Ta’limning Pinbord usuli(texnikasi).
Pinbord (inglizchadan: pin- mahkamlash, board – yozuv taxtasi) munozara usullari yoki o`quv suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat.
Ta’lim beruvchi:
→ Taklif etilgan muammoni echishga o‘z nuqtai nazarini bayon qiladi.
→ Ommaviy to‘g‘ri aqliy hujumni tashkillashtiradi.
Ta’lim oluvchilar quyidagi g‘oyalarni:
→ Taklif etadilar, muhokama qiladilar, baholaydilar eng ko‘p maqbul (samarali va boshqa g‘oyalarni tanlaydilar va ularni qog‘oz varag‘iga asosiy so‘zlar ko‘rinishida (2 so‘zdan ko‘p bo‘lmagan) yozadilar va yozuv taxtasiga biriktiradilar.
→ Guruh a’zolari ( ta’lim beruvchi tamonidan belgilangan 2-3 talaba yozuv taxtasiga chiqadilar va boshqalar bilan maslahatlashib:
- aniq xato yoki qaytariluvchi g‘oyalarni saralaydilar;
- tortiShuvlarni aniqlaydilar;
- g‘oyalarni tizimlashtirish mumkin bo‘lgan belgilar bo‘yicha aniqlaydilar;
- Shu belgilar bo‘yicha hamma g‘oyalarni yozuv taxtasida guruhlaydilar (kartochka/ varaqlar).
Ta’lim beruvchi:
→Umumlashtiradi va ish natijalarini baholaydi.
Ta’limning Pinbord usuli.
Pinbord usuli qo‘llanilgan o‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
| Ishlar bosqichi va mazmuni | F a o l i ya t | |
| ta’lim beruvchi | ta’lim oluvchi | |
|
1 – bosqich Tayyorgarlik |
O‘quv mashg‘ulotida pinbord o‘rnini aniqlaydi, uning maqsadini shakllantiradi, muammoni va uni echish bo‘yicha taklif etilayotgan g‘oyalarni baholash mezonlarini aniqlaydi |
|
| 2 – bosqich
Mavzuni yaxshi o‘rganish |
Mavzu tuzilmasini aniqlaydi. Pinbord usulini tushuntiradi. O‘zining fikrlarini aytadi va ta’lim oluvchilarga o‘z fikrlarini aytishlarini taklif etadi, munozara boshlanishini tezlatish uchun bir qator savollar beradi.
Kuzatadi. Berilgan muammoni eslatadi va boshlashga ruxsat beradi |
Har bir guruh baho va maqbul/samarali/ oqilona g‘oyalarni qayd etib borishi uchun ekspert tanlaydi. Guruh a’zolari hamkorlikda ishlashlari mumkin bo‘lgan holda o‘tiradilar |
| 3 – bosqich
Yakuniy xulosani yozma bayon etish 4 – bosqich Umumlashtirish |
Maslahat, tavsiyalar beradi |
Munozara jarayonida ishlab chiqilgan, o‘z fikrlarini, asosiy yakuniy xulosadek, kichik qog‘ozlarga yozadilar va yozuv taxtasiga biriktiradilar. O‘quv guruhidan 2-3 vakillar boshqa ta’lim oluvchilar bilan maslahatlashib, ma’lumotni tizimlashtiradilar va mazmuniga ko‘ra guruhlaydilar. Ko‘rsatuvchi chiziqlar yoki boshqa belgilar |
| yordamida ularning mosliklarini ko‘rsatadilar. | ||
| 5 – bosqich Yakun yasash, tahlil qilish va baholash | Yakunlarni umumlashtiradi, guruhlar ishini tahlil qiladi va baholaydi: ijobiy, ijodkorlikning yuqori darajasi holatlari, jamoaviy faoliyat muvaffaqiyatlarini ko‘rsatadi. | O‘z-o‘zlarini baholaydilar. |












