Bosh sahifa mavzular XV-XX asrlarda O’rta Osiyoda davlat va jamiyat qurilishining ijtimoiy-siyosiy holati hamda istilochilar...

XV-XX asrlarda O’rta Osiyoda davlat va jamiyat qurilishining ijtimoiy-siyosiy holati hamda istilochilar siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik g’oyalari.

0
XV-XX asrlarda O'rta Osiyoda davlat va jamiyat qurilishining ijtimoiy-siyosiy holati hamda istilochilar siyosatiga qarshi ma'rifatparvarlik g'oyalari.

XV-XX asrlarda O'rta Osiyoda davlat va jamiyat qurilishining ijtimoiy-siyosiy holati hamda istilochilar siyosatiga qarshi ma'rifatparvarlik g'oyalari.

XV-XX asrlarda O’rta Osiyoda davlat va jamiyat qurilishining ijtimoiy-siyosiy holati hamda istilochilar siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik g’oyalari.

XV-XX asrlarda O’rta Osiyoda davlat va jamiyat qurilishining ijtimoiy-siyosiy holati hamda istilochilar siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik g’oyalari. XVI-XIX  asrlar  O‘rta  Osiyo  hayotidagi  murakkab  davrlardagi  parchalanishlarning  salbiy oqibatlari. XVI-XIX asrlar O‘rta Osiyo hayotida murakkab va keskin burilish davri bo‘ldi.  Uning murakkabligi avvalo, Amir Temur imperiyasining parchalanishi hamda vorislar o‘rtasidagi  nizolar bilan bog‘liqdir. Doimiy ixtiloflar maydoniga aylanib qolgan Movarounnahr Shayboniyxon  lashkarlari tomonidan bosib olinadi.

Yurtda egasizlik, boshboshdoqlik hukm suradi. Mana shunday  sharoitda haqiqiy ilm o‘rnini diniy aqidaviy qarashlar egallaydi. Natijada aniq va tabiiy fanlar  quvg‘unga uchraydi, ayniqsa matematika va astronomiya orqada qoladi. Buning oqibatida ilm-fan  rivojining darajasi keskin pasayib ketadi. Ayni paytda bu davr oldingi mutafakkirlarning ilg‘or  g‘oyalarining o‘zaro faol ta’siri zaiflashuvi bilan xarakterlanadi. Din bevosita davlat siyosatining  asosiga,  hokimiyat    uning  rahnomalari  qo‘lida  manfaatlarini  niqoblovchi  mafkuraga  aylanadi.

Natijada jamiyatda diniy tazyiq kuchayadi. Har qanday ijodiy hur fikr ta’qibga olinadi. Shunga  qaramay O‘rta Osiyoda ijtimoiy fikr, falsafa, adabiyot, tarix, musiqa fanlari, me’morchilik, tasviriy  san’at  rivojlandi,  qator  madrasa  va  machitlar  qurildi.  Jumladan,  Ibn Muhammad  Yusuf  Al- Qorabog‘iy,  Muhammad  Sharif,  Mashrab  va  So‘fi  Olloyor,  Nodira,  Uvaysiy,  Dilshod,  Komil  Xorazmiy, Avaz O‘tar, Bedil, Fuzuliy, Ahmad Donish, Muqimiy, Ogahiy, Furqat,  Mulla Olim  Mahdum Hoji ijodiyotida ilg‘or ijtimoiy g‘oyalar yaratiladi.

E’tirofli jihati shundaki, shu davr ijodkorlari qaysi sohada ijod qilmasin, shaxs va ziyoliylikka  xos  qudratda  ularning  asosiy  diqqati  xalq  va  uning  turmush  dardi  bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Mullo Olim Mahdum Hoji «Tarixi Turkiston» asarida shunday deydi.  «Turkiston xonlari vaqtidagi musulmoniyalar nihoyat darajada ahvoli olamidin xabarsiz bo‘ldilar.  Zolim  hakamlarga  rost  va  to‘g‘ri  so‘zni  aytadurg‘onlar  qolmay,  zolimlar  uchun  besh-o‘n  tillo  badaliga ertadan kechgacha xushomad so‘zlar aytib, alar qanday so‘z aytsa, ma’qul deydurg‘onlar  bo‘lg‘on edilar. Ilmu maorifda bo‘lsa Turkistonda o‘tgan Ibn Sino, Forobiy, Ulug‘bek, Aliqushchi  o‘rniga o‘lturg‘on olim, faylasufi zamon deganlarimiz izzatu nafs va riyokorlikga tabdil bo‘lub, jahl  balosig‘a mubtalo bo‘lg‘on edilar. Hakam va ulug‘larimiz fuqarolardin o‘z joyig‘a va masrafig‘a  sarf qilmay, o‘z xohishlarig‘a xarj va sarf qilar edi. Hukumat ishida mutlaqo muntazam qoida va  qonun yo‘q edi. Fuqarolar olarning o‘z molidek hisob qilinur edi».

Mavjud  manbalar  milliy  davlatchilik  tariximizni  tanazzulga  tortgan  siyosiy  kurashlar  va  o‘zaro ixtiloflarning sabablarini o‘rganish, undan saboqlar chiqarish imkoniyatlarini beradi.

Ma’lumki, Movarounnahr davlatchilik tarixi va uning taraqqiyotini islom falsafasidan ayri  holda  ko‘ra  olmaymiz.  Ajdodlarimiz  dunyoviy  va  diniy  ilmlarni  bevosita  uyg‘un  tarzda  olib  borishgan. U xoh diniy, xoh dunyoviy yo‘nalishda bo‘lmasin, uning asosida inson – jamiyat – davlat  muammosi   yotadi.   Faqat   biryoqlama   diniy   mafkuraga   asoslangan   munosabat,   so‘ngra  mustamlakachilik  siyosati  adolatli  jamiyat  qurishga  qaratilgan  ilg‘or,  milliy  madaniy  merosini  ta’qib ostiga oladi. Natijada fan va ta’limot o‘z zaminidan ayrilgan aqidalar va mavhum g‘oyalar  ta’siriga tushib qoldi.

Ammo tarixning ana shunday murakkab davrida ham Vatanimiz hududida hurriyat bilan  yo‘g‘rilgan   ijtimoiy   –   siyosiy   qarashlar   to‘xtagan   emas.   Aksincha,   bunday   istak  har   bir  vatandoshimiz  qalbida  umummilliy  istiqlol  g‘oyasining  vujudga  kelishiga  turtki  bo‘ldi.  Ana  shunday  g‘oyalarni  ishlab  chiqishda  XX  asrning  boshlarida  shakllangan  jadidchilik  harakatini  alohida o‘rganish lozim. XV-XX asrlarda O’rta Osiyoda davlat va jamiyat qurilishining ijtimoiy-siyosiy holati hamda istilochilar siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik g’oyalari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba