Bosh sahifa mavzular Tafsilotlarni taxeometrik planga olish.

Tafsilotlarni taxeometrik planga olish.

0
Tafsilotlarni taxeometrik planga olish

Tafsilotlarni taxeometrik planga olish

Tafsilotlarni taxeometrik planga olish.

Tafsilotlarni taxeometrik planga olish. Planga olish asosi hisoblangan nuqtadan quyidagi  tartibda   bajariladi.   Nuqtaning   ustiga   taxeometr   markazlashtiriladi.   Uning   limbi   shunday  orientirlanadiki,  o‘ng  aylanada  qarash  trubasini  ikkinchi  nuqtaga  qaratganimizda  gorizontal  doiradan olingan sanoq ikkinchi tomonning direksion burchagiga teng bo‘lsin.

Uning uchun gorizontal doira alidadasi sanog‘i direksion burchakga teng qiymatga quyiladi. Limbni harakatlantirib qarash trubasi vizir o‘qi ikkinchi nuqtaga  qaratiladi. Bunday paytda limbning nomi x o‘qi bo‘yicha orientirlangan bo‘ladi. SHuning  uchun  o‘ng  doirada  tafsilotlarni  planga  olayotganda  gorizontal  doiradagi  sanoq  olinayotgan  nuqtalar  yo‘nalishining direksion burchagini beradi.

Agar tafsilotlarni planga olish teodolit yo‘li nuqtalaridan bajarilayotgan bo‘lsa, limb x o‘qiga  nisbatan  orientirlanmasdan  teodolit  yo‘li  yo‘nalishi  bo‘yicha  orientirlanadi.  Unda  gorizontal  doiradagi  sanoq  birinchi  tomon  yo‘nalishi  bilan  planga  olinayotgan  nuqta  orasidagi  burchakni  qiymatini beradi.

Tafsilotlarni    planga  olish  uchun  reyka  joy  relefi  va  konturning  harakterli  nuqtalariga  qo‘yiladi. Ko‘rish trubasining vertikal ish nuqta ustida turgan reykaning o‘rtasiga qaratiladi va  dalnomyer iplari bo‘yicha masofa sanog‘i, vertikal ipni asbob balandligiga qaratib (navedenie)  gorizontal va vertikal doiralardan sanoq olinadi.

Jadvalda taxeometrik plan olish jurnalining na’munasi berilgan. Tafsilotlarini planga olish  uchun reyka o‘rnatilgan nuqtalar piketlar deyiladi. Piketlarni shunday hisob bilan tanlash kerakki,  kamroq piket olib joyning to‘liq tafsilotini olish imkoniyati bo‘lsin. Bir qiyaliklarda va yaxshi  ko‘ringan releflarda 1:1000 masshtabli planda har 30 m. va 1:2000 masshtabli planda har  20 m  piketlar tanlanadi.

Plan  olish  jarayonida  dala  jurnali  plan  birga  kroki  (abris)  ham  olib  boriladi.  CHunki  taxeometrik plan olish hisoblash (kameral) sharoitda olib boriladi. Bajaruvchi joyning ko‘psonli  piketlaridan iborat bo‘lgan tafsilotning joylashish tafsilotini eslab qololmaydi. SHuning uchun kroki  chizib borish juda muhim ish.  Kroki  plan  olinayotgan  joyning  tafsilotlar  nuqtai  nazaridan  ham va relef nuqtai nazaridan to‘liq tassavvurini berishi kerak. Unga o‘simliklar va predmetlar  konturiga qo‘yilgan hamma piket nuqtalari tushiriladi.

Qiyaliklarning  yo‘nalishi  strelkalar  bilan,  yaxshi  ko‘rinishli  formaga  ega  bo‘lgan  releflar  shartli gorizontallar bilan ko‘rsatiladi. YAxshisi krokini har bir stansiya uchun alohida qattiq jildli  daftarda maxsus doirasi diagramma bo‘yicha olib borish kerak.

Diagramma   konsentrik   aylanadigan   iborat   bo‘lib   stansiyadan   piketlargacha   bo‘lgan  masofalarni piketlar yo‘nalishi bo‘yicha direksion burchaklarni aniqlash uchun, har 100 dan qator  radiuslar  chizilgan bo‘ladi.

Konsentrik aylana markazi stansiya joyini belgilaydi. Krokiga hamma piket nuqtalari qutb  koordinaltalari bo‘yicha: a azimuti va stansiyadan piketgacha d masofa qo‘yiladi. Tafsilotlarni  planga  olishda  stansiyadan  piketlarga  bo‘lgan  yo‘l  quyiladigan  masofalar  chyokiga rioya qilish  kerak. Ular plan olish masshtabiga qarab jadvalda ko‘rsatilgan chekdan oshib  ketmasligi kerak.

Taxeometrik  plan  tuzish  koordinata  to‘rlarini  chizish  va  koordinatalar  bo‘yicha  geodezik  asoslar   va   plan   olish   punktlarini   tushirishdan   boshlanadi.   Gorizontal   chiziqlarning   to‘g‘ri  tushirilganligini tekshirgandan keyin, tafsilotlarni planga olishdagi nuqtalarni tushirish boshlanadi.

Tafsilot va relef nuqtalari metall transportir yoki transportir-kvadrant (10.3-shakl) yordamida  tushiriladi.  Buning  uchun  transportir-kvadrant  stansiyada  shunday  joylashtiriladi:  transportir- kvadrantining markazi stansiya ustiga, u orqali transportir-kvadrant 00 qiymati orqali o‘tgan chiziq  x o‘qining ustiga tushishi kerak. Berilgan stansiyaning hamma piketlarini tushirgandan keyin, kroki  va dala jurnalidan foydalanib konturlar chiziladi va piketlarining absolyut balandliklari bo‘yicha  interpolyasiya yo‘li bilan gorizontallar o‘tkaziladi. Tafsilotlarni taxeometrik planga olish.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba