Alisher Navoiy haqida sherlar

0

Alisher Navoiy haqida sherlar, uning adabiyotga qo’shgan beqiyos hissasini yuksaltirish va uning ijodiga hurmat izhoridir. Quyida Alisher Navoiy haqida sherlar keltiramiz.

Alisher Navoiy haqida sherlar.

9 fevral buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi millatimizning ulug‘ siymosi, o‘zbek tilining asoschisi hazrat Mir-Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Alisher Navoiy — o’zbek adabiyotining ulug’ shoirlaridan biri bo’lib, uning she’rlari xalqning ruhiyatini, ma’naviyatini aks ettirgan. Navoiy o’zining lirik asarlari va falsafiy g’oyalari bilan mashhur.

Navoiy — Nodir Jonuzoq.

Sirlarini ochar asta Navoiy,
Goh hazin, goh masrur sasda Navoiy.

Ishq do’konin bunyod qilmish muhtasham,
Har g’azali — gulgun rasta, Navoiy.

Oshiqadi unga bemor oshiqlar,
Ulashadi shifo xasta Navoiy.

Ulus dardin shimar dilga damo-dam,
Sevinch sochar dasta-dasta Navoiy.

Chechaklarga chang solganda g’addorlar,
Hayot shavqin ko’rar xasda Navoiy.

Muxoliflar bigiz sanchsa giz-gizlab,
Qalam yo’nmas alam-qasdda Navoiy.

Ko’k toqiga ot qo’ysa-da xayoli,
Pok nazari mudom pastda Navoiy.

Shaydo dillar davrasida soqiy ul,
Ishq mayidan mangu mast-da Navoiy.

Do’stlar, shoir bo’lolmasak, ayb etmang:
Bir millatga o’zi bas-da Navoiy!

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy ruboiylari

Alisher va Talaba.

Abdulla Oripov sheri.

Saroy yo‘lga chiqdi savlati bilan,
Alisher arkoni davlati bilan.

Hirot fazosida yangradi takbir,
Shahar aylanmoqda vaziri kabir.

Ulusning dardi ne? A’moli nechuk?
Beva-bechoraning ahvoli nechuk?

Nechuqdir boshlangan inshootlari? 
Mirni qiziqtirar bularning bari.

Garchi shoirdir u benazir, tanho,
Lekin saltanat ham dastidadir jo.

Daryolarni burar imo aylasa,
Mag‘lub muzaffardir himo aylasa.

Tegrasida bukun shohona jonlar,
Sergak sarbozlaru sodiq a’yonlar.

Vazir o‘tib borar guzarlar aro, 
Ta’zimga chiqmishdir jami fuqaro.

Dastori haybatli shayxlar egar bosh,
Bosh egar kosibu shoiru naqqosh.

Alisher barchaga tarahhum bilan,
Hurmat ko‘rgazardi tabassum bilan.

Yuzlab talabalar mamnun, sarafroz,
Ulug‘ Navoiyga chiqdilar peshvoz.

Hali lablaridan uchmay biror so‘z,
Hazrat atrofiga tashladilar ko‘z.

Nigoh yuritdilar saflarga tomon
Va bir talabaga bokdi nogahon.

Mehr ila tikilgach, tushdilar otdan,
Kim ul aziz kimsa aziz bul zotdan?

Borib talabani kuchdilar hazrat,
Olomon ruhida yangradi hayrat.

Sarbozlar, a’yonlar hayratda edi,
Takabbur boyonlar hayratda edi.

Tag‘in otga mindi vazir bekalom,
Karvon o‘z safarin etkazdi davom.

 Oxir bir mulozim sabri tugab, lol,
Alisherga shundoq tashladi savol.

 Kimga shu asnoda baxt kuldi ekan,
Ayting, ul talaba kim bo‘ldi ekan?

O‘ychan bir tabassum qildiyu janob,
Mulozimga sekin ayladi javob:

 Esimda, yosh chog‘im, ko‘p yillar nari,
Menga saboq bergan uning padari…

Navoiyni anglash.

Tarix, degani bu — jang-jadal emas,
So’zdir u , so’zlarda aks etgan ma’no.
Balki turkiyni ham birov til demas,
Navoiy nazmidan tuymasa navo.

Uyg’oq shuur bilan xayolga tolsak,
Navoiy va iymon — egiz tushuncha.
Shoirga biz qancha yaqin borolsak,
Xudoga yaqinlab borurmiz shuncha.

El g’amin o’ylagan bari bir o’lmas,
Uni kutar doim taqdir alomat.
Bu teran nolalar hech qachon so’lmas,
Ko’ngilni avaylab-asrar salomat.

«Ey, Navoiy», deya chorlar o’zini
Muhabbat yo’liga, mehr yo’liga.
«Ey, Navoiy» — jahon ochar ko’zini,
Tilla tushgan kabi gadoy qo’liga.

«Ey, Navoiy» — quyosh tushar samodan,
Ketar poy-piyoda ufqlar oralab.
Yurak entikadi toza havodan,
Metin dardlarini tilka-poralab.

Avlod-avlodlarga hamisha yor u,
Turli xalqlar aro raso qaddimiz.
«So’zimni eshit», — deb bizlarga zor u,
«Biz ham zor», — deyishga bormi haddimiz?

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy rasmlari

Navoiydan o’rgandim.

Men buyuk Ona so‘zin  Navoiydan o‘rgandim,
Vatan  yagona so‘zin  Navoiydan o‘rgandim.

Kim nima desa der, hay, ko‘ksimda yig‘laydi nay,
Yozsam, yoshlangay ko‘zim  Navoiydan o‘rgandim.

Kim so‘zga jafo etgay  yuz fitna bino etgay,
Osmon o‘girgay yuzin  Navoiydan o‘rgandim.

Chorla, Vatan  Onajon, tingla, Yer, tingla, Osmon:
Qalqon bo‘laman o‘zim  Navoiydan o‘rgandim!

Alisher Navoiyga bag’ishlov.

Yuksak tog’ oralab o’kirgan shernin
Na’rasiga tengdir aksi sadosi,
Besh yuz yil yangradi tog’day Vatand
Buyuk Alisherning asriy nidosi.

Daraxshon yulduzlar sari o’kirgan,
Bo’ynida zanjiru, qalbi ozod sher.
Inoniy muhabbat mehri-la vafo,
Erku baxt timsoli ulug’ Alisher.

Besh yuz yil hurmating saqlagan o’zbe
Kecha tug’ilding, deb qiladi faraz,
Yetuk kishilarni yana ming yilla
Xalq farzand ataydi, jondan — beg’araz.

O’zbek deb atalgan ozod ulusning,
Otaxon shoiri, qadrli ustod.
Oshiqlar g’azaling kuyga solganda,
Ma’shuqlar dilining xonasi obod.

Alisherga atab sher.

Yuksak tog’ oralab o’kirgan sherning
Na’rasiga tengdir aksi sadosi,
Besh yuz yil yangradi tog’day Vatanda
Buyuk Alisherning asriy nidosi.

Ona sutidan ham aziz narsa yo’q,
Bag’ir: forsiy — siyna, arabchada — sadr.
Ko’krak suti bilan boqqan o’g’lini
Ona yurt xalqlari qilmoqdadir qadr.

Birinchi tamshangan sutning hurmatin
Butun hayot bo’yi oqlay ololgan,
Tevarak olamda ko’rkin ko’rsatib,
Vatan va xalqini yo’qlay ololgan;

Tirik odamlarga nasiba bo’lgan
Hayotiy farog’at, jahoniy alam;
Birisi ozgina erkalab o’tib,
Birisi bir umr ta’qib qilsa ham;

To’fon, quyunlarda yakkayu yolg’iz,
Monolit, granit haykalday mag’rur,
Termurbek davlatin so’nggi chog’ida
Sakrashu barhayot, bo’ysunmas shuur —

Daraxshon yulduzlar sari o’kirgan,
Bo’ynida zanjiru, qalbi ozod sher.
Ineoniy muhabbat mehri-la vafo,
Erku baxt timsoli ulug’ Alisher

Hirot tongotarin tasavvur kilib,
Yigitlik umringning kamolin ko’rdim:
Qarigan chog’laring qaro shomida
Xuroson o’lkasin zavolin ko’rdim.

Zavolni bilmagan porloq ijoding
Ma’rifat mulkida bitmas xazina!
Insoniy kamolot katta yo’lida
Bir poya yuksakroq oltindan zina.

O’tmishdan besh yuz yil tarixchi uchun
Sinchiklab qarasa — kuni kechadek.
Yashovchan kishiga endigi ming yil
Ertaga qo’liga kirgan o’ljadek.

Besh yuz yil hurmating saqlagan o’zbek
Kecha tug’ilding, deb qiladi faraz,
Yetuk kishilarni yana ming yillar
Xalq farzand ataydi, jondan — beg’araz.

O’zbek deb atalgan ozod ulusning
Otaxon shoiri, qadrli ustod.
Oshiqlar g’azaling kuyga solganda,
Ma’shuqlar dilining xonasi obod.

Biror shohbaytingni yoddosh tutmagan
Kattadir, kichikdir, bizda kishi yo’q.
Oltin baldoqdagi nifrit ko’z kabi
Asaring biz uchun bo’ldi qorachiq.

Ulug’vor xalqimiz tarixda mashhur,
Guvohlik berolur bunga Gerodot.
O’zbekni, tojikni qabila atab,
Biror lord qilolmas o’tmishni unut.

Sharqimiz chumoli uya emasdir,
Birin birovidan tanib bo’lmasa,
Sho’rlik boyvachchalar, toleingiz sho’r,
Afsuski, tarixdan tonib bo’lmasa!..

Ne-ne tarixlarni boshdan o’tkazib,
Talay jafolarni tortgan eski Sharq —
Ne-ne daholarni tarbiyat qilib,
Oftobday jahonni nurga qildi g’arq.

Alisher Mushtariy yulduzi kabi
O’zbek osmonida bolqigan chog’i,
Yana bir muhtaram o’g’il ko’rganday,
Kattaroq ochildi olam quchog’i.

Elektr barchaning uyin yoritur
Va tuz totimida milliy farq yo’q.
Ma’rifat insonning sherik xislati,
Vatani fazodir bo’shalarkan o’q.

Tirik Farhodlarni tanimak bo’lib,
Oliy yurtimizga qilsangiz safar,
Bu yerda har bitta taroshlangan tosh
Yuksak umidlardan beradi xabar.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy g’azallari

Navoiy haqida sher.

Navoiy bu  ko‘lamga ko‘ra
Adoqsiz va benihoyadir.
Navoiy bu  milliy mafkura,
Navoiy bu  milliy g‘oyadir.

Ahli ayol tutmabdir Hazrat,
El lol: “Qanday hayot bo‘ladi?”
Navoiyni anglagan millat
Navoiyga avlod bo‘ladi.

Navoiydan navo istar dil sheri.

Kunlar nurday shosha boshlasa,
Dardlar haddan osha boshlasa,
Sabring kosasiga quyilgan
G‘amlar qaynab, tosha boshlasa,
Navoiyga talpinar ko‘ngil,
Navoiydan navo istar dil.

Yolg‘izlikdan ruh cheksa azob,
Taskin berolmasa ming kitob,
Chirmovuqday o‘rasa jonni
Shaklu shamoyilsiz iztirob,
Tuyulsa gar bir lahza  bir yil,
Navoiydan navo istar dil.

Junun vodiysida sen  Layli,
Men  Majnunman, shu ishq tufayli.
Firoq tog‘in qazgaydir Farhod,
Gar shu bo‘lsa Shirinning mayli.
Ey ko‘zlari yag‘mo, beli qil,
Navoiydan navo istar dil.

Har sayroq qush bulbulgo‘yomi,
Har oqar suv Amudaryomi.
Kuysiz dunyo  qaqragan sahro,
Navoiysiz dunyo  dunyomi?
So‘zga topin, kuyga ta’zim qil,
Navoiydan navo istar dil.

Zulmat kabi ko‘rinsa kuning,
Asrlarday cho‘zilsa tuning.
Parchalansa ozurda jon, ruh,
Bo‘lak-bo‘lak bo‘lsa butuning.
Keng dunyoga sig‘may qolsang, bil 
Navoiydan navo istar dil.

SHoirlar xiyobonida.

Har mahin laylida
jonlanar haykal,
jon kirar Navoiy hazratlariga.
Tongacha dunyoni aylanib qaytar,
bezib haykallarning hasratlaridan.

Ayniqsa,
bahorni xo’b ko’rar hazrat,
jannatday shaharning harir shablari,
bulduruq shu’lalar yoshartgan ravza
ancha ravshan qilar nozik ta’blarin.

Istaklar
shabiston qavatlarida
ishqu noz mayidan bo’lganda luchchak,
xo’bro’ylar zulumot valatlariga
bargak lablaridan berganda muchchi,

hazrat dunyo kezar,
ko’hsoru yovar
mazgildan o’tarkan bamisli sharpa,
go’yoki tagida chaqmoq — takovar,
bir kech Hirot jonib,
bir kecha — Mashhad.

Doim tonglab qaytar,
chiqar taxtga
tinglar haykallarning hasratlarini.
Yuragi ezilar bo’lgancha karaxt —
oyog’i yo’q edi pastdagilarning…

Ammo osmon yiroq,
zamin qattiq-da,
tag’in andomiga qaytar tolg’inlik.
Tag’in xayol surar turgancha tikka,
hazratni qiynaydi hamon yolg’izlik.

Navoiyni anglash.

Tarix, degani bu — jang-jadal emas,
So’zdir u , so’zlarda aks etgan ma’no.
Balki turkiyni ham birov til demas,
Navoiy nazmidan tuymasa navo.

Uyg’oq shuur bilan xayolga tolsak,
Navoiy va iymon — egiz tushuncha.
Shoirga biz qancha yaqin borolsak,
Xudoga yaqinlab borurmiz shuncha.

El g’amin o’ylagan bari bir o’lmas,
Uni kutar doim taqdir alomat.
Bu teran nolalar hech qachon so’lmas,
Ko’ngilni avaylab-asrar salomat.

«Ey, Navoiy», deya chorlar o’zini
Muhabbat yo’liga, mehr yo’liga.
«Ey, Navoiy» — jahon ochar ko’zini,
Tilla tushgan kabi gadoy qo’liga.

«Ey, Navoiy» — quyosh tushar samodan,
Ketar poy-piyoda ufqlar oralab.
Yurak entikadi toza havodan,
Metin dardlarini tilka-poralab.

Avlod-avlodlarga hamisha yor u,
Turli xalqlar aro raso qaddimiz.
«So’zimni eshit», — deb bizlarga zor u,
«Biz ham zor», — deyishga bormi haddimiz?

Oybek va Navoiy.

Alisher Navoiy ruboiylari

O’zbekiston Oybek bilan xayrlashgan kun,
Mangulikdan bir lahzaga keldi Navoiy.

Tiriklarga sezdirmasdan siladi beun,
Oybekning manglayini ruhi samoviy.

Va so’ng uni olib ketdi bosib bag’riga,
Abadiyat deb atalgan ruhlar shahriga.

Navoiy bobom- Alisher Navoiy haqida sherlar.

Hirot tuprog‘ida voyaga yetgan,
«Qush tili» yo‘llarini munavvar etgan,
Yillar to‘zonidan sog‘-omon o‘tgan,
Navoiy bobomlar Buyuk odamlar.

«Xamsa»si ko‘ngilni shamdek yoritgan,
Tilimizni ko‘rkam, boy etgan,
Mag‘rib-u mashriq ham iftixor etgan,
Alisher bobomlar Qutlug‘ qadamlar.

Dostonlari chiqmagay yoddan,
So‘rang Majnun, Qaysdan, Farhoddan,
Layli, Shirin qaddi shamshoddan,
Navoiy bobomlar buyuk odamlar.

Mir Alisher otash zabondir,
Umri boqiy omon-omondir,
G‘azallari fidoyi-jondir,
Navoiy bobomlar Qutlug‘ qadamlar.

Butun insoniyatning ma’naviy boyligidir. Uning so’zlari har doim qalbimizda yashab, o’z xalqiga o’zgacha ilhom beradi. Alisher Navoiy haqida qiziqarli malumotlarni olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy buyuk o‘zbek adibi haqida insho