Tug’ilgan kun tabrik rasmlari

0
Tug'ilgan kun tabrik rasmlari

Tug’ilgan kun tabrik so’zlar, Tug’ilgan kun tabrik rasmlari va bayram tabriklari.

Eng chiroyli tabrik so’zlar

Tavallud kuningiz muborak bo’lsin! Xar bir kuningiz ajoyib mo’jizalar bilan to’lib toshsin, barcha orzu-istaklaringiz xech qanday qiyinchiliklarsiz va to’siqlarsiz ro’yobga chiqsin! Chinakam muxabbat, sog’lik, omad, ishonchli do’stlar umr bo’yi xamrox bo’lsin. Iliqlik, orastalik va mexribonlik xislari Sizni aslo tark etmasin!

Tug’ilgan kuningiz bilan muborakbod etaman! Ajoyib baxt, abadiy yoshlik va go’zallik, cheksiz quvonch, mexr-oqibat, ko’tarinki kayfiyat xamrox bo’lsin! Sog’lik-salomatlik, doimiy faollik va izchillik, o’z qadrini biladigan va misli ko’rilmagan ijobiy natijalarga erishish baxti nasib etsin! Siz qo’l urgan barcha xayrli ishlar muvaffaqqiyat cho’qqilarini zabt etsin, yaxshi kayfiyat xech qachon Sizni tark etmasin!

Tug’ilgan kuningiz qutlug’ bo’lsin, azizim! Xayotingiz baxtli laxzalarga va takrorlanmas ajoyib xayajonli daqiqalarga to’la bo’lsin! Xayot so’qmoqlarida Sizni qo’llab-quvvatlovchi va umid baxsh etuvchi yaqinlaringiz, istalgan paytda yordam qo’lini cho’zishga tayyor turuvchi do’stlaringiz aslo tark etmasin. Xayot yo’lingiz igna bilan ko’z oqiga yozishga arzigudek ibratli va takrorlanmas baxtli onlarga to’la bo’lsin!

Tavallud ayyomingiz qutlug’ bo’lsin! Xar doim go’zallik, quyosh xarorati kabi iliqlik va ayollik ibosi Sizni tark etmasin! Sizga yaqinlaringizning samimiy tabassumlari va mexr-muxabbatlari xamroxlik qilsin. Kundalik ishlaringiz quvonch bilan, xayotingiz esa mamnuniyat xis-tuyg’ulari bilan yo’g’rilsin! Xayotingiz bir umr abadiy baxtli va umidbaxsh laxzalar og’ushida bo’lishiga tilakdoshman!

Tug’ilgan kun tabrik rasmlari.

Bu she’rni mehrimni parchash dedim
Har bir misrasini sizga atadim
Tabriklayman sizni aziz singlim,
Deyman tug’ilgan kuningiz bilan! Sog’inchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin.

Azizim hayotda shodlik bor bo’lsin
Ana shu shodliklar sizga yor bo’lsin
Qalbingiz orzu va quvonchga to’lsin
Bugun tilayman sizga ko’p tilak.
Tug’ilgan kuningiz bo’lsin muborak!

Muxabbat bog’ining rayxoni bo’ling,
Devona qalblarning darmoni bo’ling,
Gar ranjitsalar yig’lamang kuling,
Do’stlaringiz uchun doim sog’ bo’ling

Tilaklar ichida izlab topganim
Alloh nigohini sizga qaratsin.
Yagona o’tinchim Allohdan bu kun
Sizdek insonlarni ko’proq yaratsin.

𝑶𝑳𝑳𝑶𝑯 𝒖𝒚𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒏𝒖𝒓,
𝑸𝒂𝒍𝒃𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒉𝒖𝒛𝒖𝒓,
𝑶𝒊𝒍𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒃𝒂𝒙𝒕,
𝑶’𝒓𝒏𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒕𝒂𝒙𝒕,
𝑰𝒔𝒉𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒐𝒎𝒂𝒅,
𝑸𝒐’𝒍𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒅𝒂𝒓𝒐𝒎𝒂𝒅,
𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒒𝒖𝒗𝒐𝒏𝒄𝒉,
𝑩𝒊𝒓-𝒃𝒊𝒓𝒊𝒎𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒊𝒔𝒉𝒐𝒏𝒄𝒉 𝒂𝒕𝒐 𝒆𝒕𝒔𝒊𝒏!
𝑻𝒖𝒈’𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒌𝒖𝒏𝒊𝒛 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒏.

Quvonaman juda judayam
Quvonchizdan quvonar olam,
Garchi gullar tutolmasam ham,
Deyman tug’ilgan kuningiz bilan.

Dilda shodlik qalbimiz butun,
To‘y-u bayram dasturhon to‘kin.
Barcha do‘stlar jamuljam bu kun,
Chunki bugun siz tug‘ilgan kun.

Baxt iqbol doim yor bo’lsin.
Yurgan yo’llariz gullarga to’lsin.
Omadingiz ko’rib ko’zlar quvonsin.
Tug’ulgan kuningiz muborak bo’lsin!

Bugun dilda bor mehrim bilan,
Men orzuni sochin siladim.
Bu dunyoda qancha baxt bo’lsa,
Hammasini sizga tiladim!
TUG‘ULGAN KUNINGIZ BILAN…

Tashvish tashlamasin yuzinga soya,
Quvonching topmasin aslo nihoya.
Men baxtiyor bo’lay baxtingni ko’rib,
Menga shunisi bas, menga kifoya.
Tugilgan kuning muborak bo’lsin!

Keraksiz insonga aylanmang aslo,
Keraksiz bo’lishdan asrasin xudo!
Baxt- u saodatdan etmasin judo
Kulib yuring kulishdan qismasin xudo!
Tug’ilgan kuningiz bilan qadrdonim!

tug'ilgan kun

Umringizga tolib toshsin baxt-omad
Alloxdan tilaymiz cheksiz saodat,
Yaqinlar baxtiga boling salomat.
Tugilgan kuningiz bolsin muborak!

Tavsiya etamiz: Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun