Voleybol bo`yicha Osiyo va Jahon chempionatlari, Olimpiya o`yinlari va ushbu musobaqalarda jamoalarning o`rni.

0
oleybol bo`yicha Osiyo va Jahon chempionatlari, Olimpiya o`yinlari va ushbu musobaqalarda jamoalarning o`rni.

oleybol bo`yicha Osiyo va Jahon chempionatlari, Olimpiya o`yinlari va ushbu musobaqalarda jamoalarning o`rni.

Voleybol bo`yicha Osiyo va Jahon chempionatlari, Olimpiya o`yinlari va ushbu musobaqalarda jamoalarning o`rni.

1926-yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar o‘tkazildi. 1927-yildan voleybol bo‘yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda o‘tkazila boshladi.

Voleybol bo‘yicha ilk adabiyot 1926-yilda paydo bo‘ldi va u «Voleybol va mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.V.Sisoyev va A.A.Marku edi.

Shu yillarda voleybol faqatgina Moskvada emas, balki Ukrainada, Shimoliy Kavkazda, Kavkazortida, Uzoq Sharq va O‘rta Volga o‘lkalarida ham keng tarqaldi.

1928-yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi.

Voleybol taraqqiyotida maktab o‘quvchilarining spartakiadasi ham (1929) katta ahamiyatga ega

edi. Bu spartakiada qatnashchilaridan ko‘pchiligi keyinchalik voleybol ustalari bo‘lib yetishdilar.

Shaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning paydo bo‘lishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga, o‘yinchilar jismoniy tayyorgarligining o‘sishiga olib keldi. Shu davrda o‘yinchilar maydonga to‘pni kuch bilan kiritish, aldov zarbalari usullarini keng qo‘llay boshladilar, uzatish texnikasiga e’tibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib o‘yin tezkor, shiddatli bo‘la boshladi, natijada o‘yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi.

Voleybolning ommaviy rivojlanishi va keng targ‘ib qilinishida ko‘pgina madaniyat va istirohat bog‘larining maydonchalarida o‘tkazilgan musobaqalar katta ahamiyatga ega edi.

30-yillarda Olmoniyada (Germaniya) «Voleybol – rus halq o‘yini» deb nomlangan voleybol

bo‘yicha musobaqa qoidalari kitobcha holida chop etildi.

Turli Shaharlarning eng kuchli jamoalari orasida birinchiliklar o‘tkazilib turildi. 1931-yilda Xarkovda Moskva, Dnepropetrovsk va maydon egalarining erkak va ayollar jamoalari uchrashdilar. Moskvalik ayollar g‘olib chiqdilar, har uchala erkaklar jamoasi bittadan mag‘lubiyat va g‘alabaga ega bo‘ldilar. Bu uchrashuvlar «tez sur’atli» o‘yinning ahamiyati ancha ortganligini ta’kidladi.

1932-yildan voleybol barcha nufuzli sport musobaqalarining dasturiga teng huquqli sport turi sifatida kiritildi. Shu sababdan voleybol bo‘yicha mamlakat musobaqalarining har yili muntazam o‘tkazib turilishi haqidagi masala ko‘tarildi.

Voleybol bo‘yicha «Ittifoq» birinchiligi ilk bora Rossiyaning Dnepropetrovsk Shahrida 1933yilning 4–6-aprelida bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda ayollar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Baku, Minsk) va 5 ta erkaklar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Tiflis, Minsk) ishtirok etdi. Aylanma tartibda o‘tkazilgan o‘yinlar ko‘p sonli tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi. Qiziqarlisi, birinchilik tugagach, moskvalik aralaish jamoalarning ko‘rgazmali o‘yinlari o‘tkazildi. Har bir jamoa tarkibida 3 ayol va 3 erkak bor edi.

Voleybol bo‘yicha «Ittifoq» ikkinchi birinchiligi 1934-yilda Moskvada o‘tkazildi. Unda tarkibida 9 kishilik ayollar va erkaklar jamoalari qatnashdilar. Mamlakat maydonida endi Leningrad, Sverdlovsk, Gorkiy, Rostov, Toshkent jamoalari paydo bo‘ldi. Shu yilning oxiridayoq Moskva terma jamoasi Uzoq Sharq safariga chiqib, Vladivostok, Chita, Ulan-Ude, Novosibirsk va Tyumenda ko‘rgazmali uchrashuvlar o‘tkazdilar. Bu esa, Shubhasiz voleybolning Uzoq Sharq va O‘rta Osiyoda keng tarqalishiga Sharoit Yaratdi.

Yoshlar orasida voleybolni ommalaishishiga qattiq turtki bo‘lgan hodisa 1935-yilning avgustida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilarining «Butunittifoq» birinchiligi hisoblanadi. 12 Shahar va viloyat jamoalari ishtirok etgan bu musobaqalarning birinchi bosqichi chiqib ketish tartibida, Yakunlovchi (final) o‘yinlar esa aylanma tartibda o‘tkazildi. Har bir Shahar jamoasi uchun uch jamoa: katta va kichik Yoshdagi yigitlar hamda katta Yoshdagi qizlar qatnashdi.

1935-yil o‘yinchilarning halqaro uchrashuvlarda birinchi bor kuch sinaishib ko‘rganligi tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Toshkentda va Moskvada voleybolchilarimizning Afg‘oniston jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin afg‘on qoidalari asosida o‘tkazilganligiga qaramay (jamoada 9 o‘yinchi bor edi, o‘yin 22 ochkogacha davom etdi, o‘yinchilar maydonda joy almashmadilar) mamlakat voleybolchilari osongina g‘oliblikka erishdilar.

1936-yilning eng ommaviy o‘yinlaridan biri VSSPS Kubogi uchun 100 dan ortiq jamoa bilan o‘tgan musobaqalar bo‘ldi. Kubokni Moskvaning ayollar va erkaklar jamoasi «Medik» qo‘lga kiritdi.

Voleybolning texnika va taktikasigina emas, musobaqa qoidalari ham o‘zgarishda davom etdi, ya’ni 1935-yilda erkaklar uchun to‘rning balandligi 2 m 45 sm ga ko‘tarildi, 1937-yildan esa ayollar uchun to‘rning balandligi  2 m 25 sm bo‘ldi. Maydonchada hujum chizig‘i belgilandi va old hamda orqa chiziq o‘yinchilari degan tushuncha paydo bo‘ldi, bu esa alohida o‘yin ixlosmandlarining harakatlarini chegaralab qo‘ydi. Shu yildayoq o‘yinga to‘p kiritish joyi maydonchaning orqa va o‘ng qismidan 3 m qilib belgilandi. Sababidan qat’i nazar, o‘yinchilarni almashtirishga ruxsat berildi (ilgari almashtirishga faqat baxtsiz hodisalardan keyin yo‘l berilardi).

1938-yilda «Ittifoq» birinchiliklarini o‘tkazish qoidalarida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu

yilning birinchiliklari yozgi maydonlarda sport jamiyatlari jamoalari orasida o‘tkazildi. Dastlabki o‘yinlar «Ittifoqning» turli Shaharlarida o‘tdi, Yakuniy o‘yin esa Moskvada bo‘ldi. Birinchilik ko‘pgina yangi jamoalarni o‘ziga jalb etdi va hamma yerda voleybol taraqqiyotiga jonlanish olib kirdi.

Murabbiylar va o‘yinchilarning texnika va taktika sohasidagi izlanishlari davom etaverdi. Hujumning ahamiyati ortib borayotganligi bilan bog‘liq ravishda jamoalarni 6 nafar hujumchidan iborat qilib Shakllantirishga urinishlar bo‘ldi. O‘yinga yon tomon bilan kuchli to‘p kiritish katta ahamiyat kasb etdi. Yakka to‘siq qo‘yish sifatini oshirgan holda ayrim jamoalar guruh bo‘lib to‘siq qo‘yishga o‘tdilar.

Ikkinchi jahon urushi ko‘pgina mamlakatlarda  voleybolning taraqqiyotini to‘xtatib qo‘ydi. Ko‘pgina sportchilar frontga ketdilar. Ammo joylarda sport hayoti butunlay «to‘xtab» qolgani yo‘q. Bu davrda voleybol harbiy qismlarga kirib bordi. 1943-yildayoq front orqasidagi voleybol maydonchalariga “jon” kirdi. Shu yili Moskva va boshqa Shaharlarning birinchiliklari o‘tkazildi. 1945-yilda voleybol bo‘yicha musobaqalar Moskva, Leningrad, Boku, Tbilisi Shaharlarida bo‘lib o‘tdi. To‘garaklarda o‘quvmashg‘ulot ishlari muntazam ravishda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Yetakchi mutaxassislar urushgacha bo‘lgan davr tajribasini umumlaishtirdilar. Jamoaning hujumchilik harakatlarini jadal amalga oshirishga katta e’tibor berildi.

Texnika va taktikada keskin o‘zgarishlar bo‘ldi – birinchi to‘p uzatish yoki birinchi uzatilgan to‘pdan hujum qilish keng qo‘llana boshladi. Guruhli to‘siq qo‘yish, kuchli to‘p kiritishlarning kam ishlatilishini esa asosiy kamchiliklar qatoriga kiritish mumkin.

1947-yili «Ittifoq» terma jamoasi halqaro doiraga chiqishi bilan diqqatga sazovor bo‘ldi. Pragada bo‘lgan demokratik Yoshlarning birinchi Halqaro festivalida voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi va ularda Chexoslovakiyaning Yosh jamoasi, Yugoslaviya hamda Leningrad terma jamoalari qatnashdi. Chexoslovakiya terma jamoasi uchrashuvda qattiq Qarshilikka duch keldi. «Ittifoq» voleybolchilari Shu uchrashuvda ustun chiqdilar va demokratik Yoshlarning Halqaro festivali g‘olibi bo‘ldilar. Chexlar bilan bo‘lgan uchrashuvda terma «voleybolchilari» birinchi bor «Shamsimon» to‘p kiritish vaziyatiga to‘qnaish keldilar.

Shu yili Parijda halqaro voleybol federatsiyasi ta’sis etildi (FIVB). FIVBning birinchi prezidenti Pol Libo. 1984-yilda uning o‘rnini Roben Akosta egalladi va deYarli 2008-yilgacha Shu lavozimda faoliyat ko‘rsatdi.

1948-yilda «Ittifoq» voleybol Sho‘basi Halqaro voleybol Federatsiyasi (FIVB) a’zoligiga qabul

qilindi.

Shu yilni sentyabr oyida Pragada erkaklar jamoalari orasidagi birinchi jahon birinchiligi va

ayollar jamoalari o‘rtasidagi birinchi Yevropa birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Bunday yirik musobaqalar «Ittifoq voleybolchilari» uchun katta tayyorgarlik bo‘lib, BudapEshtda o‘tgan demokratik Yoshlarning ikkinchi Halqaro festivalida qatnashish uchun xizmat qildi. Erkaklar o‘rtasida ikkinchi jahon birinchiligini va ayollar o‘rtasidagi birinchi jahon birinchiligini 1952-yili Moskvada o‘tkazishga qaror qilindi. Musobaqalar ko‘p sonli tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi. Omad yana «Ittifoq» jamoalariga kulib boqdi.

Keyingi yillarda rasmiy halqaro musobaqalarda terma jamoalar natijasi keskin pasayib ketdi. 1955-yilda Buxarestda o‘tkazilgan Yevropa birinchiligida «Ittifoq» voleybolchilari bor-yo‘g‘i to‘rtinchi o‘rinni egalladilar, ayollar esa birinchi o‘rinni chexlarga bo‘Shatib berdilar. 1956-yilda Parijda o‘tkazilgan jahon birinchiligida «Ittifoq» ayollar terma jamoasi ikkinchi marta g‘olib degan nomni olishga muvaffaq bo‘ldi, erkaklar jamoasi esa oldinga Chexoslovakiya va Ruminiya jamoalarini o‘tkazib yubordi. 1958-yilda Pragada bo‘lgan Yevropa birinchiligi halqaro doiradagi kuchli munosabatni o‘zgartira olmadi.

OLIMPIADA O‘YINLARI

    Erkaklar  
T/r Yil O‘tkazilgan joyi I o‘rin II o‘rin III o‘rin
1. 1964 Tokio SSSR Chexoslovakiya Yaponiya
2. 1968 Mexiko SSSR Yaponiya Chexoslovakiya
3. 1972 Myunxen Yaponiya GDR SSSR
4. 1976 Monreal’ Polsha SSSR Kuba
5. 1980 Moskva SSSR Bolgariya Ruminiya
6. 1984 Los-Anjeles AQSH Braziliya Italiya
7. 1988 Seul AQSH SSSR Argentina
8. 1992 Barselona Braziliya Gollandiya AQSH
9. 1996 Atlanta Gollandiya Italiya Yugoslaviya
10. 2000 Sidney Yugoslaviya Rossiya Italiya
11. 2004 Afina Braziliya Italiya Rossiya
12. 2008 Pekin AQSH Braziliya Rossiya
13. 2012 London Rossiya Braziliya Italiya
14. 2016 Rio de Jenero Braziliya Italiya AQSH
    Ayollar  
1. 1964 Tokio Yaponiya SSSR Polsha
2. 1968 Mexiko SSSR Yaponiya Polsha
3. 1972 Myunxen SSSR Yaponiya KXDR
4. 1976 Monreal’ Yaponiya SSSR Janubiy Koreya
5. 1980 Moskva SSSR GDR Bolgariya
6. 1984 Los-Anjeles KXR AQSH Yaponiya
7. 1988 Seul SSSR Peru KXR
8. 1992 Barselona Kuba MDH AQSH
9. 1996 Atlanta Kuba KXR Braziliya
10. 2000 Sidney Kuba Rossiya Braziliya
11. 2004 Afina KXR Rossiya Braziliya
12. 2008 Pekin Braziliya AQSH KXR
13. 2012 London  Braziliya AQSH Yaponiya
14. 2016 Rio de Jenero Xitoy Serbiya AQSH

2-jadval

JAHON  CHEMPIONATLARI

Erkaklar
Yil O‘tkazilgan joyi I o‘rin II o‘rin III o‘rin
1. 1949 Praga, Chexoslovakiya SSSR Chexoslovakiya Bolgariya
2. 1952 Moskva, SSSR SSSR Chexoslovakiya Bolgariya
3. 1956 Parij, Fransiya Chexoslovakiya Ruminiya SSSR
4. 1960 Rio-de-Janeyro, Braziliya SSSR Chexoslovakiya Ruminiya
5. 1962 Moskva, SSSR SSSR Chexoslovakiya Ruminiya
6. 1966 Praga, Chexoslovakiya Chexoslovakiya Ruminiya SSSR
7. 1970 Sofiya, Bolgariya Germaniya Bolgariya Yaponiya
8. 1974 Mexiko, Meksika Pol’Sha SSSR Yaponiya
9. 1978 Rim, Italiya SSSR Italiya Kuba
10. 1982 Buenos-Ayres, Argentina SSSR Braziliya Argentina
11. 1986 Parij, Fransiya AQSH SSSR Bolgariya
12. 1990 Rio-de-Janeyro, Braziliya Italiya Kuba SSSR
13. 1994 Afina, Gretsiya Italiya Gollandiya AQSH
14. 1998 Tokio, Yaponiya Italiya Yugoslaviya Kuba
15. 2002 Buenos-Ayres, Argentina Braziliya Rossiya Fransiya
16. 2006 Tokio, Yaponiya Braziliya Polsha Bolgariya
17. 2010 Rim, Italiya Braziliya Kuba Serbiya
18 2014 Каtovise, Polsha Polsha Brazilya Germaniya
19. 2018 Italiya Polsha Brazilya AQSH
Ayollar
1. 1952 Moskva, SSSR SSSR Polsha Chexoslovakiya
2. 1956 Parij, Fransiya SSSR Ruminiya Polsha
3. 1960 Rio-de-Janeyro, Braziliya SSSR Yaponiya Chexoslovakiya
4. 1962 Moskva, SSSR Yaponiya SSSR Polsha
Muallif: R.N.Ro`zmetov

Mavzular.

manba