Trassani profilini tuzish.
Trassani profilini tuzish.
- a) Uzala inshootlar
- b) Trassa va trassalash.
Uzala inshootlar – ishlab chiqarish qurilmalarini barpo qilishda avvalo, doimo ana shu ob’ektgacha keladigan yo‘llar (temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, elektr uzatgich, aloqa, kanal, suv, …) kabi injenerlik inshootlari uzala inshootlarga kiradi.
Trassa deb loyihasi tuzilayotgan uzala inshootlarni karta yoki joyda belgilangan o‘qiga aytiladi.
Ma’lum iqtisodiy va texnikaviy talablarga javob beradigan trassa yo‘nalishini karta va joyda aniqlash uchun bajariladigan kompleks ishlarga uzala inshootlarni trasalash (loyihalash) deyiladi.
Bunday loyihani tuzishda birinchi navbatda trassaning balandlik va plandagi holati hal qilinadi. Planda trassa mumkin qadar to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘tishi kerak, aks holda har qanday og‘ish trassani uzayishiga qurilish va ekspluatatsiya xarajatlarini oshishiga sabab bo‘ladi.
Trassaning ko‘ndalang va bo‘ylama profillar qiyaligi normadan oshmasligi kerak. Ba’zi bir rel’ef sharoitda plan va profil talabiga javob berish ancha og‘ir bo‘lishi sababli trassa tabiiy g‘ovlardan ataylabdan aylanib o‘tish kerak bo‘ladi. Demak trassa plani bir qancha alohida to‘g‘ri chiziqlardan tashkil topgan bo‘lib, ular egriliklar bilan almashinib turadi.
Trassani egilish darajasi, qayrilmalar burchaklari qiymati bilan o‘lchanadi(7.6.1- shakl). Trassaning qayrilish burchagi deb oldingi tomon davomi bilan ketingi tomon boshlanishida hosil bo‘lgan Ðj ga aytiladi. Bu burilish nuqtasiga burilish uchi (BU) deyiladi.
I va II kategoriyani magistral temir yo‘l, magistral quvurlar va uzala magistral uzatgichlarda qayrilma burchagi j 15o – 20o dan oshmasligi (kerak) tavsiya qilinadi. Bu esa bo‘lajaak yo‘l yoki quvurlar uzunligini kam miqdorda uzayishiga olib keladi. Temir yo‘l va avtomobil yo‘llarida hamda truboprovodlarda qayrilmalar aylanma shaklida o‘tkazilib, gorizontal aylanma radiusi inshootning turiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan: temir yo‘llarda minimal R q 400-200 m. Avtoyo‘llarda bu qiymat yo‘l kategoriyasiga qarab 600 dan 60 m gacha. Kanallardagi aylanma shu kanal kengligining boshlanishidan kichik bo‘lmasligi kerak. Truboprovod trassalarida Rqd1000 (d – truba diametri) ni tashkil qilishi kerak.
Trassani loyihalash uchun qilinayotgan qidiruv ishlarida ikki asosiy masala hal qilinadi:
1) Geodezik, topografik va boshqa materiallar yig‘ish (trassani o‘tkazishda kerak bo‘ladigan)
2) Tabiat resurslaridan maksimal foydalangan holda (minimal xarajat bilan) o‘tkaziladigan trassalar variantlarini tanlash. Bu ikki ishni hal qilish odatda kameral usulda olib boriladi. Trassani profilini tuzish.







