Ta’lim shakllari – ta’lim texnologiyasining tarkibi.

0
Ta’lim shakllari – ta’lim texnologiyasining tarkibi.

Ta’lim shakllari – ta’lim texnologiyasining tarkibi.

Ta’lim shakllari – ta’lim texnologiyasining tarkibi.

O’qitishni tashkil etish shakllari haqida tushuncha. Ta‘lim insoniyat jamiyati rivojlanishining dastlabki paytlaridayoq katta rol o’ynagan. Maktabning tarixan taraqqiy etish davrida ta‘limni tashkil qilish shakllari turlicha bo’lgan. Ta‘limni tashkil etish shakllari ma‘lum ijtimoiy tuzum va Shu tuzumning manfaatlariga mos holda shakllangan.  Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta‘limning mukammal jamoa shakli ya‘ni dars necha yillardan beri takomillashib, unga qo’yilgan talablar murakkablashib va zamonaviylashib bormoqda.

XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tarixda birinchi bo’lib maktab ta‘limida sinf-dars tizimini yaratdi.

Ya. A. Komesnkiyning ta‘limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo’lsa ham g’arb mamlakatlariga juda tez tarqaldi va ta‘limni tashkil qilishning birdan-bir shakli deb e‘tirof etildi. Sinf-dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon mamlakatlariga tadbiq etilmadi. Ularda 1917 yilga qadar o’rta asr maktablariga xos ta‘lim tizimi (shakli) davom etib keldi. Ushbu maktablarda 6 yoshdan 15-16 yoshgacha bo’lgan bolalarga bir xonada bir vaqt maboynida mashg’ulot olib borilardi. Shu boisdan bolalarning bilim darajalari va o’zlashtirishi ham turlicha bo’lar edi. O’zbek maktablari oktyabr to’ntarishidan keyin sinf-dars tizimiga o’tdi. Hozirgi davrgacha guruhli mashg’ulotlarning sinf-dars tizimi deb atalgan bunday shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va Shuncha vaqt maboynida darsning tashkiliy shakllari ham, ta‘limning metodlari ham uzluksiz takomillashib ketdi.

Sinf- yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo’lgan ma‘lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir. Dars deb bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta‘lim mashg’ulotiga aytiladi. Dars – o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars – o’quv ishlarining markaziy qismidir. Hozir maktablarimizda qo’llanilayotgan sinf-dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi: Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo’ladi. Dars mashg’uloti asosan 45 daqiqaga mo’ljallangan bo’lib, qat‘iy jadval orqali olib boriladi. Dars bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta‘lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. Endilikda mustaqil respublikamiz xalq ta‘limi oldiga qo’ygan talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda maktab ta‘limini tashkil qilishning yangi-yangi shakllari yaratilmoqda. Bugungi kunda maktablarimizda ta‘limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda.

Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib

boriladigan mashg’ulotlar.

Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot o’qituvchining kundalik o’quv materialini tizimli bayon qilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishni, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatishni o’z ichiga oladi. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o’quv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalarida ishlash, ekskurtsiyalar o’tkazish yo’li bilan olib boriladi.

Sinf – dars shaklidagi mashg’ulotlarni tashkil etish.

Ta‘lim maskanlari oldida turgan yangi vazifalar va ehtiyojlar o’quvchi-talabalarga beriladigan ta‘lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko’tarishni talab qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mashg’ulotni to’g’ri tashkil etishga bog’liq. Maktablarimizda darsning boshlanish davrini – darsning tashkiliy daqiqalari deb ataladi. Biroq, bu dars shaklining biror bosqichi yoki tuzilishiga kirmasligi kerak. Tashkiliy daqiqada sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish muhimdir. Tajribali va mahoratli o’qituvchilar fursatni qo’ldan bermay, o’quvchilar diqqatini chalg’itmay, darhol ish boshlab yuboradilar. Ayni paytda o’qituvchi oldida ikki vazifa – butun sinf o’quvchilari diqqatini o’ziga jalb qilish va butun sinf o’quvchilarini tezlik bilan mashg’ulotga faol kirishishlarini ta‘minlash vazifalari turadi. Dars mashg’ulotdan ko’zlangan maqsadni ravshan va aniq qilib o’qtirish bilan boshlanadi. Dars yangi materialni bayon qilishga qaratilgan bo’lsa, dars mavzusi aytiladi. Darsda rejada mo’ljallangan materialni o’tib bo’lingach, u albatta yakunlanishi, xulosalar chiqarilishi kerak. Shuningdek, o’qituvchi darsni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida olib borishi, turli xil ta‘lim metodlaridan unumli foydalanish va o’quvchilarga ko’proq muammoli vaziyatlar yaratish orqali ularga yangi materialni bayon qilishi dars sifatini oshiradi. Darsni tashkil etish va olib borishdagi bosh maqsad – ta‘lim jarayonining samaradorligini ta‘minlashdir. Buning uchun:

  1. o’tilayotgan mavzudan ko’zlangan maqsadni o’qtirish bilan bir vaqtda, o’quvchilar materialni faol idrok qilishga safarbar etilgan bo’lishlari kerak. Ya‘ni o’qituvchi bayon qilayotgan mavzu o’quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, ongli o’zlashtirishga intilishlarini ta‘minlamog’i lozim;
  2. Ajratilgan vaqt ichida o’qituvchi materiallarni tizimli va izchil bayon qilish bilan bir vaqtda, o’quvchilarni ham, albatta, mavzuga oid mustaqil ish olib borishlarini ta‘minlash juda muhimdir. O’qituvchi darsda mavzuni bayon qilish davomida o’quvchilarga muammoli vaziyat tug’diradigan savollar berib, ularni fikrlash va izlanishga undasa o’quvchilar ushbu materialni puxta o’zlashtirib oladi.
  3. v) Bilimlarni bayon qilish jarayonida o’quvchilar faolligi (og’zaki, yozma mashqlar va laboratoriya-tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga solinmog’i lozim. Bu o’z navbatida, o’quvchilarning oldindan o’zlashtirgan bilimlarini ham ishga tushirishga hizmat qiladi va to’g’ri baholash uchun katta imkoniyat tug’diradi.
  4. g) dars jarayonida o’tilayotgan o’quv materiallari boshqa fanlarning aloqador mavzulari bilan bog’lanishini ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega.

Darsda o’quv – tarbiya ishlarining barcha komponentlari: maqsad, mazmun, vositalar, metodlar, tashkil etish va boshqarish faoliyati hamda uning hamma didaktik elementlari mujassamlangan deb hisoblash qabul qilingan. Shunga asosan o’qituvchi dars muammolariga to’g’ri yondoshishi uchun ta‘lim jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularning o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta‘sirini tushunishi lozim. Umuman olganda, sinfga ham reproduktiv, ham ijodiy topshiriqlar berish mumkin.

Darsga bo’lgan talablar, dars turlari va ularning tuzilishi. Dars – o’qituvchilar va o’quvchilar faoliyatini tashkil etishning shakli bo’lib, u bolalarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshiradi. Dars o’qitishni tashkil etishning o’zgarmas shakli emas. O’quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo’llarini izlaydi. Bu sohada ko’pgina islohatlar amalga oshirilmoqda. Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim: .

  1. Har bir dars ma‘lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo’lmog’i lozim.
  2. Har bir dars mustahkam g’oyaviy-siyosiy yo’nalishga ega bo’log’i lozim.
  3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog’langan bo’lmog’i, shuningdek xilma xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog’i lozim.
  4. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanmoq zarur.
  5. Dars o’qituvchi va o’quvchilarning faolligi birligini ta‘minlamog’i lozim.
  6. Darsda o’quv materialining mazmuniga oid ko’rsatmali qurollar, texnik vositalar va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
  7. Darsda har bir o’quvchining individual xususiyatlarini ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir.

Ta‘lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari quyidagilar:

Yangi bilimlarni bayon qilish darsi (ma‘ruza).

O’tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.

O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirish va baholash darsi.

Takrorlash – umumlashtiruvchi va kirish darslari.

Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasini birga qo’llanishi).

Har bir dars turining ma‘lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa o’qituvchining o’quv materialini to’g’ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning o’zlashtirishini nazorat qilib borishiga yordam beradi. Maktablarimizda eng ko’p qo’llaniladigan dars turlaridan biri – yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagicha tuziladi: a) yangi bilimlarni bayon qilish;

  1. b) yangi bilimlarni mustahkamlash;
  2. v) yangi bilimlar ustida ishlash;
  3. g) yangi bilimlarga bog’liq holda uy vazifalari topshirish.

Demak, dars boshdan – oyoq bir dars turi bilan olib borilmaydi, balki Shu darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (savol-javob), yangi bilimlar ustida mashq o’tkazish (masala va misollar yechdirish, grafik ishlari olib borish), uyga vazifa (boshqa bir dars elementi-tushuntirish, yo’l-yo’riqlar ko’rsatish va h. k) kabi boshqa elementlarning bo’lishi ham mumkin. Shunga qaramay, darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo’lsa, butun didaktik usullar Shunga buysundiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi.

Dars tuzilishi u yoki bu dars turining tuzilishini, uning qismlarini anglatadi. Biroq, dars

turlari tuzilishidagi har qanday qism – didaktik usul, dars tuzilishi bo’lavermaydi. U o’qitish usuli bilan bog’langandagina dars tuzilishini tashkil qiladi. Ya‘ni dars tuzilishining o’zgarishi bilanoq dars olib borish usuli ham o’zgaradi. Darsning tuzilishi qo’yilgan maqsadlarga, o’rganilayotgan materialning mazmuniga, ta‘limning darsda qo’llanadigan metodlari va usullariga, o’quvchilarning tayyorgarlik va kamolat darajasiga, darsning o’quv jarayonidagi o’rniga bog’liqdir.

Dars tuzilishini biridan ikkinchisiga o’tishi va Shu orqali darsning shakli hamda usullarining o’zgarishi dars bosqichi deb yuritiladi. Masalan, aralash dars turning tuzilishi:uy vazifalarini so’rash, tekshirib ko’rish; yangi materiallarni bayon qilish; yangi materiallarni mustahkamlash; uy vazifalarini topshirishni o’z ichiga oladi. Bunda:

  1. uy vazifalarini ko’rish suhbat (savol-javob), misol va masalalar ishlatish yo’li bilan olib

borilishi mumkin. Bu dars tuzilishining birinchi qismi, darsning birinchi bosqichi;

  1. yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o’qituvchi tushuntirish, hikoya qilish, maktab ma‘ruzasi, suhbat kabi usullardan foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishining ikkinchi qismi, darsning ikkinchi bosqichi;
  2. v) yangi materiallarni mustahkamlash jarayonida suhbat, mashq qildirish, kitob bilan ishlash usullaridan foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishining uchinsi qismi, uchinchi bosqichi;
  3. g) uy vazifalarini topshirish jarayonida tushuntirish. Suhbat usulidan foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishini to’rtinchi qismi, darsning to’rtinchi bosqichidir. Yuqorida ko’rib o’tilgan dars turlarining hammasi o’z tuzilishiga ega bo’lganidek, ma‘lum bosqichlarga ham ajraladi.

Takroriy-umumlashtiruvchi dars, odatda, dasturning ma‘lum bir qismi yoki yirik mavzu

o’tib bo’lganidan keyin o’tkaziladi. Bunda o’tilgan materiallarni takrorlash – qayta esga tushirish va mustahkamlash maqsadida o’tilgan mavzularni qamrab olgan va bir-biriga bog’liq bo’lgan savollar orqali umumlashtirish nazarda tutiladi.

Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning tashkiliy shakllari.

Oliy maktabdagi o’qitish jarayoni o’qitishning shakl va metodlarini tashkil etishning ko’p qirrali yagona tizimiga asosan amalga oshiriladi. Oliy o’quv yurtlaridagi o’qitishning shakl va usullari tasnifi o’zaro bog’langan va o’zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi:

– o’quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo’yicha o’qituvchilarning faoliyati; – talabalarning o’quv va bilish faoliyati.

Ta’lim shakllari – ta’lim texnologiyasining tarkibi.  O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida» gi qonunida «Oliy ta‘lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta‘minlaydi» deyilgan. Shu bilan birga oliy ta‘lim talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga ham o’rgatadi. Shu o’rinda yurtboshimiz ta‘kidlaganidek «Ayniqsa o’sib kelayotgan avlod taqdiriga hech kim befarq qaray olmaydi. Bunda oliy o’quv yurtlarining ahamiyati kattadir. Yoshlarni qay usulda o’qitish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo’lishiga qayg’urish har birimizning muqaddas burchimizdir». Shu nuqtai nazardan oliy maktablarda bilimlarni hozirgi zamon darajasida berib borish alohida ahamiyatga ega. Hozirda oliy ta‘lim ikki bosqichdan iborat, ya‘ni bakalavriat va magistratura. Mana Shu bosqichlarni amalga oshirishda, aniqrog’i, oliy ma‘lumotli yetuk mutaxassis tayyorlashda o’qitishning bir qancha tashkiliy shakllari qo’llaniladi.

Oliy o’quv yurtlarida o’quv ishlari va bilim berishning tashkiliy shakllari «Ta‘lim

to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ga asosan olib boriladi.

Oliy maktabdagi o’quv jarayoni shakllariga ma‘ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv anjumanlar, maslahatlar, ekskursiya, ekspeditsiya, o’quv ishlab chiqarish pedagogik amaliyoti, kurs va diplom ishlari, talabalarning mustaqil ta‘limi kabilar kiradi.

Ma‘ruza– bilim berishning Shunday shakliki, unda pedagog (o’qituvchi) tomonidan berilayotgan bilimlar, malaka va ko’nikmalar talabalarga yoppasiga bayon etiladi. Ma‘ruza – o’quv jarayonining ilg’or usullaridan biri bo’lib, dastlab u o’rta asrlarda biron bir kitobni o’qish yoki uni izohlash yo’li bilan namoyon bo’lgan. Jamiyat rivojlanishi maboynida og’zaki tushuntirishning bu usuli XVIII asrda lotin tilida amalga oshirildi. XVIII asr o’rtalariga kelib ma‘ruzalar rus tilida o’qiy boshlandi. Uning ilg’or namoyandalaridan biri M.V. Lomonosovdir.

Fanlar bo’yicha ma‘ruzada hal qilinadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • ilmiy bilimlarning muayyan miqdori bayon qilinadi;
  • talabalarga fan va tadqiqotlarning metodologiyasi tanishtiriladi;
  • o’quv faoliyati va o’quv mashg’ulotlarining barcha turlari orasidagi metodik aloqalar ko’rsatiladi. Didaktik maqsadiga (yo’nalganligiga) ko’ra kirish, tematik va umumiy – yakuniy ma‘ruzalar farqlanadi.

Amaliy mashg’ulot – o’quv ishlarining mantiqiy davomi bo’lib, bu termin talabalarning mustaqil auditoriya ishlarining umumiy tushunchasi hisoblanadi. Agar ma‘ruzada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo’lsa, amaliy mashg’ulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va detallashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg’ulotlar talabalarning bilimini sinashga xizmat qiladi. Amaliy mashg’ulotlarda mashqlar, laboratoriya ishlarini o’tkazish, har xil ilmiy tajribalarni o’tkazish kabilar amalga oshiriladi. Bilim berishning bu shaklida ma‘ruzalarda olingan nazariy bilimlar bevosita amaliyot bilan bog’lanadi va o’quvchilar tomonidan tajribalar amalga oshiriladi. Amaliy mashg’ulot shakllaridan biri seminardir.

Seminar – talabalarning ma‘ruzadan olgan ilmiy-nazariy bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan ta‘lim shakllaridan biridir. Seminar jarayonida o’qituvchining o’rni juda yuksak, ya‘ni o’qituvchi talabaning o’rniga javobni aytib bermaydi, balki muhokamalarni tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Seminar mashg’ulotiga tayyorlanish talabalardan katta mas‘uliyatni talab etadi. Jumladan, talabalar seminar darslariga tayyorgarligi davomida mustaqil o’qishlari, kerakli adabiyotlar bilan ishlashlari, ro’znoma va jurnallardan foydalana bilishlari, Shuningdek boshqa mavzuga oid manbalarni izlab topishlari, ularni o’zlashtirishlari kerak bo’ladi.

Laboratoriya mashg’ulotlari– Bunda talabalar mustaqil ravishda vazifa bajaradilar yoki eksperiment o’tkazadilar. Laboratoriya mashg’ulotlari talabada tadqiqot o’tkazish ko’nikmalarini shakllantiradi, fan va texnikaga ijodiy yondashishni ta‘minlaydi, eksperimentning umumiy metodikasini egallashga imkon beradi. Laboratoriya mashg’uloti odatda maxsus jihozlangan xonada hamda tegishli apparat, asbob-uskunalar: mikroskop, lupa, kolba, o’lchov asboblari va boshqa qurollar bilan ta‘minlangan joylarda (auditoriyada) olib boriladi.

Ekskursiya – ta‘lim va tarbiya ishlarining Shunday turidirki, bu usul bilan o’rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, dala, tabiatni kuzatishga) yoki maxsus muassasalarga (muzey, ko’rgazma va h.k.larga) tashkiliy ravishda olib boriladi. Ekskursiya usuli asosan o’qituvchi yoki ekskursiya o’tkazishga mas‘ul bo’lgan shaxsning kuzatilayotgan ob‘ektni bayon qilishi, tushuntirishi orqali olib boriladi. Ekskursiya oxirida, albatta yakunlovchi dars o’tkaziladi va unda o’quvchi-talabalar tomonidan tayyorlangan chizma, rasm, taassurotlar kabi materiallardan foydalaniladi. O’qituvchi mulohaza va fikrlarni umulashtirib, xulosa chiqaradi va mashg’ulotni yakunlaydi.

Amaliyot – ta‘lim shakllaridan yana biri bo’lib, unda talaba oliy o’quv yurtida olgan nazariy bilimlarini bevosita amaliyotga tadbiq etadi. Bu jarayonda amaliyotchiga amaliyot davomida oliy o’quv yurtidan ilmiy rahbarlar tayyorlanadi. Amaliyot talaba uchun kelajak ish faoliyatida ilk qadami bo’lib, Shu amaliyot davomida talaba oliy o’quv yurtida olgan bilimlarini qanchalik amaliyotga qo’llay olishini o’z nuqtai nazaridan ham baholaydi va bu orqali unda kelajagini tasavvur qilishga imkon yaraladi.

Kurs ishi – oliy maktab o’quv rejasida qayd qilingan ta‘lim berishning shakllaridan biri. Kurs ishlari biror fanning nazariy kursi tugallangandan so’ng amalga oshiriladi. Ta‘lim berishning bu turi talabalarning ilm olish davrida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, nazariy bilimlarini qanchalik amaliyot bilan bog’lay olishi negizida paydo bo’ladi. Kurs ishi tayyorlash jarayonini bevosita mustaqil ishlar tarkibiga kiritish mumkin. Kurs ishi ham o’quv rejasida kiritilgan bo’ladi.

Diplom ishi – talabaning oliy o’quv yurtida olgan bilimlarining natijasi, ilmiy

izlanishlarning boshlang’ich ko’rinishi bo’lib, ta‘lim berishning bir shakli sifatida namoyon bo’ladi. Diplom ishi bir mutaxassislikning talaba tomonidan tamomlanayotgan, Shu mutaxassislik rahbari bilan birga tayyorlanadigan va o’quv yurti rejasida qayd qilingan ta‘lim berish shakllaridan biridir.

Oliy maktabda o’quv jarayoni mustaqil ta‘limni tashkil etilishini ham ko’zda tutadi. Talabalarning mustaqil taxsili ularning o’z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko’nikmalarni takomillashtirish hamda ularning yangilarini o’zlashtirishga bo’lgan initilishi sifatida qaraladi. Mustaqil ta‘limning vazifalari:

shaxsning intellektual imkoniyatlarini yangilash, ularning g’oyaviy-nazariy saviyasini oshirish, kasbiy mahorati va madaniyatini takomillashtirish. Mustaqil ta‘limning asosiy maqsadi talabalarni ijodiy izlanishga, o’z ustida ishlashga hamda ularning shaxsiy va kasbiy sifatlarini o’stirishdir. Mustaqil ta‘lim bo`yicha mashg’ulotlarning izchilligini va maqsadga muvofiqligini ta‘minlash maqsadida uning rejasi tuziladi. Umuman olganda barcha oliy maktablarda ta‘lim berishning tashkiliy shakllari amal qilar ekan, ularga bir qator talablar qo’yiladi.

Ta’lim shakllari

Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba