Ta’limning faol usullari va texnikasi.
Ta’limning faolligi – ta’lim oluvchilarning faolligini tashkillashtirishni ta’minlab beruvchi ta’lim.
Ta’limning faol usullari – ta’lim oluvchilarning bilim orttirish faoliyatini kuchaytirish usullari. Asosan u yoki bu muammoni echish yullarini izlashda taxminiy erkin fikr almashinish diologi asosida kuriladi.
Ayniksa keng tarkalgan va uziga xos xususiyatga ega bo`lgan ta’limning faol usullariga kuyidagilar kiradi: suxbat, munozara, ta’limiy uyinlar, «keys-stadi», loyixalash usuli, muammoli usul, miyaga xujum va bosh.
| Interaktiv (Interactive) – dialogli.
Interfaol ta’lim – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o`rtasidagi (ta’lim oluvchi va kompyuter) uzaro xarakatni amalga oshiruvchi dialogli ta’lim. |
Interfaollik – ta’lim doirasida prinsipial yangi xodisa – Shu tufayli ta’lim oluvchi:
- ta’lim jarayonining hamma sub’ektlari bilan faol uzaro xarakatda bulishi, faqatgina o`qituvchi bilan shaxsiy munosabat yulidagina emas, balki boshqa talabalar, ma’muriyat bilan ham kila olishi mumkin;
- multimedia ob’ektlarini taxlil qilish jarayonida ularning mazmunini, shaklini, ulcham va ranglarini dinamik ravishda boshqarishni, turli tarafdan ularni kuzatishni, boshqa Shunga o`xshash manipulyasiyalarini kayta ta’minlashni, ko`proq aniq kursatuvga erishish uchun xoxlagan joyidan tuxtatib va davom ettira olish mumkin bo`ladi. Shunday qilib, interfaollik faqatgina axborotlarni passiv kabul qilish uchungina emas, balki urganilayotgan ob’ektlar yoki jarayonlarda va virtual modellarning uzaro xarakatlarida multimedia modellari xususiyatlarini faol tadkikot qilish uchun ham imkoniyat yaratib beradi.
Interfaollik darajasi kanchalik yuqori bo`lsa, ta’lim jarayoni ham Shunchalik samarali bo`ladi.
«Miyaga xujum» usuli
Miyaga xujum (breynstorming – miya tufoni) – g`oyalarni generatsiya qilish usuli.qatnashchilar birlashgan holda amaliy va ilmiy muammolarni echishga xarakat qiladilar:uni echish uchun shaxsiy g`oyalarini ilgari (generatsiya qiladilar) suradilar.
Miyaga xujum jarayonida katnashchilar kiyin muammoni bir-birlari bilan fikr almashgan holda echishga xarakat qiladilar: muammoni echishda uni tankidga uchramasligi uchun uzlarining ko`proq shaxsiy fikrlarini (generatsiya qiladilar) bayon etadilar, keyin esa mos keladigan, ratsional, samarali, optimal va bosh. g`oyalarni (fikrlarni) tanlab oladilar, ularni muxokama qiladilar, ularni kengaytiradilar, chukurlashti-radilar, ularni isbotlanishi yoki rad etilishi imkoniyatlarini baxolaydilar.
Bu usul hamma vazifalarni bajaradi, lekin uning asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarning o`quvbilim orttirish faoliyatini faollashtiradi, muammolarni mustaqil tushunish va echishda ularning motivatsiyasini ustiradi va muomala madaniyatini tarbiyalaydi, kommunikativ (uzaro fikr almashinuvi) malakalarini rivojlantiradi, fikrni inersiya (xolatni saklash xususiyati) xolatidan ozod etish va ijodiy vazifalarni echishda o`rganib kolingan fikrlarni engib utishga yordam beradi.
An’anaviy ta’limda kupgina ta’lim oluvchilar muammoni muxokama qilish vaktida uz fikrlarini ayta olmaydilar, chunki, ular urtamiyona talaba bulishlari, uz fikrlarini bayon etayotganlarida boshqa muzokara katnashchilarning salbiy munosabatlaridan, tankidlaridan, kulgilaridan chuchishdan uzlarini ximoya qiladilar. A. Osborn fikrlarni generatsiya qilishni tavsiya etadi va bunday sharoitlarda tankid ta’kiklanadi va aksincha xar bir g`oya, fikrlar turli yullar bilan rag`batlantirilib turiladi, xatto eng be’manilarini ham. Hamma bildirilgan fikrlar yoziladi, keyin birma-bir taxlil kilinadi, baxolanadi va Shundan keyingina eng samaralisi, optimali, ratsionalliligi va istikboli borlari tanlab olinadi.
Kollektivga xos tug`ridan-tug`ri miyaga xujum – iloji boricha kup fikrlarni jamlashni ta’minlab beradi. Hamma katnashchilar bitta muammoni echadilar. Optimal katnashchilar soni: 15 kishidan ortmasligi kerak. Davomiyligi: 1 soatgacha. Bu usuldan samarali foydalanish kupincha ta’lim beruvchiga bog`lik bo`ladi.
Keng ommaga xos miyaga xujum – auditoriyada (60 kishigacha) fikrlani generatsiya qilish samaradorligini jiddiy kupaytirishga imkon beradi. Mikro-guruxlar ichida umumiy muammoning bir tomoni (aspekti) xal kilinadi.












