Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari va g’azallari

0
Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari va g'azallari

Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari va g’azallari to’plami. Boburxonlik tadbiri uchun Bobur g’azallari va ruboiylaridan namunalar.

Bobur ruboiylari va g’azallari.

Jono, bilginki, bo’ldi marqum manga,
Mehnat bila mayni qildi ma’dum manga.
Ko’rgach ani garchi shod behad bo’ldum,
Mazmuni, vale, bo’lmadi ma’lum manga.

***
Ne ishratu aysh uchun mayi nob manga,
Ne toqat uchun go’shai mehrob manga,
Ne fisq qilurg’a bordur asbob manga.
Ne zohid o’lurg’a toqatu tob manga.

***
To bo’lg’ali dildor o’shal oy manga,
Holimni bilib qilmadi parvoy manga.
Men asru harobu yor ko’p mustag’niy,
Ey voy manga, voy manga, voy manga!

***
Hush ulki, ko’zum tushti sening ko’zungga,
Bevosita holimni desam o’zingga,
Bermay so’zuma javob achig’lanasen,
Qilding meni muxtoj chuchuk so’zingga.

***
Asru ko’p emish jura’tu himmat sizga,
Ro’ziy qilg’ay Hudoy nusrat sizga,
Mardonalig’ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, xazor rahmat sizga!

***
To qildi meni firoq aro yod Habib,
Mahjur ko’ngulni ayladi shod Habib,
Gar vasli muyassar o’lmasa, netay, ey Bobur,
Faryod Habibu ohu faryod Habib!

Tavsiya etamiz: Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari

***
Ey qomatu sarvu lablari obi hayot,
Budur tilagimki, – yetkamen vaslingga bot!
Hajringda manga ne sabr qoldi, ne sabot,
E kel bu sorig’a yo meni o’zungga qot!

***
Bu qoziyu fosiqqi, yubordim sanga bot,
Sen dog’i uzatqil botu ham badarqa qot!
Gar xotiring istasa yiborgil savg’ot:
Ma’junu sharobu obi noranju nabot.

***


Keldi Ramazonu men taqi bodaparast,
Iyd o’ldiyu zikri may qilurmen payvast,
Ne ro’zayu ne namoz yillar, oylar;
Tun – kun mayu ma’jun bila devonayu mast.

***
Ne xush bo’lg’ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg’otsam…
Ne xush bo‘lg’ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg’otsam,
Kechalar tori mo‘yidek belig’a chirmashib yotsam.

***


Xotirni bahor faslida gasht oladur,
Ko’z nurini rangi lolayu dasht oladur.
Xush ulki, tolalarda yurub sayr etsa,
Bu faslidakim, latifu dilkash toladur!

***
Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur!
Po’loddur ko’nglunggu bag’ring toshtur!
Nomamg’a agar yaxshi javobing yo’qtur,
So’kmak bila yod aylasang ham xushtur!

***
Hajri aro oromu qarorim yo’qtur,
Vaslig’a yetarga ihtiyorim yo’qtur.
Kimga ochayin rozki, yo’q mahrami roz,
G’am kimga deyinki, g’amgusorim yo’qtur.

***
Yod etmas emish kishini mehnatga kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni g‘urbatga kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikta shod o‘lmadi hech,
G‘urbatga sevunmas emish, albatta, kishi.

Tavsiya etamiz:

***
Ulkim, anga ilm ichra g’olib yo’qtur,
Derlarkim, beri kelurg’a g’orib yo’qtur.
Dedimki, bu so’z rost emastur, negakim,
Tolibni tilar andaki, tolib yo’qtur.

***
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Sarrishtayi ayshdin ko’ngulni zinhor
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!

***
Qayg’ungni cheka – cheka qoribdur Bobur,
Rahm aylaki, o’zidin boribdur Bobur.
Noranj yibordi sengaki, bilgaysen,
Ya’niki, bu nav sarg’oribdur Bobur.

***
Yo Rab, menda ne yaxshi tole bordur,
Kim, baxti mutiyu, yori tobe bordur.
Ma’zur tut ar vaslingga kechroq yetsam,
Ne chora qilay ozg’ina mone bordur.

***
Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur,
Ko‘zdin qochadur uyqu, chu aqsham bo‘ladur.
Har ikkalasi g’amim bila sabrimdek,
Borg’on sari bu ortadur, ul kam bo‘ladur.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy ruboiylari