Ust kiyimda bortlarga ishlov berish.

0
Ust kiyimda bortlarga ishlov berish.

      Ust kiyimda bortlarga ishlov berish.

Ust kiyimda bortlarga ishlov berish.

Kiyim bo’laklarini turg’unlashtirish, ularning tashqi ko’rinishini va sifatini yaxshilash
uchun ularga yelimli qotirmalar yopishtiriladi.   Erkaklar pidjagining bo’laklariga yelimli qotirma yopishtirilishi tasvirlangan. Yelimli qotirmalarni pressda yopishtirish parametrlari. Ust kiyim bo’laklarini turg’unlashtirish va ba’zi foydalanish xususiyatlarini yaxshilash uchun, keyingi yillarda kiyimning ayrim bo’laklari yoki uchastkalariga to’qima yoki noto’qima materiallarga yelim qoplangan qotirmalar yopishtiriladigan bo’ladi.

Ust kiyimda bortlarga ishlov berish.Tikuvchilik korxonalarida qotirmalar yassi yostiqli maxsus presslarda yopishtiriladi. Hozirgi paytda erkaklar pidjagining bort qoplamasi ikki qavat: asosiy qotirma va qo’shimcha qotirmadan iborat bo’lib, uning qo’shimcha qotirma qavatini o’rish iplari asosiy qotirmaning iplariga nisbatan 30 yoki 75  burchak ostida bichilgan bo’ladi. Bunday qotirmani pidjakka yopishtirish va shakl berish iplari bir vaqtning o’zida bajariladi.

Pressning ostki yostig’i ustiga navbati bilan pidjakning old bo’lakavrasini, qotirma 1 ni  , bort qotirmasining asosiy qismini 2 ni, yelim qotirma 3 ni qo’yib, pressning yostig’ini yopib, old bo’lakka shakl berib, bir yo’la hamma bo’laklari bir-biri bilan yopishtiriladi. Ort bo’lakning yuqori qismiga va yeng o’mizi qo’yiladigan qotirma pidjak ipiga nisbatan 45  burchak ostida bichiladi .

Ust kiyimda bortlarga ishlov berish.Bunday qotirmayopishtirilganda ort bo’lak yelka qismi bo’ylab solqi hosil qilinmaydi va yeng o’mizi bo’ylab uqa qo’yishga xojat qolmaydi. Bort qotirmani old bo’lakka yopishtirishni boshqa II usulda   pidjakning old bo’lagi 1 ga etakni bukish chizig’iga yetqazib yelim qotirma 2 pressda yopishtiriladi. Bukish haqqiga maxsus tasma 3 yopishtiriladi. Yarim jun aralashmali bort qotirma 5 ning adip qaytarma qirqim tomoniga 20 mm kenglikdagi yelimli parcha bostirib tikiladi.

Yelka qismidagi qotirma 6 viskoz, nitron va kapron tolalaridan tayyorlangan noto’qima materialdan bo’lib, uning bir tomoniga yelim kukun qoplangan bo’ladi. Qo’shimcha qotirma 5 va 6 old bo’lakning yelka yoqao’miz va yeng o’mizlari bo’ylab universal mashinada qirqimlarini 3-5mm oraliqda baxya qator yuritib biriktiri bolinadi. Keyin presslash paytida bu bo’laklar bir-biriga yopishadi. Ikkinchi usulda esa qo’shimcha qotirma 1 qo’shimcha qotirma ya’ni (yarim jun gazlamadan yoki kleysis noto’qima gazlamadan bichilgan qotirma) 2 ustiga qo’yib yopishtiriladi.

Ust kiyimda bortlarga ishlov berish.Qo’shimcha qotirma yoqa o’mizi, yeng o’mizi, yelka qirqimlaridan 0,5 sm oraliqda baxyaqator yuritilib olinadi. Taxminan eni 2,0-2,5 sm ga teng bo’lgan yelimli tasma 3 ni qo’shimcha qotirma ustidan bostirma chok bilan tikib olamiz. Shu yopishtirilgan tasmaga parallel qilib bort qotirmasining (latskan) 0,5-1,0 sm yetkazmay qo’shimcha qotirma (bo’lak 4)yopishtiriladi.

Muallif: Raximova G.P ,Dushamov S. X.

Mavzular.

Manba