XX asr ikkinchi yarmida davlat va jamiyat qurishning sovetcha ko‘rinishi hamda milliy mustaqillik va O’zbekistonning demokratik o’zgarishlar sari yo’l tutishi.

0
XX asr ikkinchi yarmida davlat va jamiyat qurishning sovetcha ko‘rinishi hamda milliy mustaqillik va O'zbekistonning demokratik o'zgarishlar sari yo'l tutishi.

XX asr ikkinchi yarmida davlat va jamiyat qurishning sovetcha ko‘rinishi hamda milliy mustaqillik va O'zbekistonning demokratik o'zgarishlar sari yo'l tutishi.

XX asr ikkinchi yarmida davlat va jamiyat qurishning sovetcha ko‘rinishi hamda milliy mustaqillik va O’zbekistonning demokratik o’zgarishlar sari yo’l tutishi.

XX asr ikkinchi yarmida davlat va jamiyat qurishning sovetcha ko‘rinishi hamda milliy mustaqillik va O’zbekistonning demokratik o’zgarishlar sari yo’l tutishi. Milliy istiqlol uchun kurash yo‘llari va shu yo‘ldagi maqsad mushtaraklikda bo‘lgan emas.  Mustaqillikka  erishish  kurashlari  afsuski,  turlicha  anglangan  va  unga  turlicha  yondashilgan.

Ammo, milliy ozodlik harakatining mag‘lubiyati yoxud ko‘plab ziyoli namoyondalarning qatag‘on  qilinishi, shahid bo‘lishi bilan millatning hurriyatga bo‘lgan intilishi bir soniya ham to‘xtagan emas.  O‘zbek ziyolilarining mustaqillik uchun olib borgan kurashi XX asr 30-40-yillarda so‘ngra 50-60- yillarda ham turli siyosiy ko‘rinishlarda davom etib boradi.

XX asring 80-yillariga  kelib, kommunistik mafkura zug‘umi ostida qatog‘onlik siyosati  yangi pallaga kiradi. Markaz xodimlari tomonidan uyushtirilgan “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” bilan  11 mingdan ortiq o‘zbekistonlik rahbarlar va oddiy fuqarolar ta’qib ostiga olindi, jazolandi.

Ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarning  ziddiyatlashuvi  va  hodisalarning  keskinlashuvi  “qayta- qurish”  yillarida  ham  o‘z  ta’sir  ko‘lamini  kengaytirib  keldi.  Natijada  respublikada  jamiyat  yaxlitligini parchalaydigan hamda vujudga kelgan egasizlik holati fuqarolar o‘rtasida parokandalik  muhitini   yuzaga   keltirdi,   millatlararo   ziddiyatlar,   ba’zan   to‘qnashuvlar,   ayniqsa,   davlat  boshqaruvida qonunsizlik, boshbodoqlik holatlari vujudga keldi.

Mana  shunday  qaltis  vaziyatda,  1989  yil  23  iyunda  Islom  Abdug‘anievich  Karimov  O‘zbekistonning birinchi rahbari sifatida o‘z faoliyatini boshladi. U qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda  vujudga  kelgan  ijtimoiy  tanglik  sharoitini  barqarorlashtirishga  qaratilgan  tubdan  yangi  milliy  siyosatni shakllantirishga erishdi. Natijada, siyosiy beqarorlik, fuqarolar va millatlararo nizolarning  oldi  olindi.  Davlat  boshqaruvida  bosqichma-bosqich  demokratik  tamoyillar  mustahkamlandi  –  O‘zbekistonda mustaqil davlat tashkil etishining barcha siyosiy va huquqiy zaminlari yaratildi.  Bugungi kunda u «O‘zbek modeli» sifatida tan olinmoqda. Mustaqillik sari qo‘yilgan qadamlar  quyidagilardan iborat:       1. 1989 yil 21 oktyabrda “O‘zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilindi.  Bu qonun 30 moddadan iborat edi. 1-moddada “Davlat tili – o‘zbek tilidir” deyildi. Qonunda davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  faoliyatida  s’ezd,  plenum,  qurultoy,  sessiya,  konferensiya,  majlis, kengash va boshqa masalalar davlat tilida olib borilishi aytilgan. 1990 yil 19 fevralda  “Davlat  tili  haqida”gi  qonunni  amalga  oshirish  davlat  programmasi  qabul  qilindi.  1992  yil  8  dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasi davlat tili  o‘zbek tili ekanligi  aytildi. 1993 yil 2 sentyabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”  qonun qabul qilindi (31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat  o‘zbek alifbosi joriy etilishi  qayd  qilindi.  1994  yil  16  iyunda  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  bu  qonunni  amalga  oshirish  maqsadida  davlat  dasturi  qabul  qilindi.  1995  yil  6  mayda  “Lotin  yozuviga  asoslangan  o‘zbek  alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida qonun qabul qilindi (31  harf va 1 tutiq belgisidan, so‘zlari 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan so‘zlar bilan almashtirildi).  1995 yil 21 dekabrda “Davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning  yangi  tahriri  qabul  qilindi.  Bu  qonunning  yangi  tahriri  24  moddadan  iborat.  Lotin  yozuviga  asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan 2, 10-bandlardagi “2005 yil” so‘zlari  “2010 yil” deb almashtirildi.

  1. 1990 yil 24 martda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi joriy qilindi.
  2. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning (1990 yil 20 iyun) qabul qilinishi, uning mazmuni va mohiyati. Ushbu “Mustaqillik deklaratsiyasi” O‘zbekiston Oliy Sovetining 2-sessiyasida 1990 yil 20 iyunda qabul qilindi. Bu hujjat O‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi  qadam bo‘ldi. Bu umumdavlat  ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjat deputatlar tomonidan moddama- modda,   bandma-band      muhokama   qilindi.   “Mustaqillik   deklaratsiyasi”ning   kirish   qismida  O‘zbekistonning davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an’analari, har bir millatning  o‘z  taqdirini  o‘zi  belgilash  huquqini  ta’minlashdan  iboratligi  aytib  o‘tildi.  Birinchi  moddada  “O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy  qismlarni belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir”, deb qo‘yilgan. Bu  Deklaratsiya o‘zbek xalqi tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi. Shu kundan boshlab respublikada  O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi.  1991 yil 17 martda referendum o‘tkazildi. Bunda O‘zbekiston Federatsiya tarkibida mustaqil, teng  huquqli ekanligi aytib o‘tildi. Referendumda 9.215 mingdan ko‘proq kishi qatnashdi, 93 foiz ovoz  to‘plandi.

Demak, “Mustaqillik Deklaratsiyasi” 13 bo‘limchalardan iborat bo‘lib, u O‘zbekistonning  mustaqillik  sari  qo‘ygan  qadamlarida  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Endilikda  o‘zbek  xalqi,  millatining  tepasida  Islom  Karimovdek  dono  rahbar  shaxsning  kelishi  va  davlatni  oqilona  boshqarishi   tufayli   O‘zbekiston   asta-sekin   o‘z   iqtisodiy   bo‘hronlaridan   xalos   bo‘lmoqda.  Mustaqillik  deklaratsiyasining  tarixiy  ahamiyati  yana  shundaki,  bu  hujjatning  qabul  qilinishi,  o‘zbek xalqining o‘zini anglash borasidagi siyosati albatta muvaffaqiyatli kechdi. Lekin bugungi  kunda ba’zi bir buzg‘unchi kuchlar O‘zbekistonni bu yo‘ldan qaytarib, iqtisodiy  muammolarni  chigallashtirishga harakat qilmoqdalar.

  1. 1991 yil 15 fevralda Oliy Kengash “O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qildi.
  2. 1991 yil  22  iyulida  Oliy  Kengash  “O‘zbekiston  hududidagi  joylashgan  Ittifoqqa  bo‘ysunuvchi  davlat  korxonalari,  musassasalari  va  tashkilotlarini  O‘zSSRning  huquqiy  tobeligiga o‘tkazish  to‘g‘risida” qaror qabul qildi. 
  3. 1991 yil 21 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat  qo‘mitasining  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  hamda  qonunlariga  zid  keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi.
  4. 1991 yil 25 avgustda Prezident Farmoni bilan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga olindi.
  5. 1991 yil 26 avgustda Oliy Kengash O‘zbekiston davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qilindi.
  6. 1991 yil 28 avgustda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi Markaziy nazorat qo‘mitasi bilan birgalikda qo‘shimcha Plenumi chaqirib, unda O‘zbekiston Kompartiyasi KPSS MK bilan  har  qanday  aloqasini  to‘xtatishga,  KPSSning  barcha  tashkilotlaridan  chiqishga,  uning  Markaziy organlaridan o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
  7. 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari 6- sessiyasi o‘z ishini boshladi (Bu haqda keyingi sahifaga qarang).

Demak, Mustaqillik – tenglik sari qo‘yilgan birinchi qadam. Tenglik bo‘lmagan joyda kim  kimgadir  qaram  bo‘ladi.  Tenglik  odamlarning  o‘zaro  munosabatlaridan  tortib  mamlakatlararo  munosabatlargacha hamma narsani me’yor-mezonga soladi.

Mustaqillik  –  o‘zaro  hurmat,  bir-birini  tan  olish,  bir-birini  qadrlash  asosida  mamlakat  fuqarolari  o‘zaro  munosabatida  ham,  davlatlar  o‘rtasidagi  aloqalarda  ham  ana  shu  insoniy  qadriyatlarga  tayanish,  umumiy  mezonlar  asosida  yashash  demakdir.  Milliy  mustaqillik  erkin  dunyoqarash, erkin tafakkurga tayanib yashashdir. Tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror  toptirishning mezoni hamdir.

1991 yil 19-21 avgust kunlari yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinish va zo‘ravonlik siyosatini chuqurlashtirishga intilish bu jarayonning yakuni bo‘ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “Mustaqil o‘zbek davlati xalqimizning tarixiy yutug‘idir. Xalqi yuz yillar  mobaynida ozodlikni orzu qilgan O‘zbekiston chinakam mustaqillikni qo‘lga kiritdi. XX asr 90-  yillariga kelib, sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish, ozodlikka intilishning  yangi   bosqichi   boshlandi.   Sharqiy   Evropada   sobiq   sotsialistik   mamlakatlar   o‘z   milliy  mustaqilliklarini  qo‘lga  kirita  boshladi.  1989  yil  Islom  Karimov  davlat  hokimiyatiga  kelgach,  mustaqillik sari bir qator qadamlar tashlashga muvaffaq bo‘ldi.

1989 yil 21 oktyabrda «Davlat tili  to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 1990 yilga kelib Sobiq SSSR boshqaruvi yanada murakkablashib  bordi. 1990 yil 6 avgustda sobiq SSR Prezidenti M.Gorbachyov “YAngi ittifoq shartnomasini asos  sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning Ittifoq dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida» farmon  chiqardi. 1990 yil sentyabrda Sobiq SSSR Oliy Kengashi 4-sessiyasida N.Rijkov “Boshqariladigan  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishga  tayyorgarlik  va  mamlakat  xalq  xo‘jaligida  barqarorlikni  vujudga  keltirish haqida“ ma’ruza qildi. Bunda S.SHhatalinnig “500 kun“ Dasturi ham ko‘rildi. Bu dastur  RSFSR Oliy Soveti II sessiyasida 1990 yil 11 sentyabrda qabul qilinib ijobiy baholangan edi. Lekin  har ikkala dastur ham qabul qilinmadi. Aksincha ikkovini qayta uyg‘unlashtirilib qabul qilishga  kelishib olindi. Demak, bu davrga kelib sobiq SSSRni boshqarish bo‘yicha bir qancha guruhlar  paydo bo‘ldi. 1. Birinchi kuchlar. N.Rijkov va V.Pavlov dasturi tarafdorlari eskicha yashashga  intilish kuchli edi. 2. S.Shatalin dasturi, bu yangilik sari edi. 3. M.Gorbachyov komandasi va 4- guruh bu Yanavevning hokimiyat tepasiga kelishi va 3 kun boshqaruvi bilan bog‘liq edi.

1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilindi. Ammo,  mustamlakachilik  siyosatidan  so‘ng  qolgan  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy-ma’rifiy  meros  bilan  mustaqillikni mustahkamlash va uning istiqbol yo‘lini aniqlash, aslida undan-da murakkab vazifa  edi. Bunday vazifa mamlakatda demokratik huquqiy davlat qurish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor  iqtisodiyotini vujudga keltirish, uning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlash bo‘yicha qat’iy  va izchil siyosat yurgizishdan iborat bo‘ldi.

Prezident  I.A.Karimov  «Biz  yangi  ozod  jamiyat,  huquqiy  davlat  qurishni  o‘z  oldimizga  maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, adolat tamoyilini ustuvor prinsip sifatida e’tirof etamiz», deb  O‘zbekistonda adolatparvar demokratik jamiyat qurishning nazariyasini milliy davlatchiligimizning  uch ming yillik tarixi hamda madaniy merosi bilan bog‘lashga qaratadi. XX asr ikkinchi yarmida davlat va jamiyat qurishning sovetcha ko‘rinishi hamda milliy mustaqillik va O’zbekistonning demokratik o’zgarishlar sari yo’l tutishi.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba