Alpomish. Alpomish dostoni testlar.

1

Alpomish. Alpomish dostoni testlar. 9-sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar.

 

Results

#1. «Alpomish» dostonida Hakimbekning o‘ng kiftida kimning besh panjasining o‘rni dog‘ bo‘lib qolgan edi?

#2. «Alpomish» dostonida zakot degan gap og‘ir botgan Boysari mahramlarni qanday jazolaydi?

#3. «Alpomish» dostonida keltirilgan to‘y marosimidagi rasm-rusumlarni toping. 1) «qo‘l ushlatar»; 2) «oyoq bosar»; 3) «kelin salom»; 4) «chach siypatar»; 5) «it irillar»; 6) «kampir o‘ldi».

#4. «Alpomish» dostonida chiltonlar qalmoqqa borishning nechanchi kechasida uxlab yotgan Alpomish ruhini Barchinniki bilan uchrashtiradilar?

#5. «Alpomish» dostonida Qultoydan olgan otiga ko‘ngli to‘lmay turgan Alpomishga kim: «Bu oting nazarkardadir. Buni mingan odam ko‘p yerlarni ko‘radi, maqsadini haqdan topib qoladi», – deya ruhiy madad beradi?

#6. XIX asr oxiridan XX asrning ikkinchi yarmiga qadar baxshilar tomonidan qancha doston kuylangan, variantlari bilan qancha?

#7. Xalq dostonlarining tilida, asosan, qaysi lahja(lar) belgilari yetakchilik qiladi?

#8. «Alpomish» dostonida bir kam to‘qson alp kimning oldida o‘zini otdan tappa-tappa tashlab qo‘l qovushtirib ta’zim qilib turadi?

#9. «Alpomish» dostonida kimlarga tushlari vositasida taqdirlari bildiriladi?

#10. «Alpomish» dostonida Boychiborni mingan Qorajonga ajdahor (ajdaho) nima sababdan salom beradi?

#11. «Alpomish» dostonida uchraydigan chupronto‘y qanday to‘y hisoblanadi?

#12. «Alpomish» dostonida: «Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan, Ichida chichqonlar bolalab yotgan», – deya ta’riflangan obraz qaysi?

#13. Xalq dostonlarining muhim belgisi nima?

#14. «Alpomish» dostonida Barchin qo‘ygan to‘rt shart qanday edi?

#15. «Alpomish» dostonidan olingan quyidagi fikrlar qaysi qahramonga tegishli? «O‘zbakning qizini ko‘ngli menda. Poyga bo‘lsa, o‘zib kelmoq Ko‘kdo‘nanning tani. Kurash bo‘lsa, to‘qson alpning barini qo‘ymasdan yiqmoq faqirning tani. Yoy tortishganda ham mening yoyim sinmay qoladi. Ming qadamdan tanga pulni ursin depti, besh yuz qadamdan tanga pulni uraman”.

#16. «Alpomish» dostonida qalmoqlar bog‘lab ketgan Qorajonni boylovdan kim ozod qiladi?

#17. «Alpomish» dostonidagi tush ta’biridan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan «kulli eranlar» so‘ziga berilgan to‘g‘ri izohni toping. «Yer yuzini tutib ketsa ajdahor, Mag‘ribdan Mashriqqa kulli eranlar…»

#18. «Alpomish» dostonida Boychiborni maqtagani uchun kim Ko‘sa sinchini jazolaydi?

#19. «Alpomish» dostonidan olingan quyidagi she’riy parchada qo‘llanilgan «lo‘k» bilan «nor» so‘zlarining ma’nosini izohlang. Qatorga tirkalgan lo‘k bilan norcha, Ustiga yuklangan qirmizi parcha.

#20. «Alpomish» dostonida Surhayl kampirning yetti o‘g‘liga tirlashgani qalmoqshoh turli mamlakatdan alplarni olib kelib, qayerda boqar edi?

Previous
Testni tugatish

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish