Trenerlarning rejalashtirish ishlari.Mashqlarni tanlash.

0
Trenerlarning rejalashtirish ishlari.Mashqlarni tanlash.

Trenerlarning rejalashtirish ishlari.Mashqlarni tanlash.

Trenerlarning rejalashtirish ishlari.Mashqlarni tanlash.

Rejalashtirish Aksariyat trenerlar ?zgi mavsum va dam olish kunlirini taqvim rejasida belgilangan mashg’ulotlar va mashqlarni yangi mavsumga mos ravishda qayta ishlab chiqish hamda tay?rlash haqida o’ylaydilar. Shoshiling! Biz o’tgan mavsumga, balki yaxshi g’alabalarga ega bo’lganmiz, o’tgan yilgi tay?rgarlik jara?nida yaxshi natijalarga erishganmiz.

Lekin qanday bo’lmasin dam olish vaqtlarida xa?lparastlikni chetga surib, o’z tasavvurimizni o’yinchilarda mavsum yakunida qon bosimining ortishi ?ki yurak xurujini yuzaga kelgan holatlarga qaratamiz va rejani qayta ishlash ?ki unga o’zgartirishlar kiritishda buni e’tiborga olishni esdan chiqarmaslik zarur. Yangi mavsum rejasini shakllantirishda qo’yiladigan eng yaxshi qadam – bu Sizning xuzuringizdagi trenerlar tarkibi va texnik mutaxassislar fikridan foydalanishdir. Siz o’zingizga biriktirilgan ?rdamchilaringiz ma’lumotiga tavsiyalaridan oqilona foydalanishingiz, ularga ijodiy ?ndashib, amalga tadbiq etishingiz mumkin. O’z o’yinchilaringiz haqida inson taqdiri va jamoa taqdiri nuqtai nazaridan o’ylang. Ularni o’yin haqidagi bilimi va malakasi, kamchiligi va ustivor jixatlarini baholang. Jismoniy yetukligi, emotsional holati, ruhiyati hamda o’yin uslubini o’rganing.

Mashqlarni shunday tanlangki, shug’ullanuvchi o’yinchilaringiz ularni  o’zlashtirishga tay?r bo’lishsin.

Mashqlarni tanlash Siz navbatdagi mavsumda yuksak natijaga erishishga qaratgan mashg’ulotlar dasturini aniqlashtirib olganingizdan so’ng tay?rgarlik jara?nining umumiy andozasini ishlab chiqishga

kirishishingiz lozim. Mashqlarni tanlash va ulardan foydalanish muvofiq ravishda trenerga ham,  o’yinchilarga ham moslashtirilgan bo’lmog’i darkor. Chunki trener ushbu mashqlarni qo’llashda shaxsan o’zi ham ishtirok etadi. Demak, trener ham bu borada yetarli tay?rgarlikka ega bo’lishi kerak. Trener zarur ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beradi, mashqlar shiddatini nazorat qiladi, to’p  yo’nalishlarini boshqaradi. Bunday ?ndashuv va bunday mmashqlar mavsumning o’rgatish fazasida

Takrorlov Mashqlar necha marta takrorlanishini aniqlash – bu maqsad va imkoniyatga bog’liq. Bu o’ta mushkul masala. Aksariyat trenerlar ikkita savolga qayg’urishadi: – Biz bir mavsumda mashg’ulotni necha marta takrorlaymiz (qo’llaymiz)?

– Bir mashg’ulot davomida beriladigan mashqlarni necha marta takrorlaymiz?

Shuni nazarda tutish muhimki, o’yinchilar mashg’ulotga shug’ullanish uchun va o’yin mahoratini oshirish uchun keladi. Ayrim o’yinchilar turli bahonalar bilan mashg’ulot ?ki o’yinda faol ishtirok eta olmasliklarini tushuntirishga erk qo’yadi. Bunday holatda mashg’ulot o’zining mohiyatini yo’qotadi. Ana shunday vaziyatlarga yo’l qo’ymaslik uchun Siz mashg’ulot sifati va izchilligiga  taaluqli aniq hamda qisqa qoidalarni qo’llashingiz darkor. Bu borada “Keling yana boshqatdan  boshlaymiz” taklifini taqdim etishdan yaxshi chora yo’q.

Balki o’yinchilarning “yuklama xajmi ?ki shiddat juda katta” – degan muroajatlarini tan olish o’rinli bo’ladi, lekin mashqlarni shunday  oraliq va takrorlovchi qo’llash kerakki, o’yinchi mashg’ulot yuklamasiga och bo’lsin. Ayrim  vaqtlarda ?ki imkoiyat sari zaruriyat bo’lsa, o’yinchilar iltimosini rad etmaslik lozim bo’ladi.  Lekin bugingi mashg’ulotda to’liq safarbar etilmagan energetik potentsialni ertangi mashg’ulotga  ko’chirish e’tibordan chetda qolishi kerak emas. Kundalik mashg’ulot metodlari keng miq?sli  faoliyatlarni shakllantirish choralarini o’z ichiga qamrab olishi lozim. Mashg’ulotlar xis-tuyg’uni  shunchalik o’ziga tortuvchi, kayfiyatni kshtaruvchi mazmunda o’tkazilishi muximki, o’yinchilar har kuni shug’ullanishga kelishni ich-ichidan hoxlasin.

Muallif: R.N.Ro`zmetov

Mavzular.

manba