Saylov o’z huquqini anglagan holda erkin tanlash va ongli ovoz berish demakdir.
Saylov o’z huquqini anglagan holda erkin tanlash va ongli ovoz berish demakdir. Saylov haqidagi qonunchiligimizga o‘zgartirishlar kiritildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi o‘rinlari soni 120 tadan 150 taga ko‘paytirildi. Deputatlik o‘rinlari soniga O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylanadigan deputatlar uchun 15 ta o‘rin ajratildi.
Saylov imtihon bo‘lib, u quyidagi mezon va talablar asosida o‘tkazildi:
- So‘z erkinligi va tanlash erkinligi tasdig‘i sinaldi.
- Siyosiy hayotda partiyalar hokimiyat uchun kurash olib bordi.
- Saylovlarda qatnashgan siyosiy partiyalar har qaysi nomzodining siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar ularning hammasiga teng imkoniyat va sharoit tug‘dirildi.
- Saylov fuqarolik jamiyati saviyasi va etuklik darajasini ko‘rsatdi.
- Saylovlar aholi siyosiy-ijtimoiy saviyasi va madaniyati, fuqarolik ongini imtihon qildi.
- Hokimiyat vakillik organlari va tashabbuskor guruhlaridan nomzod ko‘rsatish institutlari tugatildi. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqi faqat siyosiy partiyalargagina berildi.
- Saylovlarni tayinlash instituti tugatildi va uning o‘rniga «Saylov kompaniyasi boshlanishini e’lon qilish» instituti joriy etildi. Bu vazifani Markaziy saylov komissiyasi amalga oshirdi.
- Siyosiy partiyalarning vakolatli vakili instituti Qonunchilik palatasiga kiritildi. Bu institut saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqishda qatnashdi. Unga imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirishda qatnashish huquqi berildi. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 kishidan 10 nafarga ko‘paytirildi.
- Deputatlik o‘rinlarini kvotalash instituti kiritildi, ya’ni 15 deputatlik o‘rin ommaviy jamoat tashkiloti – O‘zbekiston Ekologik harakatiga berildi.
Endilikda bitta deputatlik mandati qariyb 120 ming saylovchi ovozini ifodalaydi. SHunga o‘xshash holatni Italiya, Buyuk Britaniya, SHimoliy Irlandiya, Fransiya va Kanada davlatlarida kuzatish mumkin. Rossiya, YAponiyada esa bu ko‘rsatkich 250 mingdan ziyodni tashkil etadi.
Saylov jarayonida parlamentdagi zaxiralash instituti jahon amaliyotida 14 ta mamlakatda qo‘llaniladi. Xorijiy davlatlarda: 1) milliy ozchilik vakillari; 2) fuqarolik jamiyati institutlari; 3) xotin-qizlar tashkilotlari; 4) Prezidentlik kvotalari mavjud. Qonunchilik kvotalari: Belgiya, Daniya, Hindiston, Eron, Italiya, Xitoy, Pokiston, Portugaliya, Xorvatiya, Ruminiya, Sloveniya, Serbiya, Finlyandiya kabi davlatlarda ko‘zda tutilgan.
Milliy saylov qonunchiligiga muvofiq, siyosiy partiyalar va ular ko‘rsatgan deputatlikka nomzodlarga saylov kompaniyasini o‘tkazishda, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishda, saylovoldi dasturlarining mazmun-mohiyatini saylovchilarga etkazishda, saylovoldi tashviqotini olib borishda, ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq va imkoniyatlar yaratildi.
Saylov qonunchiligi jamiyatda ro‘y berayotgan barcha demokratik jarayonlarni ko‘zgu singari o‘zida aks ettiradi. SHuning uchun ham O‘zbekistonda saylov qonunchiligi doimiy ravishda ijobiy harakatlanishda bo‘lib, u tobora takomillashtirilmokda va uning demokratik prinsiplari rivojlantirilmokda.
Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar.
Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga egadirlar.
Davlat boshlig‘i xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini, ularning davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi mavqeini oshirishga alohida ahamiyat berib kelmokda. Birinchi Yurtboshimizning tashabbusi bilan saylov to‘g‘risidagi qonunlarda siyosiy partiyalardan ko‘rsatiladigan deputatlikka nomzodlarning kamida 30 % foizini ayollar tashkil etishi shart ekanligi to‘g‘risidagi qoida mustahkamlab qo‘yildi.
2009 yilgi saylovlar jarayonida ayni ana shu normaning tatbiq etilishi parlamentning quyi palatasiga umumiy deputatlar sonining 22 foizini tashkil etadigan 33 nafar xotin-qiz deputatni saylash imkonini berdi. Senat a’zolari etib saylanganlarning 15 foizi ayollardir, mahalliy vakillik organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar esa bugungi kunda jami deputatlar sonining 20 foizidan ortig‘ini tashkil etadi.
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da saylov jarayonlarini yanada demokratlashtirishga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishlik taklif etildi.
Birinchidan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif berildi.
Ikkinchidan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga saylovoldi tashviqotini nafaqat saylov kuni, balki ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin ham olib borish mumkin emasligi to‘g‘risidagi normani kiritish to‘g‘risidagi taklifni amalga oshirish saylovchilarga o‘z qarashlarini, siyosiy xayrixohligini aniqlab olish, kim uchun va qanday siyosiy dastur uchun ovoz berish masalasida ongli ravishda aniq bir qarorga kelishi uchun qo‘shimcha vaqt berilishiga imkon yaratadi.
Uchinchidan, keyingi taklif muddatdan oldin ovoz berish tartib – tamoyillarini va muddatlarini qonunda aniq belgilab qo‘yishga yo‘naltirilgan.
To‘rtinchidan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlarga “ovoz berish kuniga qadar qolgan besh kun ichida, shuningdek, ovoz berish kuni jamoat fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (e’lon qilish), shuningdek, ularni umumiy foydalanishdagi axborot- telekommunikasiya tarmoqlariga (shu jumladan, Internet tarmog‘iga) joylashtirish taqiqlanadi” degan normaning yuqorida ko‘rsatilgan qonunlarga kiritilishi saylovchilar huquqlarining yanada ishonchli himoya qilinishi, muayyan nomzodga g‘arazli munosabatda bo‘lish, bu borada saylov qonunchiligi buzilishining oldini olish imkonini beradi.
Beshinchidan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga O‘zbekiston Ekologik harakatining Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash bo‘yicha konferensiyalarida kuzatuvchilarning ishtirok etish huquqini belgilab beradigan qo‘shimcha kiritilishi O‘zbekiston Ekologik harakatidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston saylov qonunchiligida umumiy saylov huquqi prinsipi mustahkamlangan. Har bir fuqaro saylov kuniga qadar yoki saylov kunida Konstitutsiyada va saylov to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan muayyan yoshga to‘lishi bilan davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega hisoblanadi («O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 2-moddasi)
1. Umumiy saylov huquqi fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyati kabi holatlardan qat’i nazar, hech qanday kamsitishlarsiz ro‘yobga chiqariladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Teng saylov huquqi prinsipi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasida mustahkamlangan
2. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega va boshqa fuqarolar bilan tengma-teng tarzda o‘zining ana shu ovozga egalik huquqini amalga oshira oladi. Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ovoz berishda ushbu okruglar tenglik asosida tashkil etilishi ta’minlanadi. Bir mandatli saylov okruglarining saylovchilar soniga qarab tuzilishi tenglikka amal qilishning o‘ziga xos mezonidir. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida qayd etilganidek, «qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun bir yuz yigirmata hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi». SHu moddaning davomida belgilanishicha, «Saylov okruglari, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi»
3.Har bir saylovchi o‘zining erkin ovoz berishda ishtirok etish huquqidan foydalanish maqsadida saylov uchastkasiga, shuningdek, ovoz berish xonasiga teng asoslarda va hech qanday to‘siqlarsiz kirish huquqiga egadir. Har bir fuqaro saylovda o‘z nomzodini ko‘rsatish imkoniyatidan foydalanishda ham teng huquqlarga ega. O‘zbekiston saylov qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi prinsipi ham o‘z aksini topgan. Fuqarolar saylovda nomzod uchun bevosita, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz beradilar. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida belgilanganidek, «qonunchilik palatasi deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar»
4. O‘zbekiston qonunchiligidagi yashirin ovoz berish prinsipi saylovchilarning xohish-irodasining qanday tarzda bo‘lmasin nazorat qilinishini istisno etish, erkin saylov uchun teng shart-sharoit ta’minlash kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi. Saylovlar yashirin ovoz berish protsedurasidan foydalangan holda o‘tkaziladi. O‘zbekistonda fuqarolarning saylovda ishtirok etishi erkin va ixtiyoriydir. Hech kim ularning muayyan nomzod uchun «tarafdor» yoki «qarshi» ovoz berishga majbur etish huquqiga ega emas. Hech kim fuqaroga uni saylovda ishtirok etishga yoxud ishtirok etmaslikka majburlash maqsadida ta’sir o‘tkazishga, shuningdek, o‘z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishi uchun majburlashga haqli emas. «Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarining xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi» («O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasi)
1. Byulletenni belgilash paytida ovoz berish xonasida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.
O‘zbekiston saylov qonunchiligida saylovlarning ochiqligi va oshkoraligi prinsipiga alohida o‘rin berilgan. qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar («O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasi)
2. Saylovlarni belgilash, tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, fuqarolarning saylov huquqini ta’minlash va himoyalash bilan bog‘liq qarorlar saylov to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘zda tutilgan tartibda va muddatlarda rasmiy e’lon qilinadi va ko‘pchilikning e’tiboriga havola etiladi. Ushbu prinsipga amal qilinishi saylov jarayonlarini milliy va xalqaro doiralarda kuzatishni yo‘lga qo‘yish uchun ham tegishli shart-sharoit yaratadi.
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi munosabati bilan saylov huquqini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi xozirgi kunda takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo‘lishi uchun etakchi demokratik mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy narsa uni amaliyotga tadbiq etish mexanizmidir. SHuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni bilan birga amalga kiritish mexanizmlarini ham mukammal darajada takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tarixiy hususiyatlari va saylovlarni o‘tkazishda ilgari to‘plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik, ilg‘or jahon tajribasi hamda demokratiya tamoyillari ustivorligiga erishish g‘oyatma’suliyatli vazifadir.
1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi milliy saylov tizimimizni yaratilishiga asos soldi. Jumladan, uning 7-moddasida ―Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir‖, ―O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat
bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi‖ deyilgan muhim konstitutsiyaviy qoidalarning belgilanishi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari sifatida mustahkamlandi. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqi Konstitutsiyaning 32-moddasida alohida mustahkamlangan. Unga ko‘ra, ―O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi‖. Saylov huquqiga oid yana bir – 60-moddasida ―Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar‖, deb belgilangan. SHuningdek, Konstitutsiyaning 77-moddasida O‘zbekistonda saylovlar ko‘ppartiyalik asosida o‘tishi ko‘zda tutilgan1.
Eng asosiysi, Konstitutsiyada saylov tizimi prinsiplariga bag‘ishlangan maxsus bobning mavjudligi O‘zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Uning XXIII bobi ―Saylov tizimi‖ deb nomlanib, 117-moddada ―O‘zbekiston Respublikasining fuqarolaridavlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi‖ deyilgan muhim konstitutsiyaviy tamoyillar o‘z aksini topdi.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda saylovlarning mustahkam o‘rnini belgilash maqsadida Konstitutsiyaga alohida ―Saylov tizimi‖ deb nomlanuvchi XXIII bobni kiritilishi, bir tomondan saylov tizimining asosiy prinsiplarining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi saylov huquqi bo‘yicha umumiy tan olingan xalqaro andozalarga rioya qilinishini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, mazkur konstitutsiyaviy qoidalar saylov qonunchiligini yaratishda poydevor vazifasini o‘tadi.
Mustaqqillik davrida O‘zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablar, ilg‘or xorijiy yuridik tajriba va milliy-tarixiy an’analar hamda konstitutsiyaviy prinsiplar asosida milliy saylov qonunchiligi tizimi yaratildi. Uning asosiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maxsus XXIII bobida, shuningdek alohida qabul qilingan ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi (1991 yil 18 noyabr), ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risidagi (1993 yil 28 dekabr), ―Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risidagi (1994 yil 5 may), ―Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida‖gi (1994 yil 5 may), ―O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi (1998 yil 30 aprel) qonunlarda o‘z aksini topdi. Milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning uzviy tarkibiy qismi bo‘lib, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumdan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari qo‘yilgan qadamdir.
Saylov tizimi huquqiy asoslarining yaratilishi, rivojlanishini va saylov amaliyotini bizning fikrimizcha quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich (1991-1995 yy.) – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, bir palatali Oliy Majlisni ko‘ppartiyaviylik asosida shakllantirish davrini o‘z ichiga oladi.
Bu davrda ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida‖gi (1991 yil 18 noyabr), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr), ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida‖gi1 (1993 yil 28 dekabr), ―Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida‖gi (1994 yil 5 may), ―Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida‖gi (1994 yil 5 may) qonunlarning qabul qilinishi umume’tirof etilgan taomoyillar asosida ko‘ppartiyali, muqobil saylovlarni tashkil etishning huquqiyasosini yaratdi.
Bu bosqichda 1994 yil 5 mayda muhim hujjat – ―Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilinganligi fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish va ularning o‘z xohish-istaklarini erkin ifodalash mexanizmini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.
Yangi saylov qonunchiligi amaliyotda 1994 yilda ko‘ppartiyalilik asosida o‘tkazilgan parlament saylovlarida sinab ko‘rildi. Uning natijasida birinchi chaqiriq Oliy Majlis uchta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, tashabbuskor guruhlar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar
asosida saylangan deputatlardan shakllandi. Shu asosda, konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlar orqali yagona partiyaning ―etkachilik roliga asoslanuvchi ―sho‘ro‖ siyosiy tizimidan demokratik shakllangan, ko‘ppartiyaviylikka tayanadigan milliy parlament vujudga keldi.
Ikkinchi bosqich (1995-2000 yy.)– milliy saylov qonunchiligining birinchi bosqichda o‘tkazilgan parlament saylovlarida to‘plangan amaliy tajribaga muvofiq saylov tizimining demokratik asoslarini mustahkamlash va qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Jumladan, bu bosqichda saylovlarni tashkil etish va natijalarini aniqlashda xolislik hamda ehtiroslarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashga qodir mustaqil organ – Markaziy saylov komissiyasi tuzish talabidan kelib chiqib, ―O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida‖gi (1998 yil 30 aprel) qonun qabul qilindi va mamlakatimiz tarixida ilk bor demokratik yo‘l bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzildi. Bundan tashqari, deputatlikka mustaqil nomzodlarni ilgari surishni kuchaytirish, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik va siyosiy fikrlar xilma-xilligini kuchaytirishga keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida saylov qonunchiligidan ―besh foizlik to‘siq‖ haqidagi qoida chiqarib tashlandi va saylovchilar tashabbuskor guruhlarini bevosita nomzod ko‘rsatish huquqlari mustahkamlandi. SHuningdek, 1999 yil 19 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar hamda xalq deputatlari, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarga bir qator jiddiy to‘ldirishlar va o‘zgartirishlar kiritildi.
Saylov jarayoning muhim sub’ektlari sanalgan siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi ―Siyosiy partiyalar to‘g‘risida‖gi qonunni 1996 yilning dekabrida qabul qilinishi 1999 yilda o‘tkazilgan parlament saylovlariga yangi huquqiy zamin yaratdi1. Siyosiy partiyalarda Oliy Majlisda o‘z siyosatini uyushgan holda o‘tkazish uchun parlament fraksiyalarini tashkil etishning qonuniy kafolatlari vujudga keldi. Eng muhimi, siyosiy partiyalar saylov tartib-qoidalariga rioya qilinishini nazorat etish bo‘yicha vakolatlari kengaydi va nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiya har bir saylov uchastkalariga o‘z kuzatuvchilarini tayinlash huquqiga ega bo‘ldi.
1999 yilda o‘tkazilgan parlament saylovlarida fuqarolar ikkinchi marotaba bir nechta nomzod orasidan o‘zlariga ma’qullarini saylashdi, ularning har biriga tegishli baho berishdi. Bu saylovlarda raqobat yanada kuchli, saylovchilarning nomzodlarga talablari esa yanada yuqori bo‘ldi.
