Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haqida sherlar. Bolalar uchun Islom Karimov xotirasiga sherlar to’plami.
Islom Karimov haqida sherlar.
Bu tuproqning farzandlari bek bo‘ladi,
Topgan-tutgan davlatlari erk bo‘ladi,
Ildizlari hazrati o‘zbek bo‘ladi,
Beshigida avliyolar o‘sgan elim,
Sadoqatni Yurtboshingdan o‘rgan, elim!
Unutmаsmiz sizni hech vаqt, hech qаchоn.
Yаshаgаysiz mаngu qаlblаrimizdа
Dоhiysiz biz uchun eng ulug’ insоn
Bаrhаyоt shоdligu g’аmlаrimizdа
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn
Kelаjаk аvlоdgа sizdаn esdаlik
Minglаb inshооtlаr, minоrlаr qоldi
Fаqаt bugun emаs, аbаd, ertаlik
Yаprоqlаri оltin chinоrlаr qоldi
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn
Obоd Vаtаn qоldi, оzоd yurt qоldi
Osmоnlаrdа uchib оppоr kаbutаrlаr
Bir umrlik elgа sizdаn qut qоldi
Qаbringizni quchib о’ssin nаstаrlаr
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn
Nimа desа desin mаyli g’аyurlаr
Oyоq yаlаng yurib tikаnli chо’ldа
Kо’zlаri nаm bоshi egik mа’yuslаr
Kuzаtishgаch sizni оxirgi yо’ldа
NURMUHAMMAD оldi qаlаmin qо’ldа.
Bir xabar tarqaldi,
Yarim tun edi,
Goʻyo gʻam seliga botdim, yoʻqoldim.
Kimdir yoʻlboshchidan ayrildik dedi,
Men-chi, aziz doʻstdan ayrilib qoldim.
Kimning xayoliga kelmishdir axir,
Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor.
Alam boʻgʻzimizda achchiq va taxir,
Bu gʻamning na cheki — chegarasi bor.
Ketdi nogahonda aytmay biror soʻz,
Hijron oloviga barchani tashlab.
Oʻzbek osmonida soʻndi choʻng yulduz,
Katta-yu kichikning koʻzini yoshlab.
Biz — noqis bandalar, oʻylamay goho,
Boshimiz silagan qoʻlni tishladik.
Yuz yillab teskari aylandi dunyo,
Oʻz emas, oʻzgalar uchun ishladik.
Biz — ojiz bandalar, anglamay turib,
Birovning zabonin sanadik afzal.
Shu yurt daholarin bilib va koʻrib,
Begona zotlarga yasadik haykal.
Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq shart edi.
Asriy vayronaning oʻrnida dadil,
Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi.
Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar tashlab oʻtdi bu Inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqining dardiga boʻloldi darmon.
Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin gʻurur yashar havas qilgulik.
Abadiyat oʻsdi koʻz oldimizda,
Shundoq yonimizdan oʻtdi Mangulik.
Islom Karimov haqida sherlar.
Bugun sizsiz yuraklar g’amga cho’madi,
Qushlar ham Sizning qabringizga qo’nadi,
Olloh Sizga jannatni ato qiladi,
Vatan deb yonib kuygan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
O’zi uchun yashamas, bunday inson kam,
Elim deb, yurtim deb uyqu ne, bilmas
Kamtarlikda unga hech kim yetolmas,
Shu yurt deb jon bergan Islom Bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Kamolotga yo’l ochdingiz, bizlar o’qidik,
Yetuk, Olim ,farzand bo’lib yetishdik,
Urush-janjal bilmay hur yurtda o’sdik,
Tinchlik farishtasi Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Har fanda-jabhada sizdek topilmas,
O’zbek deb yurak yoqgan, odam topilmas
Topilsa topilar, sizdek bo’lolmas,
Kimligini ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Ilmini-zexnini meros qoldirgan,
Kichikka-kattani e’zoz qildirgan,
Har jabhani mukammal, yetuk to’ldirgan,
Buyuklardan-buyuk Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Kattayu-kichikning mehrin qozongan,
Yigirma besh yilingiz Vatan deb o’tgan,
O’zbek elini dunyoga tanitgan,
O’zbekiston faxri Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Siz yodimizdasiz, siz yuraklarda,
Siz yoddan chiqmaysiz, abadiy dilda,
Har bir yosh qarining qalbi to’rida,
Qahramonlik ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Islom Karimovga atab.
Siz о’zbek xаlqining tоg’i edingiz
Suyаnаrdik bizlаr bоshimiz qо’yib
G’аrаz kimsаlаrning dоg’i edingiz
Qiynаlаrdi ulаr kо’ksini о’yib
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn
Uyqulаrni shirin tushgа о’rаrdik
Qilmаs edik g’аmni ixtiyоr
Vаtаn tepаsidа sizni kо’rаrdik
Siz tufаyli bizlаr edik bаxtiyоr
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn
Bаg’ringizgа bоsib, sevib аrdоqlаb
O’zbekistоn degаn Vаtаn nоmini
Hech kimgа bermаsdаn mаhkаm quchоqlаb
Tаrаtdingiz dunyоgа shuhrаt shоnini
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn
Butun jаhоn bugun tаnidi bizni
Xudо sizgа nаzаr sоlgаni bоis
Nаbirаlаringiz оqlаdi tuzni
Nаsihаtlаringiz оlib yuz fоiz
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn
Tepаmizdа оtаm tаxtim bоr derdik
Qо’rqmаs edik hech kimdаn, qо’rqmа derdingiz
Ming shukur tinch yurtim, bаxtim bоr derdik
Sherni turtib, tulkini о’pmа derdingiz
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn
O’g’lim, qizim, kelinim men hаm yig’lаdim
Tо’qsоn yоshli оnаm titrаb yig’lаdi
Umri bir аsrgа teng hаm yig’lаdi
Yоrug’ оlаm оh urib, ingrаb yig’lаdi
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn
Tavsiya etamiz: Vatan haqida sher
Islom Otam shohim otam.
Ming o‘rgilay Islom ota, mehringizdan,
Tushlarimga kirib turgan chehrangizdan.
Madad so‘rab tiz cho‘kaman ruhingizdan,
Avliyoga tenglashtirgum ismingizni,
Rahmatiga olsin Xudo bugun Sizni.
Asriy mudroq erk qushini o‘yg‘otgan Siz,
Temirbekka xos jasorat ko‘rsatgan Siz,
Yurtni asli sevishni-ku o‘rgatgan Siz,
Ruhingiz shod bo‘lsin, endi jonim, Otam,
Yo‘lingiz nur, xokingiz gul shonim Otam.
Qabringizda oq atirgul gullamoqda,
Farzandlarin ota ruhi qo‘llamoqda,
Buyuk g‘oya xalqni baxtga yo‘llamoqda!
Mustaqillik karvoniga sarbon, otam,
Endi yurak so‘zlaringiz armon! Otam.
“Otam” deya to‘qson yoshli onam yig‘lar,
O‘zbekiston motamsaro, olam yig‘lar,
Ko‘ngildagi adog‘i yo‘q nolam yig‘lar.
Suyanganim, ishonganim bog‘im, Otam.
Vatan uchun qalqon bo‘lgan tog‘im Otam.
Xato qilsak, himmat bilan tuzatdingiz,
Muhtojlarga imdod qo‘lin uzatdingiz.
Johil dunyo o‘yinlarin yeuzatdingiz…
Siz ko‘zlagan manzil yaqin, Islom otam.
El qalbida yashagaysiz mudom Otam.
Hech bir jabha nazardan–ku qolmadi-ya,
Ozod Vatan deya yurak tolmadi-ya,
Yonib yashab halovatni bilmadi-ya,
Asrga teng Davlat qurgan shohim Otam
Navro‘z, Hayit hadya etgan jonim Otam.
Goh ekranda chehrangizni ko‘rganda biz,
Yodimizda, yonimizda yurgandaysiz,
Hamon bizga yo‘l ko‘rsatib turgandaysiz,
Siz ko‘zlagan manzil yaqin, Islom otam,
El qalbida yashagaysiz mangu mudom, Otam.
O‘rgilayin ming bor o‘pay poyingizdan,
Gullar o‘ssin, Ota yotgan joyingizdan.
Ruhlanamiz bergan buyuk g‘oyangizdan,
Siz qurgan yurt mingga kirsin shonim Otam,
Obod yurtim baxtga to‘lsin shohim Otam.
Bormoqdamiz Siz qoldirgan nurli izdan,
Otajonim, rozi bo‘ling o‘g‘il-qizdan.
Ona xalqim yuz ming bora rozi Sizdan,
Oxirati obod bo‘lgan sulton Otam,
Mangu yashnar sizdan meros bo‘ston, Otam.
Islom Karimov rasmlari.
Tavsiya etamiz: Islom Karimov – mustaqil O’zbekistonning birinchi Prezidenti.