Bosh sahifa mavzular Ta’lim jarayonida o’quvchilarni rag’batlantirish va tanbeh berish usullari.

Ta’lim jarayonida o’quvchilarni rag’batlantirish va tanbeh berish usullari.

0
Ta'lim jarayonida o'quvchilarni rag'batlantirish va tanbeh berish usullari.

Ta'lim jarayonida o'quvchilarni rag'batlantirish va tanbeh berish usullari.

Ta’lim jarayonida o’quvchilarni rag’batlantirish va tanbeh berish usullari.

O’quv faoliyatini rag’batlantirish deb kishining aktiv faoliyatga bo’lgan tashqi mayliga aytiladi. Shu boisdan rag’batlantirish – o’qituvchi faoliyatining muhim omili hisoblanadi. Ammo rag’batlantirish kishining faoliyatga bo’lgan ichki mayliga ta‘sir qilgandagina real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi.

Shu bilan birga yana bunday ichki undash faqat tashqi rag’batlantirishlar ta‘siridagina emas, balki o’quvchilarning o’z-o’zining ta‘sirida ham, uning oldingi tajribasi, ehtiyojlari va hokazolar ta‘sirida yuzaga keladi.

O’qishga qiziqishni rag’batlantirish turlaridan biri – o’qishda ma‘lum qiyinchilik sezayotgan o’quvchilarga muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratishdir. Rag’batlantirish o’quvchitalabaning ko’nglini ko’taradi, unga quvonch keltiradi va uni yanada yaxshiroq o’qishga undaydi. Rag’batlantirish yo’llari bu yaxshi baho qo’yish, maxsus tanlangan topshiriqlar berish, fotosuratlarini maxsus rag’batlantirish oynalariga ilish kabilardir. Muvaffaqiyatga erishish vaziyatini o’quvchining oraliq harakatlarini rag’batlantirish, ya‘ni uni yangi zo’r berishlarga maxsus undash yo’li bilan ham tashkil qilish mumkin. Muvaffaqiyat vaziyatlarni yaratishda u yoki bu topshiriqlarni bajarish jarayonida qulay ma‘naviy-ruhiy muhitni ta‘minlash muhim o’rin egallaydi.

Rag’batlantirish va tanbeh berish usullari o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Masalan, baho bilan rag’batlantirish, maxsus tanlangan topshiriqlar berish yo’li bilan o’qishdagi muvaffaqiyat vaziyatini yaratish, imtiyozli stipendiyalar tayinlash, tajriba va laboratoriya ishlarini tayyorlashda qatnashish.ekranlarni jihozlashlari orqali rag’batlantirish; bilimlarni jamoatchilik tomonidan ko’rish yakunlariga qarab rag’batlantirish va hokazolar.

O’qishga doir tanbehlar: dars paytidagi og’zaki tanbeh berishlar, bahosini pasaytirib

qo’yish, ish daftariga yozishlar, xatolarni ko’rsatish, koyish va boshqa usullar orqali qo’llaniladi. Koyish hamda jazolashning boshqa turlarini qo’llash o’qitish usulida istisno hol, chunki bu usul eng so’nggi ilojsiz chora hisoblanadi.

Maktabda, Shuningdek barcha ta‘lim muassasalarida o’quvchitalabalarga tan jazosi berish, o’zlashtiraolmagani uchun uni haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so’kish aslo mumkin emas. Pedagogik faoliyatda bu kabi usullardan foydalanish nojoiz sanaladi.

Usulni tanlab, o‘qituvchi o‘ziga savol berishni boshlaydi:

→ Usulni qo‘llashdan so‘ng natijalar qaysi sohalarda: Bilimlar sohasidami? Ko‘nikmalardami? Malakalardami? YOki ko‘rsatmada  ko‘p bo‘ladi.

→ Keyingi savol ta’lim berishning bajariladagan ishlar tartibiga taalluqli: “Talabalarning faolligi (tashabbus) qanday bo‘lishi kerak?”

Ta’lim usullarining natijaviyligini qaysi mezonlar aniqlaydi?

Yaxshi yoki yomon usullar mavjud emas. Usulning natijaviyligini bajarilgan yoki bajarilmagan vazifa bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin.

Ta’lim jarayonida o’quvchilarni rag’batlantirish  Qanday qilib, keng tarqalgan usullar, jumladan aqliy hujum yoki guruhli munozarani natijaviyligini o‘quv mashg‘ulotida echiladigan topshiriqlar bilan bog‘liqsiz, yoki aniq amaliy vaziyatni  tahlil qilish  va echish (keys-stadi) usulini natijaviyligini,  ushbu usul qo‘llanilayotgan o‘quv mashg‘ulotining maqsad va vazifalaridan uzilishda oldindan baholash mumkin.

Tajribalarning ko‘rsatishicha, usulning asosiy natijaviylik mezonlari quyidagilar:

  1. belgilangan vazifalarni hal etish uchun uni qo‘llashning mosligi va iqtisodiyligi;uni qo‘llashda soddallik va osonlik;
  2. nafaqat eng yaxshi natijalarni ta’minlashi, balki ularga erishishning yuqori ishonchliligini ta’minlay olishi.

Eng ko`p tarqalgan va xususiyatga ega bo`lgan ta’lim usullari quyidagilar hisoblanadi:

  1. suhbat,
  2. bahs,
  3. o`yin,
  4. kеys-stadi,
  5. loyihalar usuli,
  6. muammoli usul,
  7. aqliy hujum va boshqalar hisoblanadi.

Ta’lim jarayonida o’quvchilarni rag’batlantirish

Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba