Senat.
Senat.Parlamentning quyi palatasi kabi Senat ham mamlakatning asosiy vakillik organi bo‘lib,ijtimoiy-siyosiy va davlat-mintaqaviy vakillikni ifoda etadi. Qonunchilik palatasida hamma siyosiypartiyalar fraktsiya orqali qatnashayotganligi va hozirgi vaqtda bitta harakat (Ekologik harakat)mavjudligi sababli Senatning ko‘pchilik qismi mamlakatning barcha mintaqalari vakillaridan tashkil topgan, bunda u mamlakat palatalari o‘rtasida zarur muvozanat va tenglikni ta’minlash, shuningdek mintaqalarning manfaatlarini umumdavlat manfaatlari bilan uyg‘unlashtirish printsipiga asoslangan.
Jamiyatda shaxsning rolini yanada oshirish va mamlakat fuqarolarining real huquqlarini
ta’minlashga qaratilgan davlat yo‘li e’lon qilinganligini hisobga olib, parlamentning muhim
printsipi uning harakatlari hamda faoliyat mexanizmlari butun elektoratning o‘y-fikrlarini ro‘yobga chiqarishidan iboratdir.
Qonun chiqaruvchi oliy organni shakllantirish va uning bundan keyingi faoliyatining o‘zgarmas printsipi huquq va qonun ustunligini hamda hokimiyatning hamma tarmoqlari aniq chegaralanishi va muvozanatda bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Konstitutsiyaga va konstitutsiyaviy qonunlarga,
boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq, Senat tarkibini shakllantirishda, birinchidan, mintaqaviy vakillik organlari senatorlarni saylash vositasida, ikkinchidan esa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z Farmoni bilan 16 nafar senatorni tayinlashi yo‘li bilan bevosita ishtirok etadilar.
Yuqori palataning 84 nafar a’zosini saylash “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Bu saylov oldingi chaqiriq deputatlar korpusining vakolat muddati tugaganidan keyin bo‘lib o‘tadi. Oliy Majlis Senatini shakllantirish mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari saylovi bilan bevosita uyg‘unlashadi
(o‘zaro bog‘liq bo‘ladi). Qonun chiqaruvchi organning yuqori palatasiga parlament a’zolarini
saylashning o‘ziga xos jihati ham aslida shu. Bu ish senatorlikka nomzod ko‘rsatishning «ko‘p bosqichlilik» printsipidan kelib chiqadi va ayni shu jihati bilan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga (quyi palataga) umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov asosida amalga oshiriladigan saylovlardan farq qiladi.
Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida senatorlikka nomzodga nisbatan yosh cheklovi belgilangan bo‘lib, u saylov kuni 25 yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim. Nomzodga qo‘yiladigan yana bir talab uning saylov o‘tkaziladigan kuniga qadar kamida besh yil mamlakat hududida muqim yashagan bo‘lishi shart ekanligidir. Saylovlarni faqatgina davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik
organlari saylanganidan keyin bir oy ichida ularning qo‘shma majlislarida o‘tkaziladi. Ana shu majlislarning to‘la huquqliligi ularda mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari umumiy sonining kamida 2/3 (uchdan ikki) qismi ishtirok etishi bilan ta’minlanmog‘i kerak. Senatga bo‘ladigan saylovlarni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakili ham ishtirok etadi. Bu hol Senat a’zolarini saylash tartibi to‘g‘risidagi nizomda tasdiqlab qo‘yilgan. Senat.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












