Домой mavzular Islom Karimov – mustaqil O’zbekistonning birinchi ...

Islom Karimov – mustaqil O’zbekistonning birinchi Prezidenti.

Islom Karimov - mustaqil O'zbekistonning birinchi Prezidenti.

Islom Karimov - mustaqil O'zbekistonning birinchi Prezidenti.

Islom Karimov – mustaqil O’zbekistonning birinchi Prezidenti.

Islom Karimov – mustaqil O’zbekistonning birinchi Prezidenti. O’zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  keyin  davlat  boshqaruvi-ning  yangi,  zamonaviy  va  samarali  tizimi  shakllana  boshlandi.  Bosh-qaravning Prezidentlik shakli mazkur tizim o’zagini tashkil etdi.

1991-yil oxirida O’zbekiston hayotida torn ma’noda ulkan tari-xiy voqea sodir bo’ldi. 29-dekabrda  xalqimiz uzoq yillik mustamla-kachilikdan so’ng torn ma’nodagi mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor  umumxalq xohish irodasi bilan mustaqil O’zbekiston Respubli-kasi Prezidentini sayladi.

Prezidentlikka nomzodlar har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan 301 ming nusxadan iborat  plakat, nomzodlar har birining 40 ming nusxadan saylovchilarga murojaamomalari chop etildi.

O’zbekiston  Respublikasi  saylovlari  muqobillik  asosida  o’tdi.  Oliy  lavozimga  ikki  nomzod  –  O’zbekiston XDP va O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi LA. Karimov va «Erk»  demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo’yildi.

Saylovlar yakuniga ko’ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qataashganlaming 86  foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nomzodini  yoqlab ovoz berdi.

Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis ba-yonlarini ko’rib chiqib, O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risidagi  qonunning  35-moddasiga  asosan  Islom  Abdug’aniyevich  Karimovni  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  lavozimiga  saylangan  deb  hisoblashga  qaror  qildi.  Saylovlar natijalari o’zbek xalqining mustaqil taraqqiyot va rivojlanishning yutuqlarini LA. Karimov  shaxsi, uning dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoyiUgi bilan bog’lashining yaqqol dalili edi.

2000-yilning 9-yanvari mustaqil O’zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo’lgan,  davlatimizning XXI asrdagi taqdiriga va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan muhim siyosiy voqea  sifatida muhrlanib qoladi. O’zbekiston fuqarolarining aksariyati hozirgi davlat boshlig’ining rahbarligi  ostida va tashabbusiga ko’ra amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni qo’llab- quwatlagan holda Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi.

2000-yil  11-yanvarda  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasining  navbatdagi  majlisi bo’lib o’tdi. Majlis kun tarti-bi bitta masalaga – 2000-yil 9-yanvar kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston  Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga bag’ishlandi.

Islom Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz  berdi. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko’rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505  ming 161 saylovchi yoki 4,17 foiz saylovchi ovoz berdi.

2007-yil  23-dekabr  kuni  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  bo’lib  o’tdi.  14  ta  saylov  okrugi,  8266  ta  saylov  uchastkasi  aloqa  vositala-ri,  kompyuter  va  orgtexnika,  saylov  qonunchiligi  me’yorlariga oid adabiyotlar bilan ta’minlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko’ra, Islom Karimov 13 million 8 ming  357 yoki saylovda qatnashgan saylovchilar umumiy sonining 92,1 foizi ovozini oldi.

Muxtasar qilib aytganda, I. Karimov O’zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik  fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi.

O’zbekiston  mustaqillikka  erishganidan  so’ng  kun  tartibida  ja-hon  andozalariga  mos  keladigan  davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan  mustahkamlaydigan  huquqiy  tizirnni  vujudga  keltirish  vazifasi  turar  edi.  Chunki  sobiq  sotsialistik  tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat  manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish  omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy  yangilanishlarni taqozo etar edi.

Shuni  ham  aytish  kerakki,  jahonda  hamma  mamlakatbop  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishning  tamoyillari,  barcha  uchun  tavsiya  etish  lozim  bo’lgan  tayyor  andozalari  hech  qachon  bo’lmagan  va  bo’lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida  shakllangan an’analari mavjud bo’lgan O’zbekistonday qadimiy makonda o’ziga xos yo’l tanlash uchun  ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning  uchun ham «Mustaqil O’zbekiston tug’ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur edi».

Yana shuni ta’kidlash darkorki, O’zbekiston o’z mustaqilligi-ni qo’lga kiritgan paytda mamlakat
ichkarisida bo’lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi.   I  A.  Karimov  mamlakatning  dastlabki  yillardagi  rivojlanish  jarayonlarini  chuqur  tahlil  qilib,
O’zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining o’zagi sifatida quyidagi beshta  asosiy qoidani o’rtaga tashladi. Islom Karimov – mustaqil O’zbekistonning birinchi Prezidenti.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba