21-mart Navro’z bayrami haqida sherlar

0
Navro'z bayrami ssenariysi

Sahifamiz orqali 21-mart navro’z bayrami haqida sherlar. Bolalar uchun bahor, Navro’z bayramiga qisqa sherlar to’plamini topishingiz mumkin.

Navro‘z — bu yilning eng quvonchli bayramlaridan biri bo‘lib, barcha xalqlarda yangilanish va hayotning yangi bosqichiga o‘tishni ramzi hisoblanadi. U bahor boshlanishi, tabiatning uyg‘onishi va yangi hayotning boshlanishini nishonlashni anglatadi.

Navro‘z har birimiz uchun yangi umidlar, maqsadlar va orzularni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu kun, oilaviy va do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, bir-birimizga mehr, e’tibor va hurmat ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Navro’z muborak!

21-mart Navro’z bayrami haqida sherlar.

Sevinchdan koʻzimda yosh,
Oʻzgacha porlar quyosh,
Qutlar seni qari, yosh,
Xush kelibsan Navroʻzoy!

Navro’z ekan tabrik sizniki,
Yangi kunda kulgu sizniki,
Bu kun yana zamin bizniki,
Bayram bo’lsin sayyod bizniki!

Azizam baxt iqbol doim yor bo’lsin,
Yurgan yo’llaringiz gullarga to’lsin.
Omadingiz ko’rib ko’zlar quvonsin,
Navro’z ayyomingiz mubork bo’lsin!

Ko’klam qo’shig’i.

Bugun kurtak
O’qir ertak:
– Bahor keldi,
– Bahor keldi.

Sochi tol-tol
Silkinar tol:
– Bahor keldi,
– Bahor keldi.

Sho’x qaldirg’och
Sayrar g’och g’och:
– Bahor keldi,
– Bahor keldi.

Tojdor turna
Chalar surnay:
– Bahor keldi,
– Bahor keldi.

Hammadan ham
Biz shod xurram:
– Bahor keldi,
– Bahor keldi.

Tavsiya etamiz: Zulfiya tadbir ssenariysi

Kuyga to’lsin Ona vatan sheri.

Mening do’stim, qushchalar, siz
Kuyni buncha xush chalarsiz?
Bahor keldi uchib keling,
Bog’chamizga ko’chib keling.

Keling keling sayroq qushlar,
Qo’shiqlari yangroq qushlar.
Kuyga to’lsin bu bog’, gulshan,
Kuyga to’lsin ona vatan.

Navro’z haqida sherlar 4 qator.

Qaldirg’och qayib uchar,
Qanotin yoyib uchar.
Navro’zda qozon to’lsa,
Elimizni baxt quchar.

***

Ketgan qushlar uzoqdan
Yana bizga qaytadi.
Kurtak ochgan shoxlarda
Sayrab qo’shiq aytadi.

Mavsum qo’shig’i – Navro’z.

Omonlik, hey, omonlik,
Yetdik Navro’zga.
Unutilsin yomonlik,
Qut ber risq- ro’zga.

Yurtga tinchlik so’rayman,
Olamga chiroy.
Shu ayyomni qutlay deb,
Undirdim bug’doy.

Sumalak – bir bahona,
G’animat diydor,
Shu urfimiz shohona,
Oqibatga yor.

Xudoga ming shukurkim,
Yetdik Navro’zga,
Maysa o’sibdi durkun,
Suray men ko’zga.

Tavsiya etamiz: Tanishtiruv sherlari

Chuchmoma sheri.

Chuchmomajon, chuvlab chiq,
Dala- dashtdan duvlab chiq.
Men chanqadim chanqadim,
Lablaringni suvlab chiq.

Chuchmomajon, iyib chiq,
O’jarliging tiyib chiq.
Uzun- uzun ulama
Oq ko’ylaging kiyib chiq

Chuchmomachopib chiqdi,
Xushxabar topib chiqdi.
Xabarin aytmasdan,
Yuzlarin yopib chiqdi.

So’ng yuz ochib, suv, dedi.
Dangasaga suf, dedi.
Har kun turib erinmay,
Yuz- qo’lingni yuv dedi.

Navro’z kuni sheri.

Doirani chaling, jon momo,
Doirani chaling, jon momo,
O’yin tushsin qiz bola.
Yarashibdi chuchmoma.

Somsa yopdim yalpizdan,
Omonlik-e, omonlik,
Yuz navro’zni o’tkazgan
Momolarga beraylik.

Navro’z kuni, qizlarjon,
O’sma bargin teraylik.
Sochga taqib gul- marjon,
Qoshga o’sma qo’yaylik.

Navro’z haqida sher.

Bog’lar – daraxtlarniki,
Tog’lar – lolalarniki.
Kim nima desa- desin,
Bayram bolalarniki,
Bayram bolalarniki.

Bog’ bahorsiz qolmasin,
To’kmasin tog’ lolasin.
O’zbekiton bag’rida
Navro’zlar omon bo’lin,
Navro’zlar omon bo’lin.

Navro’z, navro’z, navro’zim,
Sen mening ko’rar ko’zim,
Sen mening aytar so’zim,
Sen mening xuddi o’zim,
Sen mening yorug’ yuzim.

Tavsiya etamiz: Bahor haqida sherlar

Kelmoqda Navro’z!

Soginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo’lsin!

Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Navro’z uchun sherlar tabriklar.

Xademay nastarin gullaydi bodrab,
Osmonga xushimni eltib ifori.
Quyoshli shudringlar tushar ertalab,
Yuvib dillardan qishning iforin.

Xademay qaldirg’och keladi qaytib,
O’rik shoxlarida bo’rtar dovuchcha.
Turnalar azaliy qo’shig’in aytib,
Sumalak pishadi tong otgunicha.

Xademay lolalar bo’sadek titrab,
Tog’lar viqoriga munis boqarlar.
Yana necha-necha oshiqlar yig’lab,
Bir-birin bag’rida gulxan yoqarlar.

Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor,
Ketolmay qor selib turadi xanuz.
Bir kuy yaraladi, Quyosh bastakor,
Xademay Navro’z, Xademay Navro’z!

Navro’zi olam keldilar!

Aylabon lutf-u karam,
Navro’zi olam keldilar.
O’smadan qoshi qalam,
Navro’zi olam keldilar.

Bir ajib his uyg’otib,
Irmoqlarning xonishi.
Kuylashib savtu ajam,
Navro’zi olam keldilar!

Xush kelding Navro’z.

Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko’z.
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan.
Hush kelding baxor, hush ko’rdik navruz.

Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib.
Xush kelding baxor, hush ko’rdik navroz.

Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Baxor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding baxor, xush ko’rdik navro’z.

Navro’z sheri.

Navro‘z, seni kutar keksa, yosh,
Uyg‘onadi borliq bahorda.
Sen moʻjiza, xislatga yo‘ldosh,
Suvlar toshar, daryo, anhorda.

Bejiz noming «Yangi kun» emas,
Sen qalblarga yoqasan chiroq.
Tabiat har yil yengil nafas
Olar, bo‘yab ko‘kka, ketib oq.

Seni qanday sevmay bo‘ladi,
Oftob kulib, hayot yashnasa?!
Hayajonga ko‘ngil to‘ladi,
Barcha olg‘a qadam tashlasa.

Ochiladi yangi sahifa,
Olislarga boqar o‘tkir ko‘z.
Yetar xalqim o‘z manziliga,
Sen bir mayoq bizlarga, Navro‘z!

Tavsiya etamiz: Bahor haqida matn

Sahifa sherlari internet ma’lumotlaridan foydalanildi.