus   aholisini   ko’chirib   keltirish  siyosati.

0
Rus   mustamlakachilarining   o’lkaga   rus   aholisini   ko’chirib   keltirish  siyosati.

Rus   mustamlakachilarining   o’lkaga   rus   aholisini   ko’chirib   keltirish  siyosati.

Rus   mustamlakachilarining   o’lkaga   rus   aholisini   ko’chirib   keltirish  siyosati.

Rus   mustamlakachilarining   o’lkaga   rus   aholisini   ko’chirib   keltirish  siyosati. Rossiya  imperiyasining  Turkistondagi  agrar  siyosatidan  ko’zlagan  asosiy  va  bosh maqsadi o’lkani  Rossiya  manfaatlari uchun hizmat qiluvchi xom-ashyo bazasiga aylantirish va eng serhosil yerlar joylashgan  hududlarga  rus  dexqonlarini  keltirib o’rnashtirish  edi. Shuningdek,  Rossiya  imperiyasi  yer  suv  munosabatlari   O’rta  Osiyoda   o’z  hukmronligini   mustahkamlash   va   uning   imkoniyatlaridan   o’z  manfaatlari yo’lida foydalanishni ko’zda tutgan edi. 1886 yilgi nizomga ko’ra, rus dexqonlaring O’rta Osiyoga ko’chib kelishlari uchun katta imtiyozlar  berildi.  Shuningdek,  bu  nizomga  ko’ra,  «bo’sh  yotgan  davlat  yerlariga» birinchi  navbatda  harbiy  hizmatdan bo’shatilgan harbiy xizmatchilarni qo’yish ko’zda tutildi.  Imperiyaning Turkistondagi yer suv masalalariga doir siyosatida quyidagi siyosat amalga oshirildi:

  1. Turkistonda barcha yerlar davlat mulki deb e’lon qilindi, o’troq mahalliy aholiga yer merosi yakka jamoa ekanligi tariqasida, ko’chmanchi aholiga esa azaliy dehqonchilik odatlariga rioya etilgan  holda, muddati cheklanmagan holda jamoa bo’lib foydalanish uchun topshirildi;
  1. O’troq aholi yashaydigan joylarda yer, undan amalda foydalanganga biriktirib qo’yildi;
  2. Dastlab vaqf yerlariga  soliq  joriy  etilgan  bo’lsa,  keyinroq  bu  mulklar  butunlay  tugatilib  yuborildi;
  1. Shahar tashqarisida mahsus ko’chiruv fondlaridan tashqari rus aholisiga yer ajratish ta’qiqlandi;
  2. Yevropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholi yerlarini sotib olish mutlaqo ta’qiqlab qo’yildi va bu qonun 90-yillarning oxirigacha saqlanib qolindi.
  3. Ko’chiruvchilik siyosati Turkiston general gubernatorligi tashkil etilgan 1867 yildayoq boshlab yuborildi.

1869 yilda Yettisuvdagi dexqonlar manzilgohlari to’g’risida qoidalar ishlab chiqdi. Bu hududda  1869-1882 yillarda 25 ming kishilik aholisi bo’lgan 29 ta rus qishlog’i, Sirdaryo viloyatida esa 1300  kishilik aholisi bo’lgan 19 ta rus qishlog’i barpo etildi.  1886 yilig Nizomga ko’ra, o’lkaga rus aholisining ko’chib kelishiga siyosiy tus berildi va har bir  ko’chib keluvchiga 10 desyatinadan kam bo’lmagan yer ajratilishi ko’zda tutildi.  Yuqorida aytganimizdek, 1875 yilda Avliyootada ilk rus qishlog’i barpo etilgandan boshlab o’tgan  15 yil davomida, ya’ni 1890 yilgacha Turkiston o’lkasida 1300 oiladan iborat 19 ta rus qishlog’i barpo  etilgan bo’lsa, Rossiyada ocharchilik yuz bergan 1891-1892 yillarda Turkistonga ko’chib keluvchilar soni  keskin ortdi va shu ikki yil davomida 25 ta rus qishlog’i paydo bo’ldi. O’lkadagi rus deqonlarining soni  ikki barobar ortdi.

O’lkada  rus  dexqonlarining  salmog’i  bir  oz  ortgach,  rus  mustamlakachi  ma’muriyati ularni  qurollantirish   va   zurur   bo’lgan   hollarda   mahalliy   aholi   noroziliklari,  qo’zg’olonlari,   isyonlarini  bostirishda foydalanish siyosatini amalga oshira boshladi. Shu maqsadlar 1896 yilda Sirdaryo viloyatiga  ko’chib kelgan kazaklarga 123 ta miltiq va o’q-dori, 1897 yilda yana 3000 ta miltiq, Yettisuvda 300, Farg’onada 131, Kaspiyortida 431 miltiq va o’q-dori taqsimlab berildi. Bu bilan Rossiya ko’chiruvchilik  siyosati harbiy siyosiy maqsadlarni ko’zlab amalga oshirilganligini ko’rsatdi.

Chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olgach, bu yerda o’z manfaatlarini oshirish borasida turli  siyosatlar va tadbirlarni amalga oshira boshladi. Mustamlaka hukumatning amalga oshirgan ishlaridan  biri Turkistonda temir yo’lning barpo etilishi bo’ldi. Turkistonda temir yo’l ikki asosiy maqsadni harbiy  strategik va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlab qurildi. Rus  mustamlakachilarining   o’lkaga   rus   aholisini   ko’chirib   keltirish  siyosati.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba