Bosh sahifa mavzular Ta’lim tehnologiyaning bosqichlari.

Ta’lim tehnologiyaning bosqichlari.

0
Ta’lim tehnologiyaning bosqichlari.

Ta’lim tehnologiyaning bosqichlari.

Ta’lim tehnologiyaning bosqichlari.

Ta’lim tehnologiya quydagi uch bosqichdan iborat, qo‘plab operatsiyalarni qamrab oladi: loyxalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish va baholash.

I.LOYIXALASH – mo’ljallangan maqsad va uni amalga oshirish usuli va vositalari yig‘indisini aniqlashdan iborat. Bu blok doirasida quydagi ketma-ketlikda operatsialar amalga oshiriladi:

-ta’lim texnolgiyasini amalga oshirish vaqtini aniqlash; o‘quv choragi, yarim yilligi, yillik va butun o‘qitish davri uchun;

  • o‘quv materiallarini tahlil etish;
  • maqsad va didaqtik vazifalarni ajratib olish;
  • o‘quv materiallarini ma’lum tuzilmaga keltirish va vaqt bo’yicha taqsimlash;
  • bilim, ko’nikma va malakalarni o‘zlashtirish bosqichlari, shuningdek, shaxsning sifat va fazilatlarini rivojlantirishni aniqlab olish;
  • o‘quvchilarni qiziqtirish usuli va vositalarini aniqlash. O‘quv materiallarini takrorlash, kirish, joriy ko‘rsatmalar berish, o‘quvchilar dikkat-e’tiborini o‘quv materiallarining muxim tomonlariga jalb etish maqsadida muommoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, qiziqarli bilish vazifalari va shu kabilarni oldindan belgilab olish. Ular oldindan belgilangan va maqsadga yetaklovchi vosita sifatida qaralmogi lozim. Bunday yondashuv taxsil oluvchiga o‘z o‘quv – bilish faoliyatining tuzilmasi va mazmunini tasavvur etirish imkonini beradi.

Rejalashtirilgan natijalar xaqida tasavvur tarkib toptirish quyidagi shakllarda rasmiylashtiriladi:

Bilim, ko’nikma ish – harakat usuli, muhim yo’nalganlik, ijtimoiy muhim shaxsiy sifat va fazilatlari va boshqa yoki kutilgan natijalari yozishmasi.

Oqilona o‘qitish modeli tuziladi, ular didaqtik vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi va o‘qitish metodlari, tashkil etish shakllari, vositalari, pedagogik  usullar to‘plamidan iborat. Ko‘rsatiladigan qo‘rollar va pedagogik texnik o‘quv materiallariga, o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyati va rivojlanganlik darajasiga uyg‘un bo‘lishi kerak. Shuningdek, ta’lim muassasasining modiy ba’zasi xisobga olinishi lozim.  Darslarning tuzilmasi o‘ylab ko‘riladi va quydagicha amalga  oshiriladi:

  • ta’lim – tarbiya ishining hozirgi holatini diagnostikalash; – nazorat qilinadigan muxim ko‘rsatkichlarni ajratib olish;
  • pedagogik jarayon holatini joriy va yakuniy nazorat qilish;

Tashxislash va nazorat qilish natijalariga asosan teskari aloqa bog‘lash usullari va vositalarini aniqlash;

Ta’lim tehnologiyani amalga oshirish uchun extimoldan holi bo‘lmagan va unga xalaqit beruvchi omillar tashqi muxit va ularni bartaraf etish yo‘llari uylab ko‘riladi.

II.TA’LIM LOYIXASINI AMALGA OSHIRISHDA quydagi ishlarga alohida e’tibor qaratiladi:

-o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha maqsad, vazifalar bilan o‘quvchilarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalari, mustaqil ishlarni, ularni bajarish tartibi, paytini e’lon qilish, mavzuni to‘liq o‘zlashtirish bo‘ycha ko‘rsat-malar berish, etalon darajasida o‘zlashtirish me’yorlarini aytib berish;

  • o‘quvchilarning faol, mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish, bolalar diqqatini bo‘lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o‘rgatish zarurligini aytib, bilishga qiziqish uygotish o‘qisho‘rganishga xavas, muammolarni bajarishga extiyoj uyg‘otish. Emotsiyalar, tafakkur hodisalari bilimlarni o‘quv holatlariga tadbiq etish yo‘llari orqali mavzu bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash, to‘plangan ma’lumotlar yuzasidan joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga oid o‘zgartirish, ko‘shimcha, tuzatishlarni belgilash;
  • bo‘lim yoki mavzu bo‘yicha to‘plangan bilimlarga ishlov berish. Ta’lim jarayoni stoxastik harakterga ega. Unda kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan, favqulodda va tasodifiy hodisalar ham uchrab turadi. Binobarin, o‘rganilgan natijalarga asoslanib loyixaga yangi o‘zgartirish, ko‘shimcha, tuzatishlar kiritiladi, bolalarning etalon darajasiga qanchalik yaqinlashganliklari ham aytib o‘tiladi;
  • bo‘lim yoki mavzu bo‘ycha umumiy xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalarni murakkab o‘quv holatlariga tatbiq qilish. Oraliq nazorat natijalariga ko‘ra mavzu yoki bo‘lim bo‘ycha axborot to‘plash, to‘plangan axborotlarga ishlov berish jarayonlarida o‘quvchilar erishgan yutuqlarni tahlil qilish, o‘quvchilarning bilim, malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlaridagi kamchilaklarini ko‘rsatish, sinfning har bir o‘quvchisiga yakuniy nazoratgacha bajaradigan qo‘shimcha topshiriqlar berish, bolalarni o‘quv materiallarini yanada atroflicha etalon darajasida o‘zlashtirishga rag‘batlantirish;

