
Xavfsizlik,diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.
Xavfsizlik,diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida tashqi munosabatlarga a’lohida e’tibor qaratildi: Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar Xavfsizlik,diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini
muhofaza qilish;
• axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish,
axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish;
• fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
• davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
• atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik
muammolarni oldini olish;
• favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor
yo‘nalishlar:
• davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro
munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan
demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va
ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish;
• O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib
borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish;
• O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-
huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini
takomillashtirish;
• davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.
2017 yilda soha oid quyidagi hujjatlar qabul qilindi:
O‘zbekiston Respublikasining Konsullik yig‘imlari tarifiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha
kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, №PQ-3423, Qabul qilingan sana
04.12.2017, Kuchga kirish sanasi 04.12.2017
Konsul tomonidan hujjatlarni qonuniylashtirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar
kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining buyrug‘i , reg. № MYu 313-1, Qabul
qilingan sana 17.10.2017, Kuchga kirish sanasi 18.10.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, №PQ-3036, Qabul qilingan sana
06.06.2017, Kuchga kirish sanasi 06.06.2017
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, №PF-5046, Qabul qilingan sana
19.05.2017, Kuchga kirish sanasi 23.05.2017
• 2017 yilda 21 ta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi, 60 dan ortiq davlat va
xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
• Natijada 400 dan ortiq bitim va kelishuvlarga erishildi, qariyb 60 milliard AQSh
dollari hajmidagi savdo va sarmoyaviy shartnomalar imzolandi.
• Qabul qilingan hujjat va kelishuvlarni o‘z vaqtida to‘liq bajarish maqsadida 40 ta
“yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga
oshirilmoqda.
• Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan strategik hamkorlik o‘rnatildi.
• Qozog‘iston bilan strategik hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish borasida bir
qator muhim hujjatlar imzolandi, 2 milliard dollar miqdorida iqtisodiy bitimlar
tuzildi. Tojikiston bilan hamkorligimiz har tomonlama mustahkamlanmoqda.
Toshkent va Dushanbe shaharlari o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi.
Xavfsizlik,diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.











