Ushbu sahifada siz Bahor haqida sherlar. Bahor haqida chiroyli gaplar, bahor rasmlarini topishingiz mumkin. Bahor haqida sherlar sizga manzur bo’ladi degan umiddamiz.
Bahor haqida chiroyli gaplar.
- «Bahor – bu yangi umidlar va yangilanish fasli, tabiatning jonlanib, o’zining eng go’zal shaklini namoyon etadigan vaqtidir.»
- «Bahor kelishi bilan yer yuzasi gullab, yuraklarimda yangi hayot boshlanadi.»
- «Bahor o’zining quyoshli nurida yurdoshimizni orzu va quvonch bilan to’ldiradi.»
- «Bahorda har bir gul, har bir daraxt o’zining eng go’zal va jonli ranglarini ko’rsatadi.»
- «Bahor – bu dunyodagi eng nozik, ammo eng kuchli yangilanish, tabiatning o’zini sevgi bilan qayta yaratishi.»
Bahorning go’zalligini his qilish, yangi boshlanishlarni kutish kabi his-tuyg’ularni uyg’otadi. Sizga ham bahor fasli kabi yorqin va chiroyli damlar tilayman!
Tavsiya etamiz: Zulfiya sherlari
Bahor haqida sherlar.

Oila bogʻida gulzor uzingiz,
Jannatda taralgan ifor uzingiz,
Bugun poyingizda zaminu falak,
BAHORingiz bo’lsin muborak.
Bahor haqida qisqa sherlar.
Keldi bahor gul bahor
Erib biti opoq qor
Uchib keldi qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon
Suvlar oqar shildirab
Yulduz boqar miltirab
Chumolilar Yayrashar
Sho’h bulbular yayrashar
Tavsiya etamiz: Tanishtiruv sherlari
Bahor haqida sher.
Xush kelding Bahorim O’zbekistonga,
Xush ko’rdik lolayu bodom gullaring.
Istiqlol yuz ochgan ota makonga,
Anvorlar toshiydi toza yellaring…
Navro’z haqida sher.
Bodom gulin to‘kar shabboda,
Samo quchar olisda varrak.
Dilim yayrar toza havoda,
Azizlarim Navruz muborak.
Atlas ko‘ylak yarashgan qizlar,
Bir biriga aytishar tilak.
Axir shu kun kutganmiz bizlar,
Azizlarim Navruz muborak.
Shodligim hech ichimga sig‘may,
Uzgim kelar sariq boychechak.
Quvnab kulib sizlarga aytay,
Azizlarim Navruz muborak.
Qozonlarda qaynar sumalak.
Ko‘chalarda pishmoqda chalpak.
Qaldirg‘och ham kelibdi qarang,
Azizlarim Navruz muborak.
Yashayabmiz go‘zal bo‘stonda,
Gullarga boy jannat makonda,
Bugun Navruz O‘zbekistonda,
Azizlarim Navro’z muborak.
Navro’zingdan aylanay sening!
Bahoringa biram yarashgan
Har insonga mehr ulashgan.
Sumalakka,halimga shoshgan
Navro’zingdan aylanay sening!
Gullolalar tizilgan marjon
Omonlikka yetsinda har jon.
Yuraklarda ajib hayajon
Navro’zingdan aylanay sening!
Zilol suvga to’lar ariqlar
Xush ifordan mastku borliqlar.
Qolib ketar ko’ngil og’riqlar
Navro’zingdan aylanay sening!
Sevaralar va Go’zaloylar
Ko’rinishar ochib chiroylar.
Maftunalar bayramni poylar
Navro’zingdan aylanay sening!
Iymoni but Imonaxonlar
Kutdi seni qumsab bahorlar.
Chechak ochdi so’lim naxorlar
Navro’zingdan aylanay sening!
Xush kelibsan yurtimga ko’klam
Olib kelding shodlikni to’plam.
Senla qarindoshlar jamuljam
Navro’zingdan aylanay sening!
Tavsiya etamiz: 8-mart uchun sherlar
Bahor sheri.

Zar doʻppilar yarashardi boshingizga,
Surma surib yurardingiz qoshingizga,
Toʻlmay turib eh, oʻn sakkiz yoshingizga,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Yosh edingizgiz, gʻoʻr edingiz bir nafis gul,
Tol bargidan sochlar yasab yurgan sumbul,
Bogʻingizda ne dard bilan sayrar bulbul,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Bahor keldi, ikkimizga keldi alam,
Siz meniki boʻlmadingiz dunyo bir kam,
Biror marta yuzingizdan oʻpmadim ham,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Koʻylagingiz bezaydimi qaldirgʻochlar,
Ofton chiqsa yaltiraydi qoʻngʻir sochlar,
Sizni arzon sotdibdi-da koʻzi ochlar,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Men baxorni sog‘inganim rost.
Jondan o‘tdi qishning qaxri ham,
Sovuq kunlar qiynaydi biroz.
Yayrab quyosh ko‘rsaydi tanam,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Gurip bo‘lish jonimga tegdi,
Qorlardan ham zerikkanim rost.
Gullar xidin xidlagim keldi,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Boshdan shapka tushmaydi hech ham,
Qaxraton qish ko‘chalar ayoz.
Qishni yomon ko‘rmayman ammo,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Zerikish bor sivet ham o‘chik,
Tunda zulmat qiynaydi xolos.
Qishlog‘imni sevaman biroq,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Tunlar uzun tonglar otmaydi,
Shu qish fasli shaxarlarga mos.
Shaxarda gaz sivet o‘chmaydi,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Zulmat bosgan tun kechalarda,
Bir sham bilan ovunganim rost.
Sher ham bitdi shamim ham erib,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Yomg’ir sheri.
Ko‘z yoshimday yog‘asan yomg‘ir,
Tushunaman, osmonga og‘ir.
To‘lsa yurak, yig‘lar qon bag‘ir,
Samo yerni sel qilar oxir.
Yig‘lab,biroz yumshaydi bag‘ri,
O‘jarligi tugar oxiri.
Bu bir xiyla bahorning siri,
Asli uning hech ham yo‘q kiri.
Goho quyosh chiqar cho‘g‘ bo‘lib,
Chuchmoma ham bizga sho‘x kulib.
Eriydi qor, tog‘da, yo‘q bo‘lib,
Zamin qonar, chanqog‘i to‘lib.
Yomg‘irdan so‘ng chiqib, kamalak,
Go‘yo rangli taqar chambarak.
Bu go‘zallik bahordan darak,
Kutdik bizlar qishda jonsarak..
Sog‘inganmiz seni baxoroy,
Yurtga bergin, go‘zallik chiroy.
Urug‘ qadab xalqim bo‘lsin boy,
Xunaringni keng olamga yoy.
Bahor keldi seni so‘roqlab sheri.

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.
O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq.
Tavsiya etamiz: Ona haqida sherlar
Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida,
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?
Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.
Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
Bahor shamoli sheri.
(Abdulla Oripov sheri)
Bahor kelayotir, toza, musaffo.
Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol.
Daralar qo‘ynida zangor bir havo,
Tumanli shaharda yotmoqlik malol.
Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u,
Oniy umri bilan sollanar chechak.
Bahor, bu — eng toza shabbodadir bu,
Bahor, bu — eng toza shamoldir, demak.
Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni,
Ko‘zimga ko‘ringay dilbar diyorim.
Go‘dak nafasidek yupatar yuzni,
Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim.
Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob,
Mayli, o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin.
Azizim, umringda havo bo‘lsin sof,
Umring shamollari muattar bo‘lsin.
Bahor keldi….
Abdulla Murodulla.
Qizg’aldoqlar ochilganda qirlarda
Asta sevgi uyg’onadi dillarda
Doston bo’lib mahallayu tillarda
Sevgi fasli bahor kirib keldimu
Bolalikning sog’inchini eslatib
Shirin ahirin hayollarni qo’zg’atib
Kimni xursand kimni esa yig’latib
Sevgi fasli bahor kirib keldimu
Yomg’irlaru gohi iliq kun bilan
Yulduzlarga to’la sokin tun bilan
Hamroh bo’lib do’stim senu mem bilan
Sog’inch fasli bahor kirib keldimu
Ilk sevgining iforini taratib
Dalalaru qirlariga qaratib
Go’zal qizlar kulgularin yangratib
Sevgi fasli bahor kirib keldimu.
Bahor.
Uchib yurar mayin shamollar,
Yelpib-yelpib anhor yuzini.
Qirg‘oqlarda soyabon tollar
Oyna-suvda ko‘rar o‘zini.
Tong yellari o‘ynoqlab sekin,
Jiydazorga kirib yo‘qolar.
Maysa o‘tlar tebranib sekin,
Orqasidan kuzatib qolar.
Chumchuqlarning og‘zida cho‘p-xas,
In qo‘yishar tutlar ustiga.
Ko‘kni quchgan teraklar tinmas,
Oro berar kulrang po‘stiga.
Bedapoya, yam-yashil o‘tloq,
Chinorlarda qushlar chug‘urlar,
Ko‘klam ko‘rkin ko‘rdingmi, o‘rtoq,
Chamanzordek hammayoq gullar.
Bahor haqida.

Abdumutalib Ergashaliev
Ko‘kka quyosh bo‘y cho‘zib,
Ta’ftin asta oshirar.
Bahor nafasin sezgan,
Qish ziynatin yashirar.
Bosh ko‘tarib maysalar,
Yashnaydi bog‘-u rog‘lar.
Xar bahor bu pallalar,
Eslatar yoshlik chog‘lar.
Zamin uzra yangidan ,
Xayot boshlanar go‘yo.
Xar yili mart oyidan,
Qayta tug‘ilar dunyo.
Go‘zallik va nafislik,
Ishq fasli bu betakror.
Xar qanday muz yurakga,
Хush kelibsan, qaldirg‘och.
Хush kelibsan, qaldirg‘och,
Qanotingni kengroq och,
Qadiming qutlug‘ bo‘lsin,
Diyorim nurga to‘lsin.
Bahoroyni boshlab kel,
Mehrjonni porlab kel,
Risqu-ro‘zi ko‘paysin,
Do‘stlarni ham chorlab kel.
Dunyo bo‘ylab kezasan,
Nelarni sen sevasan,
Uyim to‘ri seniki,
Qalbim qo‘ri seniki.
Qaldirg‘ochim, qaldirgoch,
Mehr urug‘larini soch,
Dunyoda tinchlik bo‘lsin,
Olam quvonchga to‘lsin.
Uyimni tark etmagin,
Arazlab ham ketmagin,
Ayvonimga uy qurib,
Shodu xurram yashagin.
Uyim emas koshona,
Joying qilma begona,
Atrofingda aylanib,
O‘zim bo‘lay parvona.
Hech kim qilmas kalaka,
Sen bor joyda baraka,
Bolangga ham tegmaymiz.
Hech kim qilmaydi xafa.
Uyimni bozor qilib,
Bolalaring o‘ynasin,
Kelasi yil ham shu payt,
Uyimga mehmon bo‘lsin.
Bahor haqida sher 4 qator.

Bahor chechaklari bo’lsin armug’on,
Siz nurli insonsiz baxtli begumon,
Bayramla qutlayman bo’ling shodumon,
Har kuningiz o’tsin bayramday har on!
***
Bahor oftobiday chehrangiz kulsin
Doimo tabassum hamrohiz bo’`lsin
Kirgan bog`ingiz gullarga to’`lsin
8 Mart bayramingiz muborak `bo’lsin
Hademay Navro’z
Hademay nastarin gullaydi bodrab,
Osmonga hushimni eltib ifori.
Quyoshli shudringlar tushar ertalab.
Yuvib dillardagi qishning g‘uborin.
Hademay qaldirg‘och keladi qaytib,
O‘rik shohlarida bo‘rtar dovuchcha,
Turnalar azaliy qo‘shig‘in aytib,
Sumalak pishadi tong otgunicha.
Hademay lolalar bo‘sadek titrab,
Tog‘lar viqoriga munis boqarlar,
Yana necha-necha oshiqlar yig‘lab,
Bir-birin bag‘rida gulhan yoqarlar.
Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor,
Ketolmay qor sepib turadi hanuz,
Bir kuy yaraladi,Quyosh bastakor,
Hademay Navro‘zdir, hademay Navro‘z!
Bahor isi – Bahor haqida sherlar.
Erimagan xali oppoq qor,
«Muz po‘stinin» yechmagan anxor.
Tarnovlarda billur sumalak,
Sho‘x bolalar otar yaxmalak.
Lekin dimoq boshqa xid tuyar,
Baxor isi ufurib turar.
Qaxraton qish xukmron xali,
Ammo yaqin baxorning gali!
Bahorim.
Tabiat qo‘li gul san‘atkor,
Tuhfasi, husni ham betakror,
Yasharish, uyg‘onish senda bor,
O‘lkamga xush kelding, bahorim.
Daraxtlar shoda dur taqibdi.
Bu ziynat dillarga yoqibdi,
Qizg‘aldoq jilmayib boqibdi,
O‘lkamga xush kelding, bahorim.
Shoir she‘ridagi g‘uluvsan,
Oy yuzli qizlardek suluvsan,
Bunchalar betakror bo‘lursan,
O‘lkamga xush kelding, bahorim.
Har yilgi tashrifing hikmatdir,
Shifobaxsh giyohlar himmatdir,
Navro‘ziy taomlar nematdir,
O‘lkamga xush kelding, bahorim!
Tavsiya etamiz: Zulfiya tadbir ssenariysi














