Домой She'rlar to'plami 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sherlar

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sherlar

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sherlar. Vatan himoyachilari haqida sher. 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga rasmlar.

Vatan – ulug‘ tushuncha. Uni asrab-avaylash, rivojiga munosib hissa qo‘shish, yovlardan himoya qilish har bir insonning muqaddas burchi. 14 yanvarning yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” sifatida nishonlanishi zamirida ham ana shunday mard farzandlarga bo‘lgan yuksak hurmat va e‘tibor mujassam.

Vatan mudofaasida kamarbasta bo‘lgan barcha mard va jasur yurt posbonlarini, harbiy xizmatchilarni bayram bilan muborakbod etamiz!

Vatan himoyachilari kuni sherlar.

Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.

Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at

Yigit boshi omon bo’lsin.

Qay makonda qay tomonda,
Tinimi yo‘q shom azonda,
Ne bo‘lsa xam issiq jonda,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Doim deydi uyim joyim,
Xalol mexnat qilsin doim,
Rizqin ulug‘ qil xudoyim,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Boshi g‘amdan egilmasin,
G‘urursiz orsiz bo‘lmasin,
Yigit xech qachon sinmasin,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Asra taqdir xatosidan,
Saqla shayton ig‘vosidan,
Ota ona duosidan,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Nasib et bir vafoli yor,
Xamrox bo‘lsin baxt-u iqbol,
Doim bo‘lsin to’leyi yor,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Ey yaratgan karami keng,
Sen barchaga barobar teng,
Shu o‘tinchim avvalo eng,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Tavsiya etamiz: 14-yanvar vatan himoyachilari kuni ssenariysi

Vatanparvarlar

Kimdir cho‘pak otsa o‘zbek nomiga,
Tegadi g‘ururning baland tomiga,
Yurak zirillaydi, ko‘zda chaqnar o‘t,
Tortadi alamli o‘ylar domiga…

Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari,
Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari,
Bolasin beshikda quchgan kelinchak,
Tuprog‘ini sevgan bobojonlari.

Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,
Bir bog‘ bor , bir gulshan , bitta chamanzor!
Oh , mening yuragim – jon, O’bekiston,
Mening muhabbatim aks etgan diyor.

Ko‘taring boricha bu el shonini,
Ko‘rsating dunyoga bor imkonini,
G’ayurlarning dami ichida qolsin,
E’zozlab olishsin tilga nomini.

Erkakdan omadni ayama falak,
Jonini asragil, etmagil xalak.
Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam,
Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam.

Men ham harbiy bo’laman.

Mening akam harbiydir,
Vatan himoyachisi.
U jangovor komandir,
Uchqichning uchuvchisi.

Vatan sarhadlarini
Qo’riqlashar kunu tun.
Yov tumshug’in tiqolmas,
Yo’llari to’siq butun.

Men qahramon akamga,
Doim havas qilaman.
Voyaga yetsam agar
Men ham harbiy bo’laman.

Tavsiya etamiz: Vatan haqida sher

Ona –Vatan posbonlari!

O’zbegimning nomus – ori,
Oriyatli askarlari.
Momolarim iftixori
Toza vijdon , iymonlari,
Ona –Vatan posbonlari !

Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak.

Alpomishdek botir, jasur yigitlar,
Arslon ham sizlardan dars olsa kerak.
Vatan uchun har nega qodir yigitlar,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak.

Siz sohibqironning vorislarisiz,
Kelajak kun sizga bog’liqdir, beshak.
Chayir va zabardast aziz o’g’lonlar,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak!

Dunyoda bor ekan sizday o’glonlar,
Tinch va xotirjam uradi yurak.
Ko’ksi Vatan uchun qalqon yigitlar,
Qutlug’ bayramingiz, bo’lsin muborak!

Mustahkam armiyamiz.

Osmonimiz musaffo,
Oh qanday tozza haavo.
Gard yuqmagan har tafti,
Porloqdir kelajak baxti.

Dovyurak har alping,
Vatanga joni fido,
Yuksak shonu shavkating,
Har yurak senga shaydo.

Qo’rg’onimiz tinch totuv,
Mustahkam armiyamiz,
Yurakda yuqdir qo’rquv,
Yayrab bilim olamiz.

Tavsiya etamiz: 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni tabriklari

Vatanimni asrayman.

Ustoz bizga har kuni,
Takrorlaydi shu so’zni.
Mard jasur o’gillarim,
Sizlar mening g’ururlarim.

Qalbimda qo’rqoq hissi,
Ketgan edi shu zahoti.
Bobolarim sher o’tgan,
Dushmanni yer tishlatgan.

Yuragimda qoni bor,
Amur Temur nomi bor.
Shashdil qadam tashlayman,
Ona Yurtim asrayman.

Askar yigitlarga.

Safda turib qadam tashlab,
Yaqiningiz ko’zin yoshlab,
Ulg’ayib yetib voyaga,
Ketayapsiz armiyaga.

Mardu jasur askarlarim,
Siz borsiz tinchdir Vatanim,
Yuragimda o’ti borlar,
Vataniga vafodorlar.

O’t chaqnar qadamidan,
Yov o’tolmas yonidan,
Vatan uchun kechar jonidan,
Xalqim minnatdor sizdan.

Erta kech tinim bilmay,
O’yin kulgu nima bilmay,
Xizmatga shay turadilar,
Tik oyoqda yuradilar.

Kuch qudratli askarlarim,
Sizga ko’pdir tilaklarim,
Doim bo’ling sog’salomat,
General bo’ling sizga omad.

Siz o’zbegim farzandisiz,
Onaizor dilbandisiz,
Yurt boshim ishonganisiz,
Ozod yurtni ximoyachisiz.

Vatan himoyachilari haqida sher.

Mart o’g’lonlar turar to’p,
Ona zamin Vatan deb,
Qorachig’dek asrar xo’p,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Har bir o’g’lon burchidir,
Asrab avayla yurtdir,
O’z uyida xursanddir,
Mustaqillik yurtimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo O’zbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
O’zbekdan sayyoxlarga,
Kerakmas taklif noma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yutimiz.
Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.

Armiyamiz mustahkam.

Armiyamiz mustahkam,
Xalqparvardir chinakam,
Yurtimizda har askar,
Jasur, mard va xaloskor.

O’zbekiston o’g’loni,
Bo’lib tinchlik posboni,
Barcha ezgu insonni,
Sharaflaydi jahonni.

Tavsiya etamiz: Vatan haqida maqollar

Vatan himoyachilari sheri.

Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim,
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.

Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha,
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,
“Havf, havf”, deya bor ovozicha
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.

Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim,
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.

Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol,
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.

Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.

Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.

Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.

Senga ko‘ngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.

Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.

Erkaklar bo‘lmasa.

Erkaklar bo‘lmasa, aytilmas  azon,
Erkaklar bo‘lmasa, qaynamas qozon,
Erkaklar bo‘lmasa, chaqaloq  qayda,
Erkaklar bo‘lmasa, shapaloq  qayda,
Erkaklar bo‘lmasa, mo‘ylov  qaydadir,
Erkaklar bo‘lmasa, kuyov  qaydadir,
Dunyo turguncha tursin erkaklar,
Doimo hurmatda yursin  erkaklar!

Bayramlar muborak!

Vatan himoyachilari kuni haqida sherlar manzur bo’ladi degan umiddamiz.

Tavsiya etamiz: Harbiylar haqida sherlar bolalar uchun