Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati.
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati. Ijro etuvchi apparat respublika Hukumati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora- tadbirlarni ishlab chiqadi hamda tizimli ravishda ijroni nazorat qiladi.
Ijro etuvchi apparat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Ijro etuvchi apparat unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Ijro etuvchi apparatning vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida,
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga berilgan vakolatlar amalga oshirilishini ta’minlash;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish,
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasining, tarkibiy va institutsional qayta
o‘zgartirishlarning, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijrosining tizimli
monitoringini olib borish;
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini
yanada chuqurlashtirishni, tadbirkorlikni keng rivojlantirishni, hududlarni kompleks
rivojlantirishni ta’minlaydigan, shuningdek iqtisodiyotni barqaror sur’atda o‘stirishga,
aholi bandligi va turmush darajasini izchil oshirishga yo‘naltirilgan eng muhim ustuvor
vazifalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
markaziy iqtisodiyot idoralarini va ularning hududiy organlarini, mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlarini jalb etgan holda davlat dasturlari, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari
va mamlakat hududlarida iqtisodiy, ijtimoiy va ma’muriy islohotlar borishining tizimli
tahlilini tashkil qilish;
investitsiya dasturi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik
jihatdan yangilash va texnologik qayta jihozlash va mahalliylashtirish dasturlarining
amalga oshirilishi ustidan monitoring tizimini yaratish;
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va uning iqtisodiy xavfsizligidan kelib chiqib, respublikaning xorijiy davlatlar, davlatlarning mintaqaviy birlashmalari,
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni
yanada rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va respublikaning eksport
salohiyatini oshirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy hamkorligi bo‘yicha ustuvor vazifalar
yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
qabul qilinayotgan qarorlarning iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga, hududlarga va
umuman mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qisqa muddatli va uzoq muddatli
ta’sirini kompleks baholashni o‘z ichiga oladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalari har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertiza
qilinishini ta’minlash;
rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyatining barcha darajalarida O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,
Hukumat qarorlari bajarilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash.
Ijro etuvchi apparat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonunlarda va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida va topshiriqlarida O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatiga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni
ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning
o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy ma’lumotnoma, statistik materiallar
va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish talab qilinadigan masalalarni har tomonlama ishlab
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan
respublika Hukumatiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, xalqaro shartnomalar
va respublika Hukumatida ko‘rib chiqish talab qilinadigan boshqa hujjatlar loyihalarini
kiritishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari bajarilishini
ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan va
respublika Hukumati tomonidan qabul qilinadigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy
ekspertizadan o‘tkazadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa
organlar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari
bajarilishi ustidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash
yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal qilish va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek
respublika hududlarini dinamik rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalarni amalga
oshirish yuzasidan takliflar va aniq (oldini oluvchi) chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlariga va Bosh vazirga taqdim etadi;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga
oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi bo‘yicha tegishli
tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
respublika Hukumati va uning Rayosati majlislarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari ishtirokidagi
yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga
oshirilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari, kengashlari va boshqa
ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning
bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
respublika Hukumatining qonun loyihalarini tayyorlash rejalarini ishlab chiqadi va amalga
oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun
hujjatlari loyihalari va boshqa masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shuningdek ularni yalpi
majlislarda muhokama qilish va qabul qilishda qatnashadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
yo‘llangan murojaatlarini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq ko‘rib chiqadi;
maxfiylik rejimini, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;
jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risida belgilangan
tartibda xabardor qilinishini tashkil etadi;
Ijro etuvchi apparat O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, shuningdek
respublika Hukumatining qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Ijro etuvchi apparatning tuzilmasiga Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va uning o‘rinbosari, Ijro etuvchi apparatning tarkibiy bo‘linmalari – mamlakat iqtisodiyotining muhim komplekslari, tarmoqlar va sohalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlarining apparatlari, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarining kotibiyatlari, Huquqiy ekspertiza va Axborot-tahlil departamentlari tarkibida sho‘balar, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi tarkibida esa bo‘limlar tashkil etiladi. Ijro etuvchi apparat tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi o‘z mavqei, moddiy ta’minoti; ijtimoiy-maishiy, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga tenglashtiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi asosiy vakolat va vazifalari:
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati faoliyatini tashkil etadi va ijro etuvchi apparatga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari loyihalari ekspertizasi hamda sifatli tayyorlanishini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari bilan yaqin hamkorlikda bo‘ladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini, tahliliy
materiallarni chuqur va sifatli tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari loyihalarini har tomonlama
ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil
departamentlari faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalari va Hukumatda ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan
boshqa hujjatlarning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga kiritilishida ijro etuvchi organlar
tomonidan belgilangan reglament talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga
oshiradi;
ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijrochilik intizomini mustahkamlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi apparatining unga bevosita bo‘ysunuvchi
tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, Bosh vazir Kotibiyati va Bosh vazirning
o‘rinbosarlari kotibiyatlari ishini muvofiqlashtiradi; Hukumat qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.






