Sahifamizda engchiroyli qizlar ismi va o’g’il bolalar ismi mavjud. Ismlar manosi bilan joylashtirilgan. Diniy ismlar qizlar uchun.
Ismlar manosi.
Yaratganning eng buyuk ne’matlaridan biri bu – farzand. Uning voyaga yetishi, o‘sib-ulg‘ayishi ham, kamolotga yetishi ham va shaxs sifatida hayotda o‘z o‘rnini topib ketishi ham ota-ona uchun bitmas tuganmas ne’matdir.
Farzandga go‘zal ism tanlash Alloh tomonidan berilgan ana shu ne’matni e’tirof etish, qadriga yetish deganidir. Chunki chiroyli, ma’noli ism kishi siyratini yanada go‘zallashtiradi. Aksincha, ma’nosi g‘aliz va xunuk ismlar hech kimga xush kelmaydi.
Eng chiroyli ismlar o’g’il bolalar uchun.
Muhammad ( maqtovga, olqishlarga sazovor).
Abdullah (Allohning quli, suyukli bandasi).
Ali (eng yuksak, eng ulug’, oliy, yuqori martabali).
Ibrohim (xalqlar otasi).
Ismoil (Allohdan so‘rab olingan, Alloh tuhfa qilgan bola) va shunga o’xshagan ko’pgina ismlar mavjud.
Mustafo
Tanlangan, saralab olingan, dovyurak. Bu nom Muhammad SAVning siyratlaridan biridir.
Imronbek
Tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, imonli, e’tiqodli, jasur, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan.
Umar
Mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo‘lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba’zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi.
Usmon
Siniqchi, singanlarni davolovchi, shikastband yoki og‘ir, bosiq, mard, jasur. Bu nom Usmon ibn Affon (614-656 yillar) choryorlar deb yuritiluvchi halifalarning uchinchisining ismi.
Bilol
Uch kunlik oy, yangi tug‘ilgan oy, (Hilol) yoki sog‘lom bola. Payg‘ambar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sahobalaridan biri bo‘lgan.
Eng chiroyli ismlar qiz bolalar uchun.
Soliha
Pokiza, ozoda yoki diyonatli, taqvodor, xudojo‘y, oq ko’ngil, mehribon, oqila, iymonli, sadoqatli, muslima qiz.
Muslima
Musulmon, xudojo‘y ayol, soliha, Allohga itoat etuvchi mo‘mina qiz.
Iymona
Ishonch, ishonish, e’tiqod qilish, toat ibodat qilish, sig‘inish; imoni, e’tiqodi mustahkam.
Mubina
Jozibali, istarasi issiq, lobar, ochiq chehrali, rostgo‘y latofatli, zebo qiz.
Aylin
Oyning yorugligi.
Diyora
O‘lka, zamin, ona yurtning vafodor, fidokor, elim, yurtim deb yashovchi farzand.
Safiya
Aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya – sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning o‘n uchinchi ayollarining ismi bo‘lgan.
Sa’diya
Baxtli, taxtli, saodatli, iqboli porloq, to’lei baland. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ni emizgan onalari Halimayi Sa’diya sad qabilasidan.
Malak
Farishta, ya’ni chiroyli, suluv, sohibjamol, zebo, go‘zal, sof, pok, ozoda, orasta.
Xadicha
Chala tug‘ilgan. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning birinchi xotini Hadicha (taxm. 555 – 556 – 620 – 621) ning ismi, Fotimaning onasi
Tavsiya etamiz: Do’st, Do’stlik haqida maqollar














