Ta’lim mazmunini murakkabligi.
Ta’lim mazmunini murakkabligi. mavzu bo‘yicha UE ni bo‘lajak muxandislar qaysi maqsadini aniqlashga qaratilgani yana bir ko‘rsatkich predmetni o‘rganish ilmiyligi yoki fan taraqqiyotining abstraksiya pog’onalari (AP) kiritiladi.
Abstraksiya pog’onalari.
Har kanday fan o‘ziga tegishli narsa va xodisalar murakkab yozilganligiga ishongach hosil qilish mumkin. Shu boisdan bu tushuncha o‘quv dasturi va darsliklar yaratishda juda muhim tushuncha xisoblanadi. Sababi har bir tushuncha darslik o‘quvchilarning bilish faoliyatini mustaqil o‘quv ishlari tarzida tashkil etishni qo‘zda tutadi.
O‘quv predmetining murakkabligi “oddiydan murakkabga” deb nomlangan muhim didaktik qoida bilan tavsiflanadi. Ma’lumki, bu qoida oddiy o‘quv materialining har doim bir muncha qiyin bo‘lgani bilan bosqichma bosqich to’ldirib borishni taqazo etadi.
Aniq o‘quv materiali bayoni uchun “sodda” va “murakkab” tushunchalarini qo‘llash mumkin, biroq bu baholash mezonlari ham yaxlitlikka da’vogarlik qila olmaydilar, chunki o‘quv materiali bir o‘quvchi uchun murakkab bo‘lsa, boshqasi uchun esa tushunarli bo‘ladi. Shu boisdan o‘quv predmetini o‘rganishda past abstraksiya pog’onasida ifodalangan materialdan yuqori abstraksiya pog’onasida yozilgan materiallarga o‘tish va o‘quvchilarni bu o‘tishga oldindan tayyorlash kerak bo‘ladi.
O‘zlashtirishning avtomatlashuv darajasi.
(Kt). Ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish sifatini baholash uchun uni o‘zlashtirish darajasi va bayon qilishda abstraksiya pog’onalari kabi tushunchalardan tashqari ko‘pchilik faoliyat turi uchun yana bir muhim ko‘rsatkich tajribani egallash darajasi yoki asosiy amallar va usullarni o‘zlashtirishda avtomatlashuv darajasi-malakalar mavjudligi xisoblanadi. “Malaka” tushunchasi qator pedagogik maqolalarda etarlicha yoritilgan bo‘lsada, biroq ularni o‘lchash va me’yorlash bilan metodika fani xanuzgacha shug‘ullanmaydi. Ayni vaqtda ta’limga qo‘yilgan asosiy talab uning sifati ekanligi e’tirof etilayotgan bir sharoitda malaka muammosiga etarlicha diqqatni jalb etishi kerak bo‘ladi.
Malaka aqliy va amaliy harakatlarni bajarish ko‘nikmalarining ma’lum o’lchovda avtomatlashuvi deb ta’riflanadi. Demak, ko‘nikma va malaka o‘rtasidagi farq egallangan harakatni tavsiflash usulida ekan: agar harakat mazmun bo‘yicha (o‘qiyapti, yozyapti, echadi, bajaradi) tavsiyalansa biz ko‘nikma bilan ish ko‘rayotgan blamiz, agar harakat uni bajarish tezligi (vaqti) bilan ham tavsiflansa, unda gap harakatning avtomatlashuvi malaka xaqida boradi.
O‘quvchilarning tajriba (faoliyat) ni egallash darajasi oldindan belgilangan vaqt bilan bog‘liqdir. Shu bilan u yoki bu topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilarga ma’lum vaqt ajratiladi va bu vaqt ana shu topshiriqni tajribali mutaxasis tomonidan bajarish vaqti etalon bilan taqqoslanadi. Ularning o‘zaro nisbati “egallash darajasi koeffitsenti yoki avtomatlashuv darajasi”ni bildiradi. ya’ni:
O‘quv jarayoni uchun da’vogar ko‘rsatkich bu (to‘quvchi) xisoblanadi. Chunki tmutaxasis tajriba sinov natijasidan bizga har doim ma’lum. Dmak, Kt-avtomatlashuv darajasining sekinlashuvi yoki tezlashuvini ifoda etadigan ijtimoiy o‘zgaruvchan koeffitsent ekan.
O‘zlashtirish sifati anglashuvchanlik.
(U) Inson tomonidan faoliyatini sifatli boshqarish shartlaridan biri uni tushunib etish, anglash darajasi xisoblanadi. Anglagan holda tajribalarni o‘zlash- tirish shunchalik muhimki, xatto didaktikada unga aloxida e’tibor qaratilgan: o‘quvchilarning bilimlarni anglab, tushunib o‘zlashtirishni talab etadigan didaktik tamoil mavjud. Pedagogik nashrlarda bilimlarni anglab o‘zlashtirish yoki akliy rivojlanish darajasi uchga bo’linadi.
Birinchisi– harakat usullarini tanlash argumenti ma’lum vaziyatlarda predmetdagi bir xil ob’ekt va xodisalarni ifodalaydigan tor doiradagi tushunchalar va konuniyatlarga tayanadi. Bu anglashuvchanlik pgonasi predmetli deb nomlanadi. Harakatlarni predmetli anglashga o‘quvchilarning matematika, fizika, kimyo, adabiyot va boshqa predmetladan masalalar echishni misol tarikasida ko‘rsatish mumkin.
Ikkinchisi- o‘quvchilar harakat usullarini tanlashni argumentlashda biror predmet ma’lumotlarni boshqa predmet doirasidagi bilimlar bilan qo‘shishga tayanadi. Misol uchun, kimyoviy masalalarni echishda fizikaga, biologik-kimyoga tayanib ish ko‘riladi. Bu anglashuvchanlik pog’onasi predmetlararo deb nomlanadi.
Uchinchisi– argumentlash uchun turli fan sohalari ma’lumotlariga murojat etiladi. Bu darajani shakllantirish uchun yangi ilmiy bilimlarning tizimli tahlili, amallar tahlili, faoliyatni axborotlashtirish kabi akliy darajalari xizmat qilishi mumkin. Bu anglashuvchanlik pog‘onasi tizimli deb nomlanadi. Shunday kilib, anglashuvchanlik pog‘onalari bo‘lishi mumkin. Faoliyatni anglashuvchanlik o‘qitish sifatini belgilovchi ko‘rsatkich xisob lanib, ta’lim maqsadi sifatida berilishi va o‘qitish jarayoni uning natijasi sifatida joriy etilishi mumkin. SHu boisdan o‘quv materialni o‘zlashtirishning anglashuvchanlik koeffitsenti(Ky) kiritiladi:
Bu erda o‘quvchilarni o‘quv materialni o‘zlashtirishda anglashuvchanlik darajasi 1,2,3 shqala bilan baholanadi sinf bo’yicha anglashuvchanlik darajasining o‘rtacha qiymatli. Bu anglashuvchanlik ko‘rsatkich o‘zlashtirish darajasi bilan qanday bog‘lanishda bo‘lishi mumkin? Ma’lum bo‘lishicha va faqat esa bilan to‘g‘ri kelishi mumkin, faqat faoliyatning darajasiga tayanishni talab etadi.
Ta’lim mazmunini murakkabligi.







