Ustki yoqani tayyorlash.
Ustki yoqani tayyorlash . Yoqaning ko’riniShini yaxShilaSh va sifatli qiliSh uchun ustki yoqaning uchlariga pressda qo’Shimcha yelimli qotirma qo’yiladi . Ustki yoqalarning ko’tarmasi ko’pincha alohida bichiladi. Ular siniq baxyaqatorli yoki universal mashinada kengligi 0,7 sm. chok bilan ulanadi. Chok haqini ko’tarma tomonga qayirib, chokdan 0,2 sm. naridan bostirib tikiladi .
Ustki yoqani ostki yoqaga ulash Ustki yoqa ostki yoqaga 2 xil usul bilan ulaniShi mumkin: tikib yoki yelimlab. Tikib ulaSh qaytarmaning cheti bo’ylab buklama yoki ag’darma chok hosil qilib ulanadi. 1usul: Ustki yoki ostki yoqaga uning qaytarmasi bo’ylab chetlarini buklab, kengligi 1 sm. chok bilan siniq baxya qatorli mashinada bostirib tikiladi . Ustki yoqadan hosil bo’lgan burchak ag’darib to’g’rilanadi.
Ustki yoqani tayyorlash.Tikilmay qolgan yon qirqimlari ostki yoqa o’ngiga bostirib tikiladi. Ustki yoqa ostki yoqaga uning qaytarmaeh[ bo’ylab chetlarini buklab, kengligi 1 sm. chok bilan si»‘ niq baxyaqatorli maShinada bostirib tikiladi. Ustki yoqa ostki yoqa qirqimi atrofidan zich aylantirib o’tkazib, qaytarma ziyi bo’ylab ko’klanadi. Yoqa presslanadi. 2usul: Yoqa ag’darma chok bilan tikiladigan bo’lsa ostki yoqaga andaza yordamida ag’darma chok joylari belgilanadi va 206 kl. PMZ maShinasida 0,7 sm. kenglikda, ostki yoqaning burchaklarida solqi hosil qilib, ag’darma chok solib tikiladi. Yoqa o’ngiga ag’darilib, uchlari to’g’rilanadi.
Ustki yoqani tayyorlash.Ustki yoqalarga ostki yoqani ulaSh usullari. di, ustki yoqadan 2 mm. kant hosil qilib, ostki yoqa tomondan maxsus 2222 kl. maShinasida ko’klanadi va dazmollanadi. Bezak choki yoqa o’mizga ulangandan keyin yuritiladi. Qalin g’azlamadan tikiladigan bezak chokisyz yoqalarni tikiShda ag’darma chok yoniga yelim plyonka yopiShtiriladi. Chok haqi Shu plyonka yordamida ostki yoqa qotirmasiga yopiShtiriladi, yoki ag’darma chok yorib dazmollanib, yoqa o’ng tomonga ag’dariladida ag’darma chok ostki yoqa qaytarmasiga bostirib tikiladi.Yoqani maxsus apparatda yelimlab ulash mumkin.
Ustki yoqa asosiy gazlamadan, ostki yoqa bir tomoni yelim kukuni qoplangan filtstsan, qotirma esa yelim qoplanmagan gazlamadan tayyorlanadi. Bunda ustki yoqa qaytarmasi va yon chetlari buklanib, unga yelimli filts bilan, yeldmsiz qotirma press yordamida ulanadi.
Yoqani o’mizga o’tkazish Yoqa o’mizga biriktirma yoki quyma chok bilan o’tkaziladi.
Yoqani yoqa o’miziga biriktirma chok bilan ulaSh Biriktirma chok bilan ulaSh ko’pincha, ayollar va qiz bolalar kiyimida qo’llaniladi.
Muallif: Raximova G.P ,Dushamov S. X.





