Домой She'rlar to'plami Harbiylar haqida sherlar bolalar uchun

Harbiylar haqida sherlar bolalar uchun

Harbiylar haqida sherlar bolalar uchun

Harbiylar haqida sherlar bolalar uchun. Askarlar haqida sherlar qisqa. Askarlar rasmi.

Harbiylar haqida sherlar.

Yigitlar xalqlarning maktovi-ko‘rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.

Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at

Armiyamiz mustahkam

Armiyamiz mustahkam,
Xalqparvardir chinakam,
Yurtimizda har askar,
Jasur, mard va xaloskor.

O’zbekiston o’g’loni,
Bo’lib tinchlik posboni,
Barcha ezgu insonni,
Sharaflaydi jahonni.

Zenitchi.

Samalyotning ovozi
Gumburlab ko’kni tutdi.
Bizning osmonimizdan
Kimlardir uchib o’tdi.

Lekin qorong’u tunlar
Kunduzdan to tonggacha
Zenitchi tayyor turar
Osmonlarga nur sochar.

Yov bo’lsa u ketolmas,
Urib tushirar shu on.
Do’st bo’lsa nishon olmas,
Uchiraversin begumon.

Tavsiya etamiz: 14-yanvar vatan himoyachilari kuni ssenariysi

Uchuvchi haqida sher.

U temir qushin oson,
Bulutlarga ko’tarar.
Endi yurt yovdan omon,
Osmonimiz bexatar.

Dengizchi.

Bayrog’imiz hilpirar,
Dengizchi xayol surar.
Bilarki qo’llarida,
Vatan tinchligi turar.

Tankchi.

Har qanday joydan tanklar,
Qiynalmay o’ta olar.
Qurollar hujumga shay,
Yovga tez yeta olar.

Desantchi.

Desantchilar minutda,
Osmondan tushib kelar.
Parashuytni tez taxlab,
Yovlarni quvib kelar.

O’rmonlarni, tog’larni,
Dalalarni kezarlar.
Hamla qilgan yovlarni
Inidan tez topishar.

Chegarachi bolalar uchun sher.

Shoxlarda qushlar mudrar,
Osmonda bir yulduz yo’q.
Lek chegara yo’l uzra,
Askar ko’zin yumgan yo’q.

Chegarachi uxlamas,
Sarhadlarni kuzatar.
Ular sergak ekan bas,
Na bir yovdan xavf yetar.

Vatan himoyachisi.

Mening akam harbiydir,
Vatan himoyachisi.
U jangovor komandir,
Uchqichning uchuvchisi.

Vatan sarhadlarini
Qo’riqlashar kunu tun.
Yov tumshug’in tiqolmas,
Yo’llari to’siq butun.

Men qahramon akamga,
Doim havas qilaman.
Voyaga yetsam agar
Men ham harbiy bo’laman.

Jajji askarlar.

Bir, ikki, bir, ikki,
Qadam tashlaymiz.
Safda baralla,
Qo’shiq boshlaymiz.

Biz jajj askar,
Safdamiz inoq.
Ona yurt madhin,
Kuylaymiz quvnoq.

Bir, ikki, bir, ikki,
Qadamlar shaxdam.
Har kun mashq qilib,
Bo’lamiz bardam.

O’sib, ulg’ayib,
Kuchga to’lamiz.
Yillar o’tib biz,
Askar bo’lamiz.

Tavsiya etamiz: 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sherlar

O’zbekistonim.

Do’stlar mening yurtimni,
O’zbekiston deydilar.
Dong’i tutgan dunyoni,
Bog’i-bo’ston deydilar.
Bog’chalarda mevalar
Sharbat bo’lib pishadi.
Uzum, olcha, behilar,
Yo’lingizga tushadi.

Ko‘kda hilpirar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i
Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i
“O‘z bayrog‘im” deb xalqim, dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, o‘z ramzi, manosi bor.

Askarlarga tabrik she’r.

Toʼrt muchassin sogʼ qil Xudoyim,
Roʼyo boʼlsin yomon xayoli,
Yuragini togʼ qil erkakning-
Yigʼlamasin uning ayoli.

Egilmasin hech qachon boshi
Yurt ishqida boʼlsin xayoli
Toʼmarislar oʼtgan zamin bu-
Gʼururi baxt boʼlsin ayolning.

Or-nomusi baland yigitning
Koʼkragida boʼlsin sher yoli
Uyida bek, mayli shoh boʼlsin
Vazir boʼlsin xokim ayoli.

Xudo nazar solgan zaminni,
Аytishadi, jannat misoli,
Yigitlarni koʼzdan asrasin
Illo baxtli boʼlsin ayoli
Yigʼlamasin uning ayoli…

Harbiy qasamyod matn.

«Men (familiyasi, ismi, otasining ismi) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, xalqimga, Prezidentimga sodiq bo‘lishga tantanali qasamyod qilaman.

Men O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va qonunlarini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy nizomlarni, qo‘mondon va boshliqlarning buyruqlarini so‘zsiz bajarishga, harbiy intizomga qat’iy rioya qilishga, halol, jasur va sergak jangchi bo‘lishga qasamyod qilaman.

So‘nggi nafasim qolguncha ona Vatanimning sadoqatli farzandi bo‘lib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqati va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.

Jonajon O‘zbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo‘lishga qasamyod qilaman.

Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam qonunlarda belgilangan jazoga va xalqimning nafratiga mubtalo bo‘lay».

Tavsiya etamiz: 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni tabriklari