Uchinchi bosqich (2000-2009 yy.) –faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo‘lib, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud- huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishda muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi.Bu davr bevosita ikki palatali Oliy Majlis tizimiga o‘tish bilan bog‘liq saylov qonunchiligi tadrijiy taraqqiyoti uchinchi bosqichning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2000 yil 25 mayda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasidagi ―O‘zgarish va yangilanish – hayot talabi‖ ma’ruzalarida: ―… hayot o‘zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va ma’naviy ongi ulg‘ayishi bilan, bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy. SHu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish taklifini kiritmoqchiman2 deb, ilgari surgan mazkur g‘oyalari bu davrda qabul qilingan qonun ijodkorlik faoliyati dasturida markaziy bo‘g‘in bo‘ldi
1. Bunda asosiy e’tibor quyi palata – qonunchilik palatasini shakllantirishning bosh prinsipi asosan partiyaviy vakillik prinsipi bo‘ldi. Bu siyosiy partiya vakillarining o‘z ijtimoiy-siyosiy qarashlarini va saylovlar manfaatlarini ifodalash uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Parlamentning yuqori palatasi – Senat teng huquqli hududiy vakillik organi sifatidagi vakolatlari hamda u pog‘onali saylovlar asosida shakllanishi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlab qo‘yildi
2. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va yangilash hamda erkinlashtirish sharoitida Prezident vakolati muddatini o‘zgartirilishi va uning ayrim vakolatlarini Senat va Bosh vazirga o‘tkazilishi, ikki palatali parlament barpo etilishi o‘z-o‘zidan saylov to‘g‘risidagi qonunlarning o‘zgarishiga olib keldi. SHu bois 2003 yilning 29 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. SHunday qilib, ikki palatali parlamentga saylovlar uchun zarur normativ-huquqiy baza amalda yaratildi. Unda saylov huquqining xalqaro standartlari va saylov tizimlarini rivojlantirish tajribasi, shuningdek mamlakatda parlamentarizm taraqqiyotining milliy xususiyatlari e’tiborga olindi.
Masalan, 2004 yilgi saylovlarga qadar saylov qonunchiligiga joriy etilgan eng muhim yangiliklar qatorida – mahalliy Kengashlarning deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi bekor qilinganligi, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatganida xotin-qizlar uchun kvota belgilangani, shuningdek saylovoldi tashviqotini olib borishda partiyalar faoliyatini moliyalashtirish masalasining hal etilganligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. 2004 yil 30 aprelda ―Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida‖gi qonun esa partiyalarga saylovoldi kurashini faol va saylovchilar uchun qiziqarli tarzda o‘tkazishlariga qo‘shimcha imkon yaratdi.
Bundan tashqari, 2008 yil 19 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan ―Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida‖gi Qonun saylov jarayonining huquqiy asoslarini yanada rivojlantirdi.Ushbu qonunga muvofiq, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari sonini 120 tadan 150 taga oshirildi. Bunda 135 ta o‘rinni siyosiy partiyalardan ko‘ppartiyaviylik asosida bir mandatli okruglarda saylanadigan deputatlar egallaydi. O‘zbekiston ekologik harakatidan esa Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadigan bo‘ldi. SHuningdek, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan real jarayonlarda siyosiy partiyalarning roli kuchayib borayotganligi inobatga olinib saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish instituti bekor qilindi. SHuningdek, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafarga oshirildi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini yanada kuchaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan bir qator yangi tartib-qoidalar joriy etilmoqda.
Uchinchi bosqich (2010dan h.d.) –mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish qilish davridir. Ushbu davr O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrdagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ning e’lon qilinishi bilan boshlandi. Ushbu Konsepsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar asosida qonunchilik tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan «Saylov erkinligini yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni 2012 yil 1 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2012 yil 5 dekabrda Senat tomonidan ma’qullandi hamda 2012 yil 19 dekabrda Prezident tomonidan imzolangan holda 2012 yil 20 dekabrda matbuotda e’lon qilindi1.
Mazkur yangi qonunning qabul qilinishini O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligini takomillashtirilishining yangi bosqichi sifatida e’tirof etish mumkin. Kelgusida ushbu Qonunning amalga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi natijasida fuqarolarning saylov huquqi erkinligi yanadata’minlanishiga erishiladi.
Yuqorida qayd qonunlarda saylov tizimi va uning mazmun-mohiyati, saylov tizimining asosiy tamoyillari, saylash va saylanish huquqi, saylovlarni tashkil etish, o‘tkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash, fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki, saylov huquqining kafolatlari, saylovlarni moliyalashtirish va shu kabi o‘ta muhim masalalarni huquqiy tartibga solish mezonlari belgilandi. Saylov o’z huquqini anglagan holda erkin tanlash va ongli ovoz berish demakdir.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












