XIX asr oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyoda chorizm istilochilik siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik g’oyalari.

0
O'rta Osiyoda chorizm istilochilik siyosatiga qarshi ma'rifatparvarlik g'oyalari. 

O'rta Osiyoda chorizm istilochilik siyosatiga qarshi ma'rifatparvarlik g'oyalari. 

XIX asr oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyoda chorizm istilochilik siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik g’oyalari.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyoda chorizm istilochilik siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan bog‘liq. Chor Rossiyasi mazkur O‘rta Osiyo hududini o‘ziga  mustamlaka  qilib  olgach,  o‘z  siyosatini  yurgiza  boshladi.  Bir  tomondan,  o‘lkada  ruslashtirish  siyosati olib borilsa, ikkinchi tomondan, rus madaniyati ko‘klarga ko‘tarib maqtaldi. Bu davrda  Ogahiy “Shohu gado”, Ahmad Donish aqlsizlikka qarshi kurashdi, Berdaq Xiva xonligi ma’muriy  siyosatini qoraladi. Uning “Ahmoq podsho” dostoni mavjud. Bu davrda Sattorxon, Furqat kabi bir  qancha ma’rifatparvarlar yuzaga keldi.

Jadidchilik  aslida  ma’rifatparvarlik  harakatining  ko‘rinishi  bo‘lib,  uning  namoyandalari  mamlakatni qoloqlikdan chiqarish va milliy taraqqiyotga erishishnig ma’rifiy yo‘lini ko‘rsatdilar.  Ismoilbek Gaspirinskiy jadidchilik g‘oyalarini O‘rta Osiyoga yoygan inson bo‘lib, “YUz yildan  so‘ng. 2000 sana” romanida sinfiy kurash nazariyasiga qarshi edi. Madaniyati yo‘q bir millatning  sanoati bo‘la olmas, u ham bo‘lmasa sinfiy nizolarga erta, biz madaniy o‘suvdan iborat deb bildi va  kurashdi.

Mahmudxo‘ja  Behbudiy  I.Gaspirinskiy  g‘oyalarini  Markaziy  Osiyoga  yoyishda  bosh  rol  o‘ynadi.  U  “Sho‘roi  Islom”  tashkilotiga  asos  soldi.  Munavvarqori  Abdurashidov  Turkistonda  jadidizm rahbarlaridan biri edi. U “Sho‘roi islomiya” tashkilotini tuzdi. Bu tashkilotlar Turkiston  o‘lkasini CHor Rossiyasidan ajratib olib, uni ma’rifatli qilish g‘oyalari bilan yashadi. Ular Rossiya  tarkibida milliy-diniy avtonomiya tuzish tarafdori edi. Fitrat, CHo‘lpon va boshqa jadidchilik oqimi  namoyandalari  mamlakat  aholisini  faqat  savodli,  ilm  berish  yo‘li  bilan  bu  mustamlakachilik  siyosatidan  qutulish  yo‘llarini  ko‘rsatdilar.  Lekin  sobiq  sovet  tuzumi  davriga  kelib  ana  shu  jadidchilik oqimi namoyandalari repressiya qurboni bo‘ldilar.

Lekin biz bugungi kunda ana shu  jadidchilarning mamlakat aholisini ma’rifatli qilish, jaholatga qarshi ma’rifat yo‘li bilan kurash olib borganligini ko‘ramiz. Ular mustamlkachilik siyosatini tubdan qoraladilar, erli aholini savodli qilish  uchun kurash olib bordilar. Ana shu jadidchilarning ushalmagan orzulari bugungi kunda mustaqillik  tufayli, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning dono rahbarligi va siyosati tufayli ma’rifatli  jamiyat uchun olib borayotgan siyosatini men albatta chin ko‘ngildan qo‘llab-quvvatlayman.

Chunki  ma’rifatparvar  jadid  oqimi  namoyandalarining  ushalmagan  orzusi  bugungi  kunda  amalga oshmoqda. O‘zbekiston o‘zining ma’naviyati, madaniyati bilan jahonga yuz tuta boshladi.  Endilikda  biz  “O‘zbek  xalqi  hech  qachon  hech  kimdan  kam  bo‘lmaydi”  degan  Prezidentimiz  g‘oyasi atrofida birlashmoqdamiz . XIX asr oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyoda chorizm istilochilik siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik g’oyalari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba