Amir Temur haqida sherlar bolalar uchun

0
Amir Temur haqida sherlar bolalar uchun

Amir Temur haqida sherlar bolalar uchun.

Amir Temur haqida.

  1. Buyuk bobomiz 1336-yil 9-aprelda Keshdan uncha uzoq bo‘lmagan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida barlos urug‘iga mansub bo‘lgan bek Tarag‘ay Bahodir oilasida dunyoga keldi.
  2. Temur yoshligidan bilimga tashna bo‘lishi bilan birga harb ilmiga qiziqqan, otlarni juda sevgan va mohir chavandoz bo‘lgan.
  3. Amir Temur juda olijanob qalb egasi bo‘lgan. U Movarounnahrdek buyuk davlat tuzgan. Eron, Turkiya, Hindiston kabi yirik davlatlarda ilm-ma’rifat, madaniyatni targ‘ib etgan. Qizil O‘rdaning istilochilik hukmronligiga barham bergan.
  4. Amir Temur iqtisodiy mustahkam, xalq manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tuzdi.
  5. Amir Temur buyuk siyosatchi, sarkarda, o‘z davrining buyuk davlat arbobi bo‘lgan. Uning shiori – “Kuch – adolatdadir”, degan purma’no hikmat bo‘lgan.
  6. Amir Temur 27 ta katta-kichik tarqoq shaharlarni birlashtirib, qudratli davlat tuzdi.
  7. Bobomiz Samarqand, Buxoro va Turkistonda tarixiy obidalar, madrasalar, maqbaralar qurdirdi. Obodonlashtirish ishlarini olib bordi.
  8. Amir Temur davlatining poytaxti – Samarqand shahri bo‘lib, juda obod va chiroyli shaharga aylantirildi.

Amir Temur haqida sherlar bolalar uchun.

Jahongir Temur kabi,
Bo‘lsin deya bahodir,
Ota-onam nomimni,
Qo‘ygan balki Jahongir.
Menga jahon kerakmas,
Shu yurtim — ulkan jahon.
Jahon bir taraf bo‘lsa,
Bir taraf — O‘zbekiston

Tavsiya etamiz: Amir Temur – buyuk shoh va sarkarda mavzusida insho

Temuriylar…

(Amir Temur va Temuriylar xotirasiga bag’ishlangan she’r !)

O’zbekning tarixi jahonga tengdir
Har bitta so’zining ma’nosi kengdir
Tarixni titib aqlingga sig’dir
Bizning tariximiz TEMURIYLARDIR!

O’zbek tarixini cho’llarga yoysa
Suv toshib ketar daryoga otsa
Samarqandda yer tepib yurmangiz aslo
Ahir u yerlarda TEMURIYLAR bor!

O’zi vafot etgan , huddi tirekdek
Yolg’iz qolgan joyda dildan sherikdek
Har bir savob ishda xatto yoningdek
Diydori qiyomat TEMURIYLAR bor!

Haqqiga duolar qilaylik bugun
Ularga munosib bo’laylik bugun
Ruhlar hozir-u nozir deyilgan
Demak yonimizda TEMURIYLAR bor!

Ularni bilmasang o’zbek emassan
Tik turib yuribsan tirik emassan
O’zingni o’zing aldama buncha
O’zligingni bilmasang o’zbek emassan!

Qizg’onib tarixni , kitoblarni
Ochilgan har bir varoqlarni
Qadrlang jilddagi haqiqatlarni
Chunki haqiqatdan TEMURIYLAR bor!

Nohaqlikni ko’rib jim qarab turma
Olimlarni xo’rlatib , yig’latib qo’yma
O’zligingni o’zing unutib qo’yman
Axir qoningda ham TEMURIYLAR bor!

Ular davri o’tdi deb zamonni quvma
Tiling kelgan har so’zni aytma
Faqat oldinga intil, ortga hech qaytma
BIZNI QO’LLAB TURUVCHI TEMURIYLAR BOR!!!

Amir Temur haqida qo’shiq.

Siz – Amirsiz, Siz-Temursiz,
Jahongir Sulton.
Iymondirsiz, vijdondirsiz
Siz aziz inson.
Qalblar aro ko’tarmoqda
Ruhingiz isyon,
Temur bobo, nomingizni
Yod etajakmiz.
Olam aro ruhingizni
Shod etajakmiz.
Tumorlarda, duolarda
Yashab qolasiz,
Ko’kni o’pgan binolarda
Yashab qolasiz,
Ko’zga ko’chgan,
Ziyolarda yashab qolasiz,
Narziy bitgan navolarda
Yashab qolasiz.
Temur bobo, nomingizni
Yod etajakmiz,
Olam aro ruhingizni
Shod etajakmiz!

Amir Temur va pirikomillar

— Temur otli pahlavon,
Topar chog’ida kamol
—Unga bo’ldi esh, hamdam
Shayx Shamsiddin Kulol.
— Sohib karomatlarning
Biri edi Shayx Kulol.
Tarag’ay Bahodirning
Piri edi Shayx Kulol.
— Amir Temur bahramand
Pirning o’gitlaridan.
Ixlos bilan ushladi
Shayx Kulolning baridan.
— Bir tomondan qo’lladi
Suyub Said Baraka.
O’tmas edi uningsiz
Mashvarat-u ma’raka.
— Shundan buyuk saltanat
Dovrug’ soldi jahonga.
Barcha ta’zim ayladi
Temur Sohibqironga.
— Buyuk zotlar nafasi
Har doimo qo’llasin!
Ona yurtimni mudom
G’oliblikka yo’llasin!

Amir Temur bobomiz.

Amir Temur bobomiz
Mard-u jasur bobomiz.
Jang-u jadallar kezgan
Buyuk davlat, yurt tuzgan.
Abadiy o’chmas nomi,
Tilimizda kalomi.
Unutmaymiz hech qachon
Sizni ulug’ bobojon!

Amir Temur haqida sher.

Buyuk saltanatni tikladi Temur,
Istagi: avlodim otsa zo’r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo’lib,
Xaiqim osoyishta ko’rsaydi umr.
3-o’quvchi:
— Sohibqiron aytar: ey farzandlarim,
Ko’zimning qarog’i jon dilbandlarim.
Millatning dardiga darmon bb’lingiz,
Bo’shashtirmang mening bo’g’in-bandlarim.
4-o’quvchi:
— Adolat, ozodlik dastida bo’ling,
Yomonlik, razolat qasdida bo’ling.
Nifoq tuxmlarin ekmangiz aslo,
Yaxshilik, ezgulik rostida bo’ling!

Tavsiya etamiz: Amir Temur haqida. Tarjimai hol

O’zbekning.

Yillarning qa’ridan omon chiqolgan,
Istibdod taxtini yengib, yiqolgan,
Istiqlol mash’alin gurlab yoqolgan,
Boshi, osmon bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Dong‘i doston bo‘lsin bugun o‘zbekning!

Beruniy yaratgan ziyosi bilan,
Jon tabibi-ibn Sinosi bilan
Qaddi baland bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Jismi payvand bo‘lsin bugun o‘zbekning!

Amir Temur otliq bobosi bilan,
Marvarid yaratgan navosi bilan,
Intizor Boburiy Mirzosi bilan
Nasli ulug‘ bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Rizqi to‘luq bo‘lsin bugun o‘zbekning!

Sohibqiron.

Sohibqiron aytar: ey farzandlarim,
Ko‘zimning qarog‘i jon dilbandlarim.
Millatning dardiga darmon bo‘lingiz,
Bo‘shashtirmang mening bo‘g‘in-bandlarim.

Adolat, ozodlik dastida bo‘ling,
Yomonlik, razolat qasdida bo‘ling.
Nifoq tuxumlarin ekmangiz aslo,
Yaxshilik, ezgulik rostida bo‘ling!

Temur bobom

Abadiyat olovin yoqqan,
Haqqoniyat yalovin taqqan.
Quyosh bo‘lib boshlarda balqqan,
Misli to‘fon ko‘pirib qalqqan
Sharaf-shoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.

Asrlarki shoningiz o‘chmas,
Tamal toshi Siz qo‘ygan – ko‘chmas.
Birlashmagan elat-el kuchmas,
Daholarsiz yurt zafar quchmas,
Alp xoqoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.

Tish qayratib o‘ch, adovatda,
Yog‘iy bosar, beklar g‘aflatda.
El-yurt to‘zgan, siz malomatda,
A’molingiz: “Kuch – adolatda!”
Zo‘r qalqoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.

Quvib boshdan asriy kulfatni,
Yaratdingiz buyuk davlatni.
Yuksaltirib fan-ma’rifatni,
His etdingiz nozik san’atni
Qalb sultoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.

Tavsiya etamiz: Amir Temur haqida qiziqarli faktlar