XVI-XIX asrlarda O’zbek xonliklarining Rossiya imperiyasi bilan savdo-elchilik aloqalari.

0
 Rossiya  imperiyasining  O’rta  Osiyodagi mustamlakachilik  siyosati  va  unga  qarshi milliy  ozodlik harakatlari.

XVI-XIX asrlarda O’zbek xonliklarining Rossiya imperiyasi bilan savdo-elchilik aloqalari.  

XVI-XIX asrlarda O’zbek xonliklarining Rossiya imperiyasi bilan savdo-elchilik aloqalari.

XVI-XIX asrlarda O’zbek xonliklarining Rossiya imperiyasi bilan savdo-elchilik aloqalari. XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari o’rtasida Buxoro, Xiva, Qo’qon  xonliklari hududlari uchun raqobatchilik kuchayib, keskinlashib ketdi. Raqobatchilikning kuchayishiga  quyidagilar sabab bo’ldi:

Buyuk  Britaniya  va  Rossiyaning  Markaziy  Osiyo  hisobiga  yangi  mustamlakalarga  ega bo’lish  yo’lidagi urinishlari;

o’z mollarini sotish va undan mo’may daromad olish uchun Markaziy Osiyo bozorlarini egallash  istagi;

  1. d) Markaziy Osiyoning boy xomashyo manbalariga ega bo’lishga intilishlari.

Bu omillar dunyodagi ikki yirik mustamlakachi davlatlar manfaatlarining to’qnashuviga olib keldi.  Hindistonda mustahkam o’rnashib olgan ingliz mustamlakachilari o’zlari tuzgan Ost-Indiya (Sharqiy Hindiston) kompaniyasi orqali Markaziy Osiyo tomon siljishga urindilar. Ularning maqsadi Rossiyaning  o’zbek xonliklaridagi ta’sirini yo’qqa chiqarish hamda xonliklarni o’z ta’sir doirasiga olishdan iborat edi.  Buyuk Britaniya hukmron doiralari xonliklarning ichki va tashqi ahvolini, ularni bog’lab turgan yo’llarni  aniqlash, xonlar bilan aloqa o’rnatish maqsadida maxsus ekspeditsiyalar yubora boshladi. Ekspeditsiyalar  zimmasiga, ayni paytda, mahalliy nufuzli kuchlar bilan aloqa o’rnatish vazifasi ham yuklatilar edi.

Ingliz  ekspeditsiyalaridan  biri  U.Murkford  boshchiligida  uyushtirildi.  Murkford ekspeditsiyasi  1825-yil fevral oyida Buxoroga yetib keldi. Manbalarda qayd etilishicha, ekspeditsiya tarkibida 70 ta  kishi bo’lib, ular olib kelgan 80 sandiq turli xil mollar Buxoro qushbegisiga ko’rsatilgan. Inglizlar Buxoro  xonligini   har   tomonlama   o’rganishga,  mahalliy   hukmdorlar   orasida   inglizlarga   tarafdor   guruhni  shakllantirishga muvaffaq bo’lgan edi.

Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya hukmron doiralari tashvishga tushdilar. Natijada  Rossiya  hukumati  Buxoro  amiri  Haydarga  inglizlarning  Buxorodagi  xatti-harakatidan  noroziligini  bildiradi. Rossiya hukmron doiralarida borgan sari Markaziy Osiyoni bosib olish kayftyati kuchayib  bordi. 1826- yilda Rossiya hukumati polkovnik F. Berg boshchiligida Ustyurtga ekspeditsiya yuborib,  Markaziy Osiyogaboradiganyo’llarni yanada aniqroq belgilab oldi. 1831-yilda inglizlar Markaziy Osiyoga  ikkinchi marta elchi yubordilar. Elchilarga ingliz armiyasi leytenanti Aleksandr Byorns boshchilik qildi.

A. Byorns 1832-yilda Buxoroga kirib keldi. U o’zini arman savdogari deb tanitdi. Qo’lida hind va  afg’on savdogarlarining tavsiyanomalari bo’lgan bu „tadbirkor» Buxoro xonligi qushbegisi bilan aloqa  bog’lay oldi. Buyuk Britaniya hukumati Hindiston bilan Markaziy Osiyo o’rtasida savdo aloqalarining  kengayishiga o’zining xonliklardagi ta’sirini qaror toptirishning asosiy yo’li deb qarar edi. Shuning uchun  ham Angliya hind savdogarlariga xonliklar bilan savdo-sotiq aloqalarini yo’lga qo’yishlarida katta yordam  ko’rsatdi. Xususan, hind savdogarlariga qarz hamda ingliz mollari berib turildi. Bu mollar Markaziy  Osiyoda Rossiya mollari narxidan arzonga sotilar edi. XVI-XIX asrlarda O’zbek xonliklarining Rossiya imperiyasi bilan savdo-elchilik aloqalari.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba