Ta’lim usullari – ta’lim texnologiyasining tarkibi.

0
Ta'lim usullari – ta'lim texnologiyasining tarkibi.

Ta'lim usullari – ta'lim texnologiyasining tarkibi.

Ta’lim usullari – ta’lim texnologiyasining tarkibi.

  Ta’lim berish usuli, ta’limiy maqsadni amalga oshirish bo‘yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi bilan hamkorlik faoliyatining murakkab jarayonining asosi hisoblanadi. Usullar: ushbu ta’lim berish davridan chiqqanda ta’lim oluvchi bilishi, udallashi va qadrlashi lozim bo‘lgan ko‘zlanayotgan natijalarga erishishni ta’minlaydi.

Ta‘lim usullari to’g’risida tushuncha.

Ta‘lim jarayonida to’g’ri usul tanlar ekanmiz, ko’zlangan natijaga komil ishonch va qisqa yo’l bilan erisha olamiz. O’qitishning samarali borishi, o’quvchi-talabalarning har bir fanni chuqur o’zlashtirib olishlari, Shuningdek ular bilimlarni ongli va mukammal egallashlari uchun hamda yoshlarda mustaqil va ijodiy faoliyat-fikrlarining rivojlanishiga bevosita o’qituvchining ta‘lim usullaridan keng va mohirona foydalana olishiga bog’liqdir. Pedagogika tarixidan, pedagogika amaliyotida ham o’qitish usullarining juda katta boyligi to’plangan.

Ta‘lim usuli deganda, ta‘lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi. O’qitish usullari ta‘lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi-talaba faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. Demak, o’qitish usullari har ikkala faoliyatning, ya‘ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan yo’llarni, usullarni o’z ichiga oladi. Ammo, har ikkala faoliyat ham hamisha bir xil va bir yo’nalishda bo’lavermaydi. Dars jarayonida o’tiladigan mavzuning xarakteri, mazmuniga qarab, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati turlicha yo’nalishda bo’lishi mumkin.

Ta‘lim jarayonida ma‘lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning turlicha bo’lishi yangi-yangi usullarni keltirib chiqaradi.

Ta‘lim usullari, o’qituvchining o’qitish faoliyati tug’risida o’tmishda ham, jumladan Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida alohida asoslab berilgan. Abu Nasr Forobiyning «Fan va san‘atning afzalligi» risolasida o’quv jarayonini tashkil etishga va o’qitish metodlariga qo’yiladigan talablar mukammal ifodalangan. Olim o’zining o’qitish metodlari haqidagi fikrlarida o’quvchilarga turli bilimlar berish bilan birga, mustaqil holda bilim olish yo’llarini ham ko’rsatish, ularni bilimlarning zarurligiga aniq ishontirish kerakligini o’qtirgan.

Barcha qomusiy olimlar foydalangan o’qitish metodlarini bir necha guruhga ajratish mumkin. Bo`lar: ko’rsatmali tajriba usullari (Ibn Sino), bilimlarni bayon qilishning savol-javob usullari (Abu Rayxon Beruniy, al-Xorazmiy), ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni tekshirish usullari (Forobiy, al-Xorazmiy) va hokazolardan iboratdir. Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olimlarning hammalari o’quvchilar faoliyatini kuchaytirish va ularda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish maqsadini ko’zlaganlar.

Hozirda yangi pedagogik texnologiyalarni ta‘lim jarayonida kengroq joriy etilishi zamirida o’quvchi-talabaga berilishi lozim bo’lgan ilmiy bilimlar ko’lami o’qitish usullari va shakllarining doirasini kengashtirish zarurligini taqozo etmoqda.

 

Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba