Sog’inch sevgi haqida sherlar

0
sevgi haqida sherlar

14-fevral Sevishganlar kuni munosabati bilan sog’inch,sevgi haqida sherlar to’plamini taqdim etamiz. Muhabbat haqida sevishganlar haqida sherlar. Sevgi haqida romantik rasmlar.

Sog’inch sevgi haqida sherlar.

Senga parvo qilmasam,
Yuragim berarmidim,
Sevarsanda bilmasam,
Sevmasang sevarmidim.

Kulib qoshing qoqasan,
Bir boshqacha boqasan,
Menga juda yoqasan,
Sevmasang sevarmidim.

Dilingga olov solib,
Mendan havotir olib,
Kutib ko‘zlaring tolib,
Sevmasang sevarmidim.

O‘zimman qalbda boring,
Allohdan so‘rar zoring,
Aytmasangda izhoring,
Sevmasang sevarmidim.

Boshlandi-ku ishq sayli,
Men Majnun-u sen Layli,
Tan olmasang ham mayli,
Sevmasang sevarmidim.

Aylanayin o‘zingdan,
Hayajonli so‘zingdan,
Sevging ayon ko‘zingdan,
Sevmasang sevarmidim.

Sen bilan.

Sen kulganda yorishadi dunyo,
Ko‘nglim yayrar, g‘amlar ketar go‘yo.
Ko‘zlaringda porlaydi bir nur,
Muhabbatga to‘la ezgu tuyg‘u.

Sen yonimda – baxtim to‘kis,
Sensiz yurak – bir holsiz his.
Faqat sen deb urar yuragim,
Muhabbatim – so‘nmas chirog‘im.

Ketmayabsiz xayollarimdan.

Qalbim mahkam egallab olib,
Ishq olovin yurakka solib,
Dil koʻshkida siz o‘rnab qolib,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

O‘z-o‘zimga qolyabman hayron,
Baxtimga siz bo‘ling-da omon,
Hayratdaman sog‘indim yomon,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

O‘rtamizga solmang siz aldov,
Sog‘insam men kelingiz darrov,
Endi hech ham bo‘lmangiz birov,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

Muhabbatda qildingiz asr,
Baxt bog‘ida quraylik qasr,
Ikkimizda bo‘lmasin hech sir,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

Har ishimda topdingiz chora,
Men uchun siz bo‘lib ovora,
Yana ko‘ray keling bir bora,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

Yaxshi niyat qilaylik ezgu,
Malham bo‘ling kelmasin qayg‘u,
Muhabbat bu oliy bir tuyg‘u,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

Shuni unutma.

Sekin xotirangdan ketarman o‘chib.
Bir kun afsuslardan alamlar yutma.
Bilsang edi hatto o‘zimdan kechib.
Men seni sevardim shuni unutma.

Hozir qaylardasan qay manzil tomon.
Mensiz baxtlimisan tinchmisan omon.
Sensizlik bu azob dil ezar hamon.
Seni sevib o‘tdim shuni unutma.

Kuz kelar poyinga tushalar xazon.
Hayoling chalkashar jonsarak sarson.
Hashamdor narsalar tuyilar arzon.
Eh unda kech bo‘lar shuni unutma.

Boqmasdan holimga, tinglamay zorim.
Avjiga yetmasdan uzildi torim.
Kurashmay sevginga yolg‘onchi yorim,
Taqdir deb kunding jim, shuni unutma.

Kun kelar hayoting so‘ngigacha to.
Tinglaging keladi so‘zimni hatto.
Zor bo‘lib men bosgan izimni hatto,
Izlaysan sog‘inib, shuni unutma.

O‘tkinchi chiroying, sendan ketganda.
Sevgimiz uvoli, xarob etganda.
Men albat chinakam baxtga yetganda,
Baxtga zor bo‘lasan, shuni unutma.

Keting endi.

Endi quchar afsus sizni begonalar
Ne qilarim bilmay bo‘ldim hayronalar
Ko‘paymasin yana menday devonalar
Men roziman ortga boqmay keting endi

Yuragimda qolib ketgan armonlarim
Rost deb bilgan lekin asli yolg‘onlarim
Baxor chog‘i to‘kilyabdi xazonlarim
Men roziman ortga boqmay keting endi

Kutar meni uzundanda uzun yo‘llar
Qumga to‘la saxrolar u ulkan cho‘llar
Kerak emas raxim qilib cho‘zgan qo‘llar
Men roziman ortga boqmay keting endi

Muhabbatim yuragimdan yularman men
Qalbim yig‘lar lekin o‘zim kularman men
Ayting menga yana qanday sevarman men
Men roziman ortga boqmay keting endi

Kerak emas mehir to‘la soxta ko‘zlar
Jazirama issiqda ham ko‘nglim muzlar
Yaxshimurod dardlariga davo izlar
Men roziman ortga boqmay keting endi

O’lgunimcha chidab turing.

Men ketarman izim qolmas,
Ketgunimcha chidab turing.
O’lsam bari tugaydi bas,
O’lgunimcha chidab turing.

Aybdorman aybdor o’zim,
Sizga aytar uzur so’zim.
Ko’rolmaysiz qaytib yuzim,
O’lgunimcha chidab turing.

Bildim joningizga tegdim,
Boshingizni ko’p bor egdim.
Qalbingizdan o’char hurmatim,
O’lgunimcha chidab turing.

Ozoringiz bilmayman hech,
Bezovta ham qilmayman hech.
Balki, balki o’larman kech,
O’lgunimcha chidab turing..

Tavsiya etamiz: Gullar rasmi. Bayram, Tug’ilgan kun uchun rasmli tabriklar

Xudodan seni so’radim.

Pok sevgim xurmat bil, qilma xiyonat,
Avaylab asragin, senga omonat,
Ishondim, ishonchim sindirma faqat,
Xudodan men seni so‘radim ahir.

Bir kuni shu ko‘zlar ko‘zga tushgan payt,
O‘shanda vijdoning qiynalmasdan ayt,
Chindan ham sevsang gar oldimga tez qayt,
Men seni, Xudodan so‘radim ahir.

Bo‘ldi-da bas qilgin, qilma sen araz,
Men seni pok dildan sevdim beg‘araz,
G‘ashlikni olib sen ko‘nglimni kel yoz,
Xudodan men seni so‘radim ahir.

Nega buncha qiynaysan aytgin ne sabab,
Shu savol qiynaydi berginda javob,
Har doim demada ichimdagin top,
Men seni, Xudodan so‘radim ahir.

Sevgimni qadrla, qilmagin uvol,
O‘ylab sen, o‘zinga berib ko‘r savol,
Umrimni o‘tkazib qilmagin zavol,
Xudodan men seni so‘radim ahir.

Tasodifdan kelmas, qoʻldagi kishan,
Bildirmay bizlarga qilishsa nishon,
Ularga ishonma o‘zimga ishon,
Men seni, Xudodan so‘radim ahir.

 

Suyganing aldasa alam qilarkan.

Hayot tashvishlari qalbni tilarkan.
Bir burda non bilan qorin tõyarkan.
Ozorlar berilgan yarim yurakga.
Suyganing aldasa alam qilarkan.

Yetti yot begona aldasa mayli.
Bilmasdan xazillar qildilar mayli.
Kerakmas yolĝondan Majnuni Layli.
Suyganing aldasa alam qilarkan.

Har kimning sõziga parvolar qilmam.
Tuxmatni, ĝiybatni nazarga ilmam.
Begona qõllarni yetaklab yurmam.
Suyganing aldasa alam qilarkan.

Ishonma bevafo sõziga zinhor.
Yuraging tirnaydi takror va takror.
Seni ham sevarlar kimlardir pinhon.
Suyganing aldasa alam qilarkan.

Oh nechun kõksimda olovlar yondi.
Muhabbat dardida aql ham tondi.
Xijronning suvidan yuragim qondi.
Suyganing aldasa alam qilarkan.

Ollohim mehribon qora kõzlarga.
Zor qilmas hechqachon shirin sõzlarga.
Hechqachon ishonma nursiz yuzlarga.
Suyganing aldasa alam qilarkan.

Bahorda gullagan gulim desa ham.
Atayin qalbimga solib qõyar ĝam.
Aqldan ozaman yodga olgan dam.
Suyganing aldasa alam qilarkan.

Sevaveraman.

Dilimni og’ritib, vayron qilsa ham.
Xijron sahrosida, sarson qilsa ham
Muhabbat dardida, kõzlarimda nam.
Men sizni baribir, sevaveraman.

Adolar bõldiya bu telba kõnglim.
G’amga tõlib ketdi, sõlim-u õngim.
Bariga chidayman, bariga kõngum.
Men sizni baribir, sevaveraman.

Ish sharobin totib, bõldim mastona.
Bunday kõrgulikga, kõngil hayrona.
Balki hayronamas, bõlgan vayrona.
Men sizni baribir sevaveraman.

Tog’dan tosh quladi, tutgan ohimdan
Gullarim sõldi-ku, gõzal bog’imdan.
Sevgi vos kechibdi, yurak dog’imdan.
Men sizni baribir sevaverama

Mehrsiz kimsadan mehr izladim.

Bu dunyo men seni endi angladim.
Insonlar sõzladi, men Jim tingladim
Qiynalib ketdiku xasta yuragim.
Mehrsiz kimsadan mehr izladim.

Oromim, dardimu, qalbimni berdim
Kechdilar bularga, ayting ne derdim.
Shuncha g’am, qayg’udan ezilgan dilim.
Mehrsiz kimsadan mehr izladim

Xayol suraversam, xayollar cheksiz.
Har yondan kelguvchi, savollar cheksiz.
Qadrimga yig’lagim, qadrimga essiz.
Mehrsiz kimsadan mehr izladim.

Ocholmam, muhabbat darvoza yopgan.
Menimas, mehrsiz insonni topgan.
Tuyg’ular õzini har yonga otgan
Mehrsiz kimsadan mehr izladim.

E voh yaqinlarim, dõstu õrtog’im.
Baxtli yuribsizmi, sizga sõrog’im.
Nelarni kõrdim-u, neni istadim.
Mehrsiz kimsadan mehr izladim.

Ikkinchi xotinlikmi tanlagan qizlar….

Osmondagi oyni olib bera oldimi?
Yoki ko’nglingginangga o’zgacha ishq soldimi?
Kelin bolish orzusidan kongilginang qoldimi
Ikkinchi xotinlikmi tanlagan qizlar….

Qaynota qaynona neligini bilmading
Kulib ,yurib yugurib xizmatini qilmading
Ertangni o’ylamading buguningni tanlading
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar…

Xovliga suv sepib tong saharlari
Kelin salom qilish baxtmasmi bari
Pushaymon bo’lasan vaqt o’tgan sari
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar…

Ishqing pinhona etolmaysan hech oshkor
Ota onang yaqinlaring eshitsa qiladi or
O’zgani yori hecham bo’lolmaydi senga yor
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar …

Xotin bola chaqasi bilishidan cho’chasan
Eshiging taqillasa hadik bilan ochasan
G’iybatu gap so’zlardan qayerlarga qochasan
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar…

Beradi sovg’a salom baxt berolmaydi to’kis
Farzand degan ne’matni qila ololmaysan xis
Bir kuni soxta rishta uziladi aniq tirs
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar.

Kunduz ko’ngling oladi ,shoshar uyiga tunlari
Sochlaringni ham silab uyg’otmaydi tonglari
Vaqtinchalikdir asli ul yorning ko’ngillari.
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar…

Sevgidan so’z ochsa ochmagin quchog’
Foydalanar sendan ko’nglin qilib chog’
Shirin hayotingga tushirmagin dog’
Ikkinchi xotinlikni tanlamang qizlar.

Tavsiya etamiz: Tug’ilgan kun tabrik rasmlari

Sevdirma iltimos.

O’zingni meni ham qiynamay,
Roziman vaqtida kechgin vos!
Ishqimni qo’lingda o’ynamay,
Sevmasang sevdirma iltimos!

Otang ham bizlarga qarshida,
Chin sevgi hayotning naqshida,
Oldindan kelishgan yaxshida,
Sevmasang sevdirma iltimos!

Kelar? deb yo’l qarab tolmayin,
Ayb topib yo o’zga solmayin,
Bekorga o’rganib qolmayin,
Sevmasang sevdirma iltimos!

Aldasang buzayin axtimni,
Shu joyda tugatay shaxtimni,
Saroblar aylama baxtimni,
Sevmasang sevdirma iltimos!

Ko’nsang ko’n bo’lmasa borim shu,
Firoqni tuymayman orim shu,
Tog’risin aytaver zorim shu,
Sevmasang sevdirma iltimos!

Majnunman uchrasam layliga,
Chiqamiz gul bog’lar saylila,
Sarvar Mirzoyingni mayliga,
Sevmasang sevdirma iltimos!

Sevaman debmana.

O’taverarkan sensiz kunim
Sensiz o’laman debmana
Uraverarkan hatto yuragim
Sevgingsiz urmas debmana

Chiroyingdan ko’zlarim ko’r bo’lib
Sendan go’zali yo’q debmana
Shirin shirin so’zlaringa ishonib
Faqat menga oshiqsan debmana

Ko’nglingni olish uchun senga
Boru yo’g’imni sarf etibmana
Birinchi sevgimsan deya senga
Beg’ubor ko’nglimni beribmana

Yorim bo’larsan deb onamga
Ta’rifing bo’rttirib aytibmana
Hayvondan yo’q ekan farqing
Hayvon bilan sevishibmana

sevgi haqida sherlar.

Soddaligim senga o’lja bo’lib
Yirtqichlardek olib ketting
Seni qanchalar sevgandima
Yuragimdan qolib ketting

Kel endi ikkimiz baxtli bo’laylik.

Tushimga kiryabsan ranjigan xafa
Go’yo oramizda olis masofa
Bu arazlardan bor kimga naf a
Kel endi ikkimiz baxtli bolaylik

Qovog’ingni uyma jilmaygin biroz
Qo’ygin gina saqlash emas bizga xos
Qani taklifimga qilmay etiroz
Kel endi ikkimiz baxtli bolaylik..

Sen mag’rur men mag’rur hayron sevgimiz
Tan ol kelyabdiku juda ko’rgimiz
Boshqa chora yoqdir shu yo’l songimiz
Kel endi ikkimiz baxtli bolaylik..

Uzun tunlar yotib olib jim
O’ylanib charchadim axir betinim
Mendek sevolarmi seni biror kim
Kel endi ikkimiz baxtli bolaylik.

Gapu so’zlarga qilmaylik parvo
Taqdir seni menga ko’rgandir ravo
Sen menga men senga bo’laylik davo
Kel endi ikkimiz baxtli bolaylik

Ayro emas bizni taqdirimiz bir
Bejiz uchrashtirmagan bizlarni taqdir
Shirin tabassuming ko’rishim baxtdir
Kel endi ikkimiz baxtli bolaylik

Mehringga tashnadir ko’ngil bechora
Hijron azobidan yuragim pora
Sovib qolmasin deymanda ora
Kel endi ikkimiz baxtli bolaylik

Sen ranjigan kun men uchun aza
Dilim pora pora hayot bemaza
G’animlar shod bolib qilmasin maza
Kel endi ikkimiz baxtli bolaylik.

O’zga bog’larga ketmay tentirab
Qalbim devorlari ketmasin nurab
Allohdan faqatgina baxtimiz so’rab
Kel endi ikkimiz baxtli bolaylik.

Sevaman.

Yoqar doim aytgan so’zingiz,
Sog’indimda qora ko’zingiz,
Bir bor ko’ray sizning yuzingiz,
Sevamanda faqat o’zingiz.

Qalb uyimda bo’ling pinhona,
Ishqingizda bo’ldim devona,
Yoningizda o’zim parvona,
Sevamanda faqat o’zingiz.

Ehtiyotlang, o’zingiz kunda,
Bedor yurmang, kechasi, tunda,
Ko’nlim to’lar shodlikda shunda,
Sevamanda faqat o’zingiz.

Mehringizni qalbimga joylab,
Юramanda hayolan o’ylab,
Ketib qolmang, uzoqqa oylab,
Sevamanda faqat o’zingiz.

Muhabbatim etdim namoyon,
Sizni juda sog’indim yomon,
Kuydirmasdan keling men tomon,
Sevamanda faqat o’zingiz…

Sirlashaman surating bilan.

Sog’inchlaring ham rohat bilib,
Юraginga sayyohat qilib,
Gohi yig’lab, gohida kulib,
Sirlashaman surating bilan.

Xayolimda umrlar tilab,
Sochlaringni ohista silab,
Яnog’inga sekin qo’yib lab,
Sirlashaman surating bilan.

Azoblaring shivirlab so’zlab,
Sen qoldirgan yarani tuzlab,
O’sha issiq taftingni izlab,
Sirlashaman surating bilan.

Achinmayman zinhor qadrimga,
Ayriliqda ko’rgan jabrimga,
To tongacha bosib bag’rimga,
Sirlashaman surating bilan.

Nigohlardan o’q otmagin deb,
Юragimni qon etmagin deb,
Hech bo’lmasa sen ketmagin deb,
Sirlashaman surating bilan.

Sevgi haqida sherlar.

Ko‘ngilning mayliga ko‘ngan ikkimiz,
Qismat qirq joyidan chatilgan mato.
Yaxshi bo‘ldimikan uchrashganimiz,
Ammo sevganimiz eng katta xato!

Tosh qotgan yurakni yuldingu, otding,
Ishqning gurillagan gulhanlariga.
Ohanrabosidan muxabbatingni,
Bir qadam ketolmay qoldim nariga.

Osmonning osmoni bordek tuyuldi,
Yetmish ikki rangda yondi kamalak.
Bu yorug‘ olamning bor hislarini,
Sig‘dirib oldiya mushtumdek yurak.

O, nahot bilmading, gulim dedingu,
Tab tortmay ko‘ngilga qo‘yding qadamlar.
Aldanib uch kunlik haroratinga,
Shoshib gullab qo‘ydi qishda bodomlar.

Bir ho‘plam sharobdan mastdek ikkimiz,
Rad etdik har nening nihoyasini,
Shunchaki end bosh qaxramonimiz,
Azaliy muxabbat hikoyasini.

Sovuq urib ketdi bodom gullarin,
Osmoni o‘prilib bosdi falakni.
Har kun kim nechtaga so‘zlaydi taqdir,
O‘sha biz ikkimiz yozgan ertakni.

Sog’inch

Hijronlaring Ko’ksimdan O’tdi
Qalbim Sening Visoling Kutdi
Firoqingda Kutsam Man Netay
Qalbim Faryodlari Samoga Yetdi

Olis Tunlar Hayol Parishon
Seni Izlab Kozlarim Giryon
Visolinga Yetarmanmi Ayt
Qaylardasan Suyukli Inson

Samolarga Hayolim Uchib
Sevgim Dunyolarni Quchib
Seni Faqat Seni Axtardim
Kelaqolgin Qalbimga Ko’chib

Sog’inibsanda

Yig’layapsan Ko’zlaringda Yosh
Senham Mendek Og’rinibsanda
Sotqin Ko’zing Qilib Qo’ydi Fosh
Va Nihoyat Sog’inibsanda

Sog’inchlarim Yurak Tilar Deb
Aytmagandim Seni Kular Deb
Ishonardim Shu Kun Kelar Deb
Va Nihoyat Sog’inibsanda

Sog’inmmayman Degan Eding Yor
Shu So’zingla Berganding Ozor
Mana Bugun ishqimda Bedor
Va Nihoyat Sog’inibsanda

Bugun Diydor Bizlardan Yiroq
O’z Hukmini O’tkazar Firoq
Jingirlaydi Tinmay Qo’ng’iroq
Va Nihoyat Sog’inibsanda

Tavsiya etamiz: Ota, ona haqida sherlar

Seni Sevaman.

Oh Meni Farishtam Ko’zlari Qoram
Nigohi Rom Etgan Lablari G’uncham
Barcha Qizdan Alo Yakka Yagonam
Seni Sevadurman Seni Sevaman

Men seni Sevaman.

Chiroylik Ko’zlaring Go’zladur Yuzing
Nigohing Rom Etdi rom Etdi Ko’zing
Yagona Keragim Keragim O’zing
Men Seni Sevaman Seni Sevaman

Ey Go’zal Farishtam Kelaqol Gulim
O’zgaga Bermasman Sen Meni Hurim
O’zing Bo’l Malikam Yonimda Yorim
Men seni Sevaman Seni Sevaman

Vafo Qil Go’zalim Vafodor Bo’lay
Umrim So’ngigacha Kel Baxtli Qilay
Yonimda Bo’l Doim Yoningda Bo’lay
Senga Devonaman Seni Sevaman

Mening Bittagina Yakka Yagonam
Faqat sen Uchundur Qalbimdagi Honam
Asragan Gulimsan Ey Mening Lolam
Men Seni Sevaman Seni Sevaman

Sevgi haqida SMS sherlar.

Hayot deb atalgan ushbu dunyoda
Odamzod sog’inchsiz yashay olmaydi.
Hatto dunyodagi eng telba inson
Kimnidir sog’inib, sevib yashaydi.

***

Nigohim unsiz yiğlaydi,
Orzularga yetib bōlmaydi.
Kechdim dunyo dardlaridan,
Nega undan kechib bōlmaydi…

***

sevgi haqida sherlar

Sevaman Bu Dunyoda
Ko’zim Yumguncha
Sevaman Ruhim
Osmon Uzra Chiqquncha
Sevaman Sevgim Sizga Yetguncha
Sevaman To Sizham Mendek Sevguncha.

***

Yashil Yaproqlarga Berkinib Bir Zum
O’ying Hislaringni O’g’irlab Olsam
Yuzingda Balqisam Bo’lib Tabassum
Sen Uchun Bir Umr Baxt Bo’lib Qolsam

***

Bir Qish Misol Atrofingda Uchib Sevdim
Osmoningda Oq Bulutdek Quchib Sevdim
Sevishimni Aytolmasdan Cho’chib Sevdim
Ayt Sevgilim Seni Qanday Sevay Yana

***

Ko’zim Yo’llaringa Qarar Intizor
Bir Dona Rasminga Qarayman Men zor
Bag’rim Kuyib Ketar Dilimda Ozor
Bilmaysan Seni Deya Bu Jonim Sarak
Sog’inchingdan Ado Bo’lmoqda Yurak

***

Gar bo’lsa falakda cheksiz yulduzlar
Hayolim sendadur kecha-kunduzlar
Seni sog’inamam xar tong xar kecha
Qalbimda yashaysan mangu o’lguncha

***

Sog’indim tunlari uyqu qochganda
Sog’indim har nafas yodga olganda
Sog’indim ko’zlarim bir zum yumganda
Sog’indim yuraklar duk-duk urganda

***

ATIRGUL BARGIGA O’RAB
SEVAMAN…❤️
QUYOWNING NURIGA CULG’AB
SEVAMAN…❤️
ALLOHDAN BAXTIMIZ SO’RAB
SEVAMAN…❤️
CIDASANGIZ BIROZ QIYNAB
S❤️E❤️V❤️A❤️M❤️A❤️N

***

Shirin kulgan jamolingni,
Atirgulday iforingni,
Sog‘intirgan diydoringni,
Bugun yana ko’rgim keldi.
Faryod chekib nola etib,
Samolarga dardim aytib,
Bugun seni ko‘rgim keldi.

***

Menga Bahorlarning Rangi Kerakmas,
Sizsiz O’tgan Tunlarning Tongi Kerakmas
Ko’nglimda Bir Tilak Boshqa Tilakmas,
Menga Sizdan Boshqa Hechkim Kerakmas.

sevgi haqida sherlar sizga yoqqanidan xursandmiz.

Tavsiya etamiz: Boshqa mavzudagi sherlar to’plami.