-Yakuniy nazoratning asosiy funksiyasi bolalarning ma’lumot va ta’lim mazmuni elementlarini etalon darajasida o‘zlashtirishlarini aniqlash, etalon darajasidan past o‘zlashtirgan o‘quvchilarni ogoxlantirish, qo‘shimcha topshiriqlar berish.

III.NAZORAT QILISH-BAHOLASH BLOKINING vazifasi ko‘yilgan maqsadni amalga oshirishning borishi xaqida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish, ya’ni muntazam ravishda teskari aloqani ta’min etish va axborotga qayta ishlov berishdan iborat. Olingan axborotni tahlil qilib, zarur hollarda kelgusida harakatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi va nixoyat, qo‘yilgan maqsad va olingan natijalarning mosligi xaqida xulosa chiqariladi. Har qanday maqsadga erishishda vaziyat bevosita natijalarning mosligi xaqida xulosa chiqariladi.

Tashqi shart – sharoitlar: o‘quv binolari, xonalarni jixozlashda, texnik va boshqa vositalar bilan ta’minlanganlik darajasida, ijtimoiy muxit va boshqalarda o‘z aksini topadi.

Ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish jarayonida quyidagi omillar o‘ziga xos to‘siq bo‘lishi ham mumkin:

-pedagogik tizimning barcha tashkiliy elementlari va ularning o‘zaro aloqadorligida uyg‘unlikning mavjud  emasligi;

-ta’lim jarayoni ishtirokchilarining psixologik, shaxsiy, individual va boshqa xususiyatlari.

– taxsil beruvchining kasbiy kompetentligi kabilar.

Pedagogik texnologiyalar qo‘llash darajasiga ko‘ra universal yoki xususiy idorada bo‘lishi mumkin.

X U L O S A.

Ta’lim maqsadlarini, baholash mezonlarini hamda ta’lim sharoitlarini takroriy xosil qilishdagi imkoniyatlaridan kelib chiqib, ta’lim- tarbiya jarayonini tarbiyaviy omillariga ham “texnologik” jarayonini keng tadbiq etish mumkin. Bu jixatdan “pedagogik texnologiya” ta’lim va tarbiya o‘rtasidagi farqni qisqartiradi. “Pedagogik texnologiya” ta’lim maqsadlarini aniqlashtirish va qismlashtirish,  ta’lim natijalarini standartlashtirish, ta’lim jarayonidagi samarali teskari aloqa, avtomatlashtirish imkoniyatlari kabi muxim ta’lim muammolarini hal qilish imkonini beradi. Ushbu muammoni ishlab chiqishda “pedagogik texnolgiya” dagi ta’lim tizimlarini ko‘rishdagi tajribasini hisobga olish va tanqidiy tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

“Pedagogik texnologiya” ning rivojlanish istiqbollari uning nazariy asoslarining tanqidiy tahlil qilinishi, ta’limga reduksion yondashishdan voz kechish bilan belgilanadi. Bir vaqtning o‘zida “Pedagogik texnologiya” nazariy asoslarini o‘zgartirish bilan birgalikda uning “muammo maydoni”ni ham o‘zgartirish lozim.

Ta’lim jarayonining “texnologik” ko‘rilishi qator muammolarni keltirib chiqaradi. Ular sirasiga, birinchi navbatda, didaqtik maqsadlarini ishlab chiqish, ularni muvofiq ravishda tarkib toptirish, mos ravishdagi ta’lim jarayonini loyixalashtirishda uning shakl va mazmuni muvofiqligini taminlash, o‘quvchilar tomonidan tajribaning to‘laqonli o‘zlashtirilishi, barcha ta’lim oluvchilar saviyasini tenglashtirish va oshirish kabilarni kiritish mumkin.

Bulgusi mutaxassislarini sifat jixatidan zamon talabi darajasida tayyorlashga avvalo ularga aniq bilimlar berish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni  shakllantirish, ularni kelgusi faoliyatlarida unumli qo‘llashga o‘rgatish orqali erishish mumkin. Shunday ekan, o‘quv-tarbiya jarayonini ta’lim nazariyasi faoliyati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqib, barcha ta’lim-tarbiya ishlarini “pedagogik texnologiya” yo‘nalishiga o‘tkazish, maktab amaliyotidagi ixtiyoriylik bilan uning har bir elementini jiddiy asoslash lozim bo’ladi.

Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba