Trikotaj buyumlarni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarni.
Trikotaj buyumlarni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarniTrikotaj – (fransuzcha «tricotage», ya’ni «tricoter» – to’qimoq) bir yokiko’plab iplarning trikotaj mashinasida hosil qilingan halqalarning o’zaro chalishishidan hosil qilingan materialdir. Boshqa to’qimachilik mahsulotlaridan farqli ravishda trikotaj barcha yo’nalishlar bo’yicha cho’ziluvchan bo’lib, shakl va o’lchamlarini o’zgartirish xususiyatiga ega.
Uning halqalardan tashkil topgan tuzilishi trikotajda yumshoqlik va g’ijimlanmaslikni ta’minlaydi. Trikotaj shuningdek sun’iy mo’yna, to’rlar va shu kabi turli mahsulotlarni ishlab chiqarishda keng qo’llanadi.Trikotaj tolaviy tarkibi, tuzilishi, pardozlash va mo’ljallanganligiga ko’ra sinflanadi.
Ishlab chiqarishda asosan paxta, jun, kimyoviy tolalardan, hamda ularning aralashmasidan foydalaniladi va bir turdagi tolalardan, aralash tolali va har xil turdagi tolalar aralashmasidan to’qiladi. Trikotaj buyumlar havo va namlikni oson o’tkazuvchanlik xossasiga ega bo’lib, ularni ishlab chiqarishda matolarga nisbatan sintetik xom ashyo ko’p qo’llanadi.
Tuzilishiga ko’ra ko’ndalang (kulirli) va tik to’qilgan, bir fonturli va ikki fonturli trikotaj farqlanadi. Ikki fonturli trikotaj qalinroq Мураккаб қавиқлар: Халқа қавиқ. Пухталама қавиқ Тугма қадаш Темирилгак, кнопкалар. va og’irroq bo’lib, ziylari buralib qolmaydi, asosan ustki kiyimlar ishlab chiqarishda qo’llanadi. Trikotaj buyumlarni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1. Kalava va iplarni to’qishga tayyorlash.2. To’qish – kalava va iplarni to’qish mashinalarida polotno, kuponlar va buyumlarga qayta ishlash. 3. Polotno, kuponlar va buyumlarni pardozlash. 4. Model eskizlari, konstruksiyasi va andozalarini ishlab chiqish. Loyihalashtirilayotgan mahsulotlarning hamma o’lchamlari uchun andozalarni ko’paytirish. Andozalar joylashmasi ishlab chiqish va mahsulot uchun polotno sarfini normalash.
5. Polotno, kuponlar, qo’shimcha materiallarni bichishga tayyorlash. Ularni bichish. 6. Tikish va tayyor mahsulotni yakuniy pardozlash. Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish. Yuqorida sanab o’tilgan texnologik bosqichlar ko’p hollarda bir korxonaning o’zida bajariladi. Lekin ba’zi korxonalar o’z bo’yash-pardozlash sexlariga ega emaslar, shuning uchun polotnoni bo’yash bilan bog’liq bo’lgan texnologik jarayonlar boshqa maxsus bo’yash korxonalarida amalga oshiriladi.
Trikotaj buyumlari detallarini biriktirishda, ularning ziylariga ishlov berishda va pardozlashda asosan ipli usuldan, shuningdek payvandlash va yyelimlab biriktirish usullaridan ham foydalaniladi. Ipli usulda turli baxya va baxyaqatorlardan iborat bo’lgan choklar qo’llanadi.
Payvand labbirik tirishda ultratovushli va yuqori chastotali usullar sintetik tolali, sun’iy va aralash tolali trikotaj polotnolaridan mahsulot ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Nuqtali usuldagi payvand choklar bilan detallar biriktirilganda, birikmaning kerakli darajadagi cho’ziluvchanligini ta’minlaydi.Payvandlov usuli yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lib, bunda ipsarfi tejaladi.
Muallif: Raximova G.P , Dushamov S. X.












