Uvaysiy chistonlarida ma’rifatparvarlik g`oyalari.

0
Uvaysiy chistonlarida ma’rifatparvarlik g`oyalari.

Uvaysiy chistonlarida ma’rifatparvarlik g`oyalari.

Uvaysiy chistonlarida ma’rifatparvarlik g`oyalari.

Jahon otin Uvaysiy (1789-1850) zamonasining peshqadam ziyolilari mulla Siddiq va Chinni otinlar xonadonida tug‘ilib tarbiya ko‘rganidan yoshligidayoq she’riyatga va maktabdorlikka havas qo‘ydi. Otasi mulla Siddiq madrasani xatm qilgan. Fors-tojik va o‘zbek tillarida she’rlar yozgan. Qur’oni karimni qiyomiga yetkazib qiroat qilganligidan eli uni Hofiz bobo deb e’zozlagan. Onasi Chinni otin ham xat-savodli bo‘lib, maktabdorlik qilgan, qiziga ham yozish va o‘qitishni yoshligidayoq o‘rgatgan. Hatto ba’zi hollarda o‘zi yumush bilan band bo‘lgan kezlarda qiziga xalifalik xizmatini buyurgan. Jahon ana shunday vaziyatda otinlik tajribasini to‘plagan va maktabdorlik hadisini o‘zlashtirib borgan. Xuddi shu faoliyati tufayli elga tanilgan, maktabdorligiga shoiraligi qo‘shilib, Qo‘qon xonligimuzofotida shuhrat qozongan, hatto dovrug‘i Umarxon saroyigacha yetib borgan. Bu hol uni ulkan shoira Nodira bilan yaqinlashuviga yo‘l ochgan.

Uvaysiy eri vafotidan so‘ng Nodira taklifi bilan Qo‘qonga kelgan.

  1. Valixonovning shahodaticha, “dastlabki paytlarda shoira haramda yashadi. U haramda “ikki qo‘lini qovushtirib” o‘tirmaydi, balki Nodiraga yaqin kishi bo‘lishidan tashqari, haramdagi qizlar-kanizaklar orasida xat-savod o‘rgatish bilan, ham ilmi musiqiyning amaliy jihatlaridan ta’lim berish bilan shug‘ullandi. Shoira asira shogirdlari qismatiga achinarkan, ularni loaqal jamiyatdagi ana shu mavqelari mohiyatini mulohaza qilib ko‘rishga undabshu asosda ijtimoiy onglarini uyg‘otishni ko‘zlab bir qator chistonlar yozadi.

U shogirdlarini mustaqil o‘ylay bilishga, narsa va hodisalarni belgilariga qarab ajrata olish malakalarining shakllanishiga, sezgir va topqir bo‘lishlariga erishmoq yo‘lida izlanarkan, rang-barang mavzularda chistonlar bitib, ta’lim mazmundorligini chuqurlashtiradi, samaradorligini oshiradiki, bu uning maktabdorlik faoliyatida izlanganligini, qolaversa, eski maktablarda o‘z zamonasidagi ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘lida ayrim islohotlarni amalga oshira olganligini ko‘rsatadi.

Buni uning chistonlarni yechish jarayonida o‘z shogirdlarida ijtimoiy mushohada va mulohaza yuritish iqtidorini shakllantirishdan iborat niyatida ko‘rish mumkin. Chunonchi, uning anorga bag‘ishlangan chistoni bu jihatdan alohida ahamiyatga ega.Shoira bu chistonni yaratishda Alisher Navoiyning shu nomdagi lug‘zidan ijobiy ilhomlangan, deyish mumkin. “Badoye’ ul bidoya” devoniga kiritilgan bu lug‘z shoirning yoshligi davrida bitilgan:

Ne mijmardur, to‘la axgar, vale ul mijmar andomi.

Erur sun’ ilgidin gohe musaddas, gah musamman ham. Chiqar ravzandin axgari dudiyu bu turfakim, oning O‘tiga dud yo‘qtur, mujmarig‘a balki ravzan ham.

Otu mijmar dema, bor ul sadafkim, durlarin oning Evurdi qonga davroni mus’habid, charxi purfan ham. Agar bu nav’ emas, bas ne uchun barmoq kuchi birla Bo‘shar jismi, oqar qoni, anga majruh o‘lib tan ham.

Nechakim tab’i noridur va lekin me’da norig‘a Berur taskin, muning naf’in topibman voqian man ham.

E’tibor qilinsa, lug‘zda dastlab anorning tashqi va ichki ko‘rinishi tasvirlangan. Ya’ni, anor bamisoli “mijmar”-manqalday bo‘lib, ichi “to‘la axgar”-cho‘g‘. Shakli goho “musaddas”-olti qirrali, goho “musamman”-sakkiz qirrali. Manqallar ham odatda olti yo sakkiz qirrali shaklga ega holatda yasalgan. Biroq bu shunday bir manqalki, laxcha cho‘g‘ining tutuni va shu tutun chiqadigan «ravzan»i -tuynugi yo‘q.

Uvaysiy ustozidan farqli o‘laroq,anorni yashirarkan, unga to‘rt satrda tavsif beradi: u anorni gumbazga o‘xshatadi. Biroq bu shunday bir gumbazki, uning «eshigi, tuynugi» yo‘q, lekin ichida”gulgunpo‘sh qizlar”-anor donalari makon tutgan:

Ul na gumbazdir, eshigi, tuynugidan yo‘q nishon, Necha gulgun, po‘sh qizlar manzil aylabdur, makon. Sindurib gumbazni qizlar holidan olsam xabar, Yuzlarida parda tortig‘liq, turarlar bag‘ri qon.

Shoira talqinicha, gumbaz-zulm haddan kuchaygan Qo‘qon xonligi mulki. Gulgunpo‘sh qizlar anor donalari yanglig‘ bag‘ri qonga aylangan va o‘sha mulkda hukmron feodal munosabatlar asoratidan ezilgan xotin-qizlarning umumlashma obrazi. Ularning “yuzlariga parda tortilgan”-anor donalari ustidagi parda shunga ishora. Shoir ana shu “gumbazni sindirib”, ular holidan xabar olmoq zarurligini uqdirayotir. Bu shoiraning ulug‘ jasorati ifodasi.

Bu chiston yechimini adabiyotshunoslar turlicha sharhlashgan. Chunonchi, E.Ibrohimova yozadi: “To‘rt misraga sig‘dirilgan katta mazmunga anor ta’rifinigina emas, balki to‘rt devor orasida ovoz chiqara olmasdan faryod qilayotgan, qavat-qavat niqob orasida yorug‘ olamni ko‘rish imkoniyatidan mahrum etilgan millionlab mahzuma, munglig‘ ayollarning hayoti, taqdiri mujassamlashtirilgan.

Bu yuzlariga parda tutgan bag‘ri qonlar nidosi, noroziligi ifodasidir. Bunda shoiraning tutqunlikka qaratilgan, g‘azabli isyoni mazmuni ham bor. Chunki xotin-qizlar ozodligi, erki haqida so‘z bo‘lishi mumkin bo‘lmagan zamon ayoli–Uvaysiy mustahkam  istehkomga (gumbaz) qamalgan qizlarning qora parda ortidagi qora taqdirini qoralaydi. Asar majoziy tasvirning yorqin namunasi ham bo‘la oladi.

I.Haqqul esa, uning ijtimoiy-estetik mohiyatini yanada teranroq izohlab: “Eshik tuynugi, nishonasiz gumbaz–bu dahr, toza havolari surib olingan jamiyat. Inson farzandini qullikka mahkum etgan, mute yashashga majburan ko‘niktiruvchi feodal tuzum qafaslari.

Shoirani shular ichidagi “gulgunpo‘sh qizlar”-ayol huquqsizligi azobga soladi. She’rdagi “sindirib” so‘zi-belgili so‘z. Uvaysiy nega aynan shu so‘zni qo‘llagan? Har jihatdan buning sabablarini izohlash qiyin. Lekin bir narsa aniq; u “sindirib”da qay zaylda bo‘lmasin, parchalanishga mahkum jamiyat tartib va qoidalariga o‘zining keskin munosabatini singdirgan. “Yuzlariga parda tortig‘liq, turarlar bagri qon”–o‘tmishdagi xotin-qizlarning ham tashqi, ham ichki holatini bundan aniq, bundan chuqur ifoda etgan satr o‘zbek she’riyati tarixida kamdan-kam topilsa kerak”, – degan edi.Bufikrlarning to‘g‘riligini abjad hisobi asosida yechiladigan va “g‘am haddin oshti” iborasini yashirgan tubandagi chistoni ham tasdiqlaydi:

Yolg‘izimda uchradi: ul dev edi yoki pari,

Ming boshi qirq ergashi bor, yona sakkiz navkari. Holga kelmas, butni taqmas, barchasi jallodvash, To‘rti chorlab, o‘nu ellik, menga yuzlandi bari. Birining qo‘lida uch yuz xanjaru to‘rt yuz pichoq, O‘nining og‘zida buldur: “Pora kil!-“ deb gaplari .

“Abjad” harflar yig‘masi hosilasi, arab alifbosida an’anaga ko‘ra har bir harf bir raqam (son) qiymatiga ega.Yuqoridagi chistonning yechimi: “g‘am haddinoshti!” iborasini beradi. Shoira bu iborani chistonda aks ettirib, o‘zi yashagan ijtimoiy muhitdan noroziligini yorqin ifoda etgan, ayni choqda, o‘zshogirdlariga ijtimoiy tengsizlikdan saboq berib, ular ongini uyg‘otishni, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashlarini shakllantirishni ko‘zlagan.

Shoirningqalam,qog‘oz,kamar,o‘qloq,dutor,sham,ko‘ylak,qaychisingari predmetlar, uyqu, yong‘oq, makkajo‘xori, daraxt, qizil gul, bog‘, xok (tuproq), choy, chakas, kaklik, ko‘z, to‘y, jon, suv, muhabbat, tun va kunga oidchistonlari ham abjad hisobi asosida yechiladi:

Bog‘ oralab bir gule ko‘rdim, ajoyib nogahon, Yuz tani bor, yetti shoxi, o‘n butoq bo‘lmish ayon. Yoprog‘i o‘ttiz,yigirma bandi, o‘ttiz ildizi, Ey Falotun, tab’ olim, aylagaysen imtihon.

Yechimi abjad hisobi bo‘yicha”qizil gul” iborasini ifodalaydi.

Shoira bolalarda o‘quv qurollariga havas uyg‘otmoq va ularni sarishta-saranjom hamda ozoda tutmoqlarini ko‘zlab, “qalam” va “qog‘oz” haqida shunday chistonlar yaratgan:

Ul na qushdur:boshi yuzdir, qo‘lga olsang xosiyat, Oning o‘ttizdir qanoti, yurmagidur ofiyat, Poyi qirq, abjad hisobi anda ermish bandi bog‘.

Banddin aylang xalos ul qushni, qilmang qabziyat.

Yoki:

Ul na shahredur, yigirma bob, bir bozori bor, Bulbuli mingdur, ajoyib yetti gulzori bor? Yona vasfi shahri Rumdur, xindular tutmish vatan, Tashna sursa, bog‘i abjaddin chiqqan anhori bor.

Harflar jamlanganda “qog‘oz” so‘zi kelib chiqadi.

Uvaysiy ellikka yaqin chiston yaratgan, shulardan o‘n sakkiztasi shoiraning turli to‘plamlari va ayrim tadqiqotlarda e’lon qilingan. Chistonlar xilma-xil mavzularda bo‘lib, xalq ijodiyotiga xos topishmoq hodisasidan ijodiy ta’sirlanish samarasi sifatida ijod qilingan. Shoira bu xizmati bilan XIX asr o‘zbek mumtoz adabiyotining janriy arsenalini boyitdi.

Anbar otinning (1870-1915) “Yakka bayt”lari ham alifbe-manzumaning o‘ziga xos namunasidir.

Bu asar muallifi avlodlarga o‘zini shunday tanishtiradi: “Zamonani norasoligi va xalq ko‘rgan zulmu taaddilarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, mushohada etib, el va yurt holig‘a yig‘lagan va quvvati yetganicha nafis til ila munojot qilg‘on kamina zaifai munglig‘ Anbaroy binni Farmonqul Marg‘iloniydurman”.

U arab harflari ifodalagan tovushlarni idrok etishni qulaylashtirishni ko‘zlovchi to‘rtlik, oltilik, sakkizlik va o‘nlik shaklidagi poetik tizmalar bo‘lib, qofiyalanuvchi so‘zlarning oxirgi hijosida muntazam takrorlanib kelishi ritmik bir butunlikni ta’minlab kelgan, bunga g‘oyaviy-axloqiy ruhi qo‘shilib, asarning kompozitsion yaxlitligiga erishilgan.

Odam ersang ma’ni bil dona-dona,

Vatan erur senga ikkinchi ona So‘zlamasdan oldin so‘zingni sina

Har bir so‘zdir umring ichinda sina .

Shoira birato‘la odamiylikning to‘rt fazilatini ta’kidlayotir: birinchisi-odamiylikning bosh fazilati bama’niligida, farosatliligida. Aksincha,bema’nilik va farosatsizlikodamiylikka zid xislatlar. Ikkinchisi-Vatanni ikkinchi ona o‘rnida idrok etish, uni chin dildan sevish muhofazasiga fidoyi bo‘lishga shaylik ham odamiylikning ziynati. Uchinchiso‘zni amaliyotda isbotlash va to‘rtinchi-so‘zda sobitlik, bular bari bir-birini to‘ldiruvchi axloqiy mezonlar bo‘lib, odamiylik tushunchasini mohiyatan ochishga xizmat qilgan. Harfdan- harfga o‘tgan sayin, shoira odamiylikning yangidan-yangi axloqiy jilolarini namoyish eta boradi.

“B” tovushi jilosidan odam adabiga zeb beruvchi axloqiy qarashini shunday tovlantiradi:

Ulg‘ayursan sanda bor o‘lsa adab, Ulg‘ayursan sanda yor o‘lsa adab.

Odam ersang, tashqi surat berma zeb, Ona yurtingni hamisha ayla zeb.

Shoira tashqi ko‘rkka oro berish odamiylikka kirmasligini, ichki go‘zallikning afzalligini, Vatanni obod qilish chinakam insoniy burchligini shu yo‘sinda ta’kidlayotir. “B” tovushi bahonasida shu g‘oyani umumjahoniy darajaga ko‘taradi. Dunyoda yaxshi nom qoldirish uchun yaxshi ishlar qilish zarurliginiuqtiradi:

Shu tariqa, g‘oyaviy-badiiy barkamol alifbe-manzuma namunasini yaratib, el farzandlarining tezroq xat-savod egallashlariga munosib hissa qo‘shgan. Binobarin, bunday alifbe-manzumalar XX asrda bolalar she’riyatida yuzaga kelgan alifbe she’rlar-abitsedariylar uchun an’anaviy zamin vazifasini o‘taganligi bilan ham qimmatlidir.

Mavzular.

